6- amaliy mashg`ulot Mavzu
Download 144.5 Kb.
|
AMALIY №6
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qayrat va qaytmas reaksiyalar
6- Amaliy mashg`ulot Mavzu: . Kimyoviy kinetika va muvozanat: kimyoviy reaksiya tezligining moddalar tabiatiga, temperaturaga, konsentratsiyaga, reaksiyaning faollanish energiyasiga, katalizatorga bog‘liqligi. Kimyoviy muvozanat siljishi.(2soat) Reja: 1.Qayrat va qaytmas reaksiyalar 2. Kimyoviy reaksiya tezligi va unga ta’sir etuvchi omillar. 3. Kimyoviy muvozanat va unga ta’sir etuvchi omillar. Qayrat va qaytmas reaksiyalar Qaytarlik belgisiga ko’ra barcha reaksiyalar qaytar va qaytmas reaksiyalarga bo’linadi. Bir vaqtning o’zida ikki qarama-qarshi yo’nalishda boradigan reaksiyalarga qaytar reaksiyalar deyiladi. Masalan; N2 + 3H2 2NH3; H2 + I2 2HI; Faqat bir yo’nalishda va amalda oxirigacha boradigan reaksiyalarga qaytmas reaksiyalar deyiladi. Masalan; 2KCℓO3 2KCℓ + 3O2; HCℓ + KOH KCℓ + H2O; Har qanday yonish reaksiyasi qaytmasdir. Reaksiyaning qaytmas bo’lish shartlari: 1) Reaksiya mahsulotlari reaksiya doirasidan gaz yoki cho’kma holida chiqib ketsa: Ba(NO3)2 + K2SO4 BaSO4 + 2KNO3; Na2SO3 + 2HCℓ 2NaCℓ + SO2 + H2O; 2) Kam dissotsilanadigan birikma hosil bo’lsa: HNO3 + KOH KNO3 + H2O; 3) Reaksiyada ko’p energiya ajralib chiqsa: 2Mg + O2 2MgO H = - 1205 kJ Qaytmas reaksiyalarning tenglamalarida chap va o’ng qismlari orasiga tenglik ishorasi yoki strelka qo’yiladi. Bitta yo’nalishda boradigan reaksiyalar qaytmas reaksiyalar deyiladi. Qaytmas reaksiyalarda hech bo’lmaganda reaksiyaga kirishayotgan moddalarning bittasi to’liq reaksiyaga kirishadi. Download 144.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling