6- bob yer po’sti strukturasi evolyutsiyasining umumiy k. Onuniyatlari va asosiy bosk


Download 61 Kb.
bet2/4
Sana14.02.2023
Hajmi61 Kb.
#1198293
1   2   3   4
Bog'liq
6-bob

6.2. Geologik davr

Geologik davr asosan paleozoy erasidan boshlangan bo’lib Yer tarixi rivojining oxirgi 500 mln. yilini qamrab oladi. Ammo, so’ngi yillardagi tadqiqotlar asosida olimlar Yer rivojining geologik davrini kechki proterozoy vaqtidan boshlaydilar.




6.2.1. Kechki proterozoy (rifey) bosqichi
(1,7-0,6 mlrd. yil)

Bu bosqich kontinental - platforma rejimi (holati) xukmron bo’lishi bilan xarakterlanadi va unda geosinklinal mintaqalar hosil bo’ladi. Bu bosqichda tinch okeanining paydo bo’lganligi ko’p manbaalarda o’z aksini topgan.


Yer qa’ridan bosqichning boshida issiqlik oqimi kutarilgan va litosfera qalinligi kamaygan. Issiqlik oqimining pasayishi davomida va qobiq murtligining oshishi natijasida rift hosil bula boshlagan. U Sibir platformasida, Avstraliya platformasining sharqiy qismida kuzatiladi.
Bu bosqich davomida quyidagi granulit (donador) mintaqalar rivojlangan yoki rivojlanishi davom etgan. Shimoliy Amerikadagi Grenvil, Janubiy Amerikadagi Atlantika buyi, Yevropadagi Shimoliy Norvegiya, Xindistondagi Sharqiy Got, Xitoydagi Ichki Mongoliya, Avstraliyaning g’arbiy xududlari shular jumlasidandir.


6.2.2. Pateozoy bosqichi

Bu bosqichning boshlanishi kontinentlararo geosinklinal mintaqalarni tashkil topishi bilan mashxurdir: Shimoliy Atlantika, Ural-Oxota, O’rtayer dengizi. Ular o’zlarining hosil bo’lishidagi erta bosqichida okeandagi ko’p sonli mikrokontinentlardan iborat bo’lganlar.


Bu vaqtda kontinentlararo geosinklinal mintaqalarning paydo bo’lishi bilan shimoliy qator platformalari o’zini xozirgi zamondagi ko’rinishlariga keldilar. Xuddi shu vaqtda janubda ularga qarshi yagona Gondvana superkontinenti mavjud bo’lgan.
Silur oxiri - devon boshlarida (S2-D1,) Shimoliy Amerika va Sharqiy Yevropa platformalari birlashib yirik Lavrussiya kontinenti massivini yuzaga keltirdilar. Ular orasida bo’lgan Shimoliy Atlantika mintaqasining janubiy qismi endi O’rtayer dengizi mintaqasi (Paleotetis) g’arbiy qismining davomini tashkil qila boshladi.
Karbon (toshkumir) davri boshlaridan kechki permgacha (S1-R2) bo’lgan jarayonlar natijasida Lavrussiya va Sibir platformalari birlashdilar. Ularga asta-sekin Xitoy - Koreya va Janubiy Xitoy xamda butun Gondvana birlashdi. Buning natijasida gigant superkontinent - Pangeya xosil bo’ldi. Uni Rifey superkontinenti Pangeya I dan farqlab, Pangeya II deb nomlashadi.



Download 61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling