6- bob yer po’sti strukturasi evolyutsiyasining umumiy k. Onuniyatlari va asosiy bosk


Download 61 Kb.
bet1/4
Sana14.02.2023
Hajmi61 Kb.
#1198293
  1   2   3   4
Bog'liq
6-bob


6- bob
YER PO’STI STRUKTURASI EVOLYUTSIYASINING UMUMIY K.ONUNIYaTLARI VA ASOSIY BOSK|IChLARI

Yer qobig’i strukturasining ikki yirik davri bo’lib, birinchisi - togeologik va ikkinchisi - geologik davr deb ataladi. Xar bir davr bir necha bosqichlardan iborat bo’lgan.




6.1. Togeologik davr

Togeologik davrning boshlang’ich bosqichining (4,6-4,0 mlrd. yil) yagona rivojlanish modeli bo’lmasada, hozirda 2 ta model mavjud. Ulardan biri - "Oyga o’xshash rivojlanish" modeli, ikkinchisi esa - «Venera modeli».


Oyga o’xshash evolyutsiya modeli tarafdorlari A.P.Pavlov, M.V.Muratov va boshqalar. Ushbu modelga muvofiq Yer suv va gaz po’stidan xoli edi. Yer atrofidagi koinotda meteorit moddalari bo’lib ular yer yuzasini kuchli "bombardirovka" qilardilar. Natijada, hosil bo’lgan chuqur kraterlar bazalt lavalari - meteorit urilganda yuzaga chiqqan mantiyaning erigan mahsulotlari bilan to’lardi. Ular Oy dengizlari muqobilini (analogini) tashkil qilib, keyinchalik gidrosfera hosil bo’lganda materikdan olib kelingan jinslar bilan to’lardi. Oyga o’xshab materiklar gabbro-anortozitlardan tashkil topgan.
''Venera modeli" (Yerga yaqin va ulchami uxshash bo’lgani uchun Venera planetasidan olingan V.I.Shuldiner) ga asosan Yer paydo bo’lgan vaqtdan boshlab zich atmosferaga ega bo’lgan va u hozirgi atmosferadan tarkibi bilan farq qilgan. Yer yuzasida yuqori tempratura va bosim bo’lib, Veneranikiga o’xshash "parnik omili" bor bo’lgan. Birlamchi qobiq jinslari tarkibi yana Veneranikidagidek - bazaltoidlardan tashkil topgan.
Erta arxey bosqichida (4-3,5 mlrd. yil) Yer yuzasida yoki yuzaga yaqin qismida xosil bo’lgan jinslar xamma materiklarda va qadimgi platformalarda topilgan. Ular tarkibi jixatidan bir xil - natriyli granitoidlar, tonalit tarkibli gneyslar. Ular Boltik,, Ukraina, Aldan qalqonlarida aniqlangan.
G’arbiy Grelandiyadagi erta arxeyni Isua seriyasidagi chukindi jinslarning xarakteri bu bosqich davomida gidrosfera, atmosfera bo’lganligini va sedimentatsiya (jins tuplanishi) ruy berganligini ko’rsatadi.
Kechki arxey bosqichida (3,5-2,6 mlrd. yil) yashiltoshlar (zelenokamenniye) mintaqasi - yashil slanetslar paydo bo’ladi. Bu yashiltoshlar maydonini rivojlanishi yosh geosinklinallar sistemasining rivojlanishiga o’xshaydi. Ularning rivojlanishi siqilish va metamorfizm bilan tamomlanadi.
Yashiltoshlar mintaqasini to’ldirgan cho’kindi jinslar tarkibida tirik organizmlarning qoldiqlari uchraydi, ularning yoshi 3,4 mlrd. yilga teng.
Arxey oxirida Kontinental qobiqning qalinligi 30 km ga yetadi, bu esa xozirgi "normal" Kontinental qobiq qalinligiga yaqindir.
Erta proterozoy bosqichida (2,6-1,7 mlrd. yil) katta maydonlarda kontinentam qobiqlar xosil bo’ladi. Ularning maydoni xozirgi vaqtdagi qadimgi platformalar maydoni bilan bir xil bo’lgan. Bu vaqtdan boshlab yoriqlar va uzilmalarning global tarmoqlari xosil bula boshladi.
Bu bosqichda kontinental qobiqning katta masshtabli bulaklarga bo’linishi boshlandi. Bulaklar o'z navbatida dumaloq, chuziqroq (tuxumsimon) bloklarga - protoplatformalarga va ularni ajratib turadigan xarakatchan zonalarga - protogeosinklinallarga bulingan. Bu zonalarda qalinligi katta bo’lgan jinslar vulqanitlar xosil bo’lgan. Protoplatformalar ichida botiqliklar (chukmalar) va sineklizalar rivojlangan.
Ular shuningdek rift strukturalari bilan mukammallashgan (Kola yarim oroli, Kanada shiti). Protogeosinklinallarning kengligi bir necha km dan bir necha yuz km gacha o’zgarib turadi.



Download 61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling