6- bob yer po’sti strukturasi evolyutsiyasining umumiy k. Onuniyatlari va asosiy bosk


Download 61 Kb.
bet4/4
Sana14.02.2023
Hajmi61 Kb.
#1198293
1   2   3   4
Bog'liq
6-bob

1.6.1-rasm. Yer litosferasi plitalarining xaritasi (L.P.Zonenshayn, L.A.Savostin, 1979): 1-3 - plitalar chegarasi; 1- ajralish (kengayish); 2 - birikish (siqilish); 3 - siljish (ishqalanish).

Litosfera plitalarining ajralish (kengayish) chegaralari okean o’rtasi tog’ tizmalaridan o’tadi. Yer 200 mln. yil avval okean osti tog’ tizmalari mintaqasi bo’ylab turli bulaklarga ajrala boshlagan (1.3.1.-rasmga qarang). Yer qa’ridagi, astonosfera ostidagi mantiya kutarilayotgan juda yuqori temperaturali moddalar Yer pustining darz ketishiga, sungra bu darzliklar kengayib, uzun xavzalar - rift vodiylari ko’rinishidagi geostrukturalarning vujudga kelishiga sababchi bo’ladi. Bu jarayon plitalar ajralishining birinchi bosqichi bo’lgan. Xozirgi davrda bunday ajralish jarayoni Afrikaning sharqida ro’y beryapti. Bu yerlarda bir-biri bilan tutash bo’lgan Adis-Abeba, Albert, Tanganika, Rukva, Nyasa uzun havzalari paydo bo’lgan. Xavzalar birgalikda rift vodiylarini tashkil etib okean tog’ tizmalarining kuruktakdagi «shaxobchasi» xisoblanadi. Bu «shaxobcha» Afrika litosfera plitasini Somali plitasidan ajratib turadi.


Rift vodiysining keyingi rivojlanishi okean xosil bo’lish jarayonining ilk bosqichi bo’lib, proto-okean kurinishida bo’ladi. Xozirgi davrda qizil dengiz, Kaliforniya kurfazi ana shu rivojlanish bosiqichiga misol bula oladi. Qizil dengiz orqali o’tadigan okean osti tog’ tizmasining «shaxobchasi» esa Afrika va Arabiston, Kaliforniya «shaxobchasi» Shimoliy Amerika va Tinch okean plitalarini bir- biridan ajratib turadi. Yura davridan boshlab paydo
Bo’1ayotgan okean osti tog tizmalari oraligidan uzluksiz chikib kelayotgan qaynoq modalar suyuq-qovishqoq astonosfera ustidagi litosfera plitalarini xarakatga keltirib turadi. Oxirgi 1 mln. yil davomida bunday xarakatlar Grelandiya orolini Yevropadan 17-22 km ga uzoqlashtirdi. Shimoliy Amerika bilan Yevropa qit’ala- rining teskari xarakatlari tufayli ular oralig’idagi Atlantika okeani 23-25 km kengaydi. Shu vaqt mobaynida Afrika bilan Janubiy Amerika bir-birlaridan 40 km, Afrika Antarktidadan shimolga tomon 70-75 km uzoqlashgan.
Litosfera plitalarining kengayish chekkalaridan tashqari birikish (sikilish) chekkalari mavjud. Siqilish chekkalari ikki litosfera plitalarining bir-biriga tuqnishishi natijasida sodir bo’ladi. Buning oqibatida bir plita ikkinchisining tagiga «shung’ay» boshlaydi (1.6.2-rasm). Bunday jarayon yuz berayotgan joylar uz navbatida plitalarning surilish (subduksiya) mintaqasi deb ataladi. Aynan bu mintaqalarda plitalar Yer qa’riga
surilishi- tufayli ajralish mintaqalaridagi kengayip. muvozanatlashib turadi.
Urta Yer dengizi hozir yiliga 1-2 sm ga qisqaryotgani fazodan olingan fotosuratlar yordamida isbotlangan. Bunga sabab Afrika litosfera plitasi Urta Yer dengizi ostida Yevrosiyo plitasi bilan tuqnashib, siqilish jarayonini sodir etayotganida. Shuningdek, Tinch okeanidagi Naska plitasi Janubiy Amerika plitasi ostiga surilib boryapti. Bu jarayon tufayli And tog’lari usmoqda. Eng tez harakatchan hisoblangan Xindiston plitasi 1 mln. yil davomida shimol va shimoliy-g’arb tomonlarga 50-70 km ga siljigan.
1.6.2- rasm. Okean osti- ning kengayishi.
a - okeanning markaziy qismi; b - okean chekkasi (Tinch okeani tipi); 1-ost- ki yotkiziklar; 2- okean urtalik, tof tizmalari; 3- vulqon kutarilmalar; 4- tufi magnitlangan (kutb- li) yangi bazaltlar; 5- tes- kari magnitlangan (kay- timli) jinslar; 6-mantiya; 7-okean osti Yer pusti; 8- chuqursuvli novlar; 9- Kon-tinental pust; 1- erish zonasi.
yuqorida qayid etilgan chegaralardan tashqari litosfera plitalari oralig’ada transform, ya’ni ishqalanish chegaralari mavjud. Bunday chegaralarda ajralish yoki siqilish jarayonlari sodir bulmaydi. Transform chegaralarda bir plixa ikkinchi plitaga nisbatan faqat ishqalanib siljish jarayoni sodir bo’ladi (1.6.1-rasm).
Download 61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling