Sipirtli achish jarayonida ajralib chiqqan energiya achitqilarning hayoti uchun zarur. Nonvoychilikda xamirga achitqi qo‘shib qorilganda ajralib chiqadigan
Sipirtli achish jarayonida ajralib chiqqan energiya achitqilarning hayoti uchun zarur. Nonvoychilikda xamirga achitqi qo‘shib qorilganda ajralib chiqadigan
karbonat angidrid gazi xamir ko‘pchishini, ya’ni yengil va g‘ovak
bo‘lishini ta’minlaydi.
Qo‘ziqorin zamburug‘i tabiatda keng tarqalgan qalpoqchali zamburug‘ hisoblanadi. Uning ichi bo‘sh, meva tanasi
10—1O cm bo‘lib, oyoqcha va qalpoqchadan iborat E10-,11-
rasmlar). Qo‘ziqorin chirindiga boy tuproqlarda saprofit holda
hayot kechiradi.
Тuproq ostidagi ko‘p yillik mitselliysi yoz faslida zaxira sifatida oziq moddalar to‘plab, kuzdan boshlab meva
Тuproq ostidagi ko‘p yillik mitselliysi yoz faslida zaxira sifatida oziq moddalar to‘plab, kuzdan boshlab meva
tanachalar shakllana boshlaydi. Ular kelgusi yili bahorda yetilib
tuproq yuzasiga chiqadi va sporalarini sochadi. Qo‘ziqorin
shartli iste’mol qilinadigan zamburug‘lar guruhiga kiradi. Eng
yaxshi iste’mol qilinadigan zamburug‘larga oq zamburug‘, oq
qayin bilan birga o‘sadigan zamburug‘ va boshqa zamburug‘lar
Kiradi. Ular oqsilga boy, shuningdek, tarkibida moylar, mineral
moddalar hamda inson organizmi uchun zarur elementlardan
esa temir, kalsiy, rux va boshqalar mavjud.
Parazit zamburug‘lar. Zamburug‘lar orasida parazit turlari
ham juda ko‘p. Ular o‘simlik, hayvon va odamlarda turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ayniqsa, parazit zamburug‘lar qishloq va
o‘rmon xo‘jaligiga katta zarar yetkazadi.
Zang zamburug‘i murakkab taraqqiyot davri, ya’ni har xil
sporalar va oraliq xo‘jayinga ega bo‘lishi bilan ajralib turadi.
Bahorda zang zamburug‘i oraliq xo‘jayin hisoblangan zirk
o‘simligida rivojlanishni boshlaydi. Keyinchalik bug‘doy o‘simligida hayotini davom ettiradi. Butun
yoz davomida parazit zamburug‘
sarg‘ish-qizil zang) rangdagi sporalar hosil qiladi. Ular bug‘doy
o‘simligining poya va barglarini
zararlaydi (1O- rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |