Javoblar: 1) h=2,4 sm 2) σ=0,073 N/m 3)V=9,4 mm3
III – variant٭
1. Uchining diametri 2 mm bo’lgan tomizg’ichdan tomayotgan 40 ta suv tomchisining massasi 1,9 g ga teng. Ushbu ma’lumotlar asosida suvning sirt taranglik koyeffitsientini hisoblang. Suvning zichligi 1000 kg/m3.
2. Aylanasining uzunligi 9 sm bo’lgan simni sovun eritmasi yuzida 5 smga ko’chirish uchun qancha ish bajariladi ?
3. Diametri 1 mm bo’lgan shisha naychan simobga tushurganda, uning sathi qanchaga pasayishini hisoblang. Simobning zichligi 13600 kg/m3.
Javoblar: 1) σ=0,075 N/m 2) A=3,3·10-4 J 3) h=1,5 sm
4 – NAZORAT ISHI
Nazorat ishi mavzusi: Molekular fizika va termodinamika asoslari
Nazorat shakli: Test
I – variant
1. Psixrometr asbobi yordamida nima aniqlanadi ?
A) havodagi suv bug’lari miqdorini B) absolyut namlikni
C) nisbiy namlikni D) shuring nuqtani
2. Solishtirma bug’lanish issiqligining o’lchov birligini belgilang.
A) kg/m3 B) J/mol C) N/m D) J/kg
3. "Muz" degan ma'noni anglatuvchi fizik tushuncha qaysi ?
A) anizotropiya B)kristall C) amorf D) izotropiya
4. Qattiq jismlar tuzilishiga ko'ra necha xilga bo'linadi?
A) kristalllar va amorf jismlar B) monokristall va polikristallar
C) Bo'linmaydi D) monokristallar, polikristallar, amorf jismlar
5. Jismning fizik xossalari uning ichki yo'nalishlariga bog'liqligi nima deyiladi?
A) anizatropiya B) amorf C) kristall D) izotropiya
6. Moddaning suyuq agregat holatdan qattiq agregat holatiga o'tish jarayoni ..... deyiladi.
A) Kondensatsiya B) bug'lanish C) erish D) qotish
7. O'z hajmiga ega, lekin shakliga ega bo’lmagan modda qanday nomlanadi?
A) Qattiq jism B) suyuqlik C) gaz D) bunday modda mavjud emas
Do'stlaringiz bilan baham: |