Javoblar: 1) F=0,18·10-5 N 2) P=550 N 3) t=5 s h=125 m
III – variant٭
1. Oy va Quyosh orasidagi masofa 149,3 million km bo'lgan hol uchun ular orasidagi tortishish kuchini hisoblang. Oyning massasini 7,3·1022 kg, Quyoshning massasini 2·1030 kg deb oling.
2. Massasi 1,2 t bo’lgan avtomobil qavariqlik radiusi 40 m bo’lgan ko’prikdan 36 km/soat tezlik bilan o’tayotganda, uning og’irligi nimaga teng bo’ladi ? Erkin tushish tezlanishi
g=10 m/s2.
3. Massasi 2 t bo’lgan avtomobil – tirkagich bikrligi 100 kN/m ga teng bo’lgan tros bilan ta’minlangan. U shatakka olish paytida joyidan qo’zg’alib tezligini 10 s da 36 km/soat gacha oshirsa, tros qanchaga uzayadi ?
Javoblar: 1) F=4,3·1020 N 2)P=9 kN 3)Δl = 2 sm
6 – NAZORAT ISHI
Nazorat ishi mavzusi: Tabiatdagi kuchlar
Nazorat shakli: Test
I – variant
1. Gapni to’ldiring: “ Bir jism sirtida ikkinchi jism sirpanmasdan dumalasa, bunda ular orasida hosil bo’ladigan ishqalanish .... deb ataladi. ”
A) ... sirpanish ishqalanishi ... B) ... dumalash ishqalanishi ...
C)... tinch holatdagi ishqalanish ... D) ....sirpanma harakat ...
2. Gravtatsiya doimiysining son qiymati nimaga teng ( N ∙m2 / kg2 ) ?
A) 6.67∙10-8 B) 9,81 C) 9.11∙10 -31 D) 6.67∙10-11
3. Qaysi javobda sirpanish ishqalanish koyeffitsientining o’lchov birligi to’g’ri keltirilgan ?
A) birligi yo’q B) mm C) N/m D) N /m2
4. 1 – kosmik tezlik Yer sirti uchun nimaga teng ?
A) 16,7 km/s B) 11,2 km/s C) 7,9 km/s D) 9,81 km/s
5. Birinchi marta inson qachon kosmosga uchgan ?
A) 1773-yil B) 1961-yil 12 aprel C) 2001-yil 10-may D) 1957 yil 4 oktabr
6. Jism bikrligining asosiy o’lchov birligi qanday ?
A) N∙m B) N/m C) N/m² D) N/s
Do'stlaringiz bilan baham: |