6 -амалий машғулот
Ilmiy tadqiqot samarasi turlicha bo’ladi
Download 54 Kb.
|
1 2
Bog'liq5-Amaliy mashgulot (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Ilmiy tadqiqot samarasi turlicha bo’ladi:iqtisodiy samaradorlik (milliy daromadning oshishi, ish samaradorligi va mahsulot sifatining oshishi, ilmiy tadqiqotlarga bo’lgan xarajatlarninig kamayishi); ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik (og’ir mehnat sharoitini bartaraf etish, atrof muhitni tozalash, tibbiy gigiena sharoitini yaxshilash va h.k.); mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlash; mamlakat ilmiy salohiyatining obro’si. Ilmiy tadqiqotlar samaradorligini baholash uchun ular natijasi qay darajadaligi tasvirlovchi turli mezonlar qo’llaniladi. Fundamental nazariy tadqiqotlarni samaradorlikning miqdoriy ko’rsatkichlari bilan baholash qiyin. Ular odatta ishlamalar boshlangandan so’ng ancha keyin samara bera boshlaydi. Bundan tashqari, ular natijasidan iqtisodiyotning turli sohalarida foydalaniladi. SHuning uchun kutilayotgan samarani baholash qiyin. Bunday tadqiqotlar uchun, qoidaga ko’ra, sifat mezonlari belgilanadi: xodisaning yangiligi, mamlakat fanining obro’si. Ish xalqaro miqyosda keng tan olinishi, mamlakat mudofaa imkoniyatiga qo’shilgan xissa: monografiyalar va ular olimlarining ishlaridan turli mamlakatlarda foydalanilishi va b. Amaliy ilmiy tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik ishlanmalar turlicha miqdoriy mezonlar bilan baholanadi, shulardan asosiysi – iqtisodiy samaradorlik. Bu joriy etishga bo’lgan xarajat, joriy etish ko’lami, muddati va h.k. omillarga bog’liq. Ilmiy xodimning ish samaradorligi ishlanmaning yangiligi, e’lon qilingan maqolalar soni, ishdan ko’chirmalar olish va h.k. bilan Yangilik mezoni – bu, avtorlik guvohnomasi va patentlar miqdori, ko’chirma (ishtibohlar)lar olish - ilmiy xodim ishlariga havolalar soni. Iqtisodiy baholash esa kamdan – kam qo’llanadi. Ilmiy – tadqiqot guruhi (yoki tashkilot) mehnat samaradorligi quyidagi mezonlar bo’yicha baholanadi: mehnat samaradorligi, joriy etilgan mavzular miqdori, ilmiy mahsulotni tadbiq etishdan kelgan iqtisodiy samara, olingan avtorlik guvohnomasi va patentlar soni, sotilgan litsenziyalar soni va b. Ilmiy tadqiqotlar samaradorligini hisoblash. Ilmiy tadqiqotlar samaradoligi – ilmiy ijod bilan shug’ullanish va kishilik jamiyati farovonligini oshirishga yo’naltirilgan ilmiy – texnik mahsulot (ITI) yaratish strategiyasi va taktikasining asosi. Ilmiy-tadqiqotlar iqtisodiy samarasini hisoblash ularni amalga oshirish bosqichlariga muvofiq amalga oshiriladi. SHu munosabat bilan mo’ljal, kutilayotgan va haqiqiy iqtisodiy samaradorlik bir-biridan farqlanadi. Mo’ljal iqtisodiy samara ilmiy tadqiqot ishini asoslashda va uni ish rejasiga kiritishda belgilanadi. Mazkur holda hisob-kitoblar taxminan, bashoratlanayotgan joriy etish ko’lamini hisobga olgan holda yiriklashtirilgan ko’rsatkichlar bo’yicha olib boriladi. Kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik ilmiy tadqiqotlar bajarilish jarayonida hisob-kitob qilinadi. U ilmiy mahsulot ishlab chiqarishga joriy etiladigan muayyan yilga bashorat qilinadi. Kutilayotgan samaradorlik mo’ljaldagidan ko’ra ancha aniq mezon hisoblanadi. Xaqiqiy iqtisodiyot samaradorlik ilmiy mahsulot ishlab chiqarishga joriy etilgandan so’ng belgilanadi, hisob kitob ilmiy tadqiqotlar va joriy etish uchun amalda ketgan harajatlar bo’yicha olib boriladi. Bunda xaqiqiy samara ko’pincha kutilayotgandan kam bo’ladi. U iqtisodiy samaradorlikning eng ishonchli mezoni hisoblanadi. Kutilayotgan yoki xaqiqiy samaradorlik quyidagi tenglama bo’yicha aniqlanadi. CXqx2 – Xqx1 Bunda Xqx1 va Xqx2 – oldinga (tayanch variant)ga va yangi variant (ilmiy tadqiqotlar natijalari asosi)ga muvofiq qilingan xarajatlar quyidagicha hisoblanadi: XqxT+EmK Bunda T – mahsulot birligi tannarhi, so’m: K - IGM yaratishga qo’yilgan kapital mablag’, so’m: Yem – iqtisodiy samaradorlik me’yoriy koeffitsenti (En0,15). Nazorat savollari: Samaradorlik nima? Tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish qanday amalga oshiriladi? Ilmiy tadqiqot samaradorligi deganda nima tushunasiz? Download 54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling