6- bob yer po’sti strukturasi evolyutsiyasining umumiy k. Onuniyatlari va asosiy bosk


Download 61 Kb.
bet3/4
Sana14.02.2023
Hajmi61 Kb.
#1198293
1   2   3   4
Bog'liq
6-bob

6.2.3. Mezozoy-kaynozoy bosqichi

Bu bosqichning yirik o’zgarishlaridan biri - trias oxirida Pangeyaning Lavraziya va Gondvanaga bo’linib ketishi va Tetis okean - geosinklinal mintaqasining paydo bo’lishidir. Yura oxirida Atlantika okeanining meridional yo’nalishda kattalashishi boshlandi. Shimoliy Atlantikaning, undan keyin kaynozoydan boshlab, Norvegiya-Grendlandiya, va Shimoliy Muz okeanining Yevrosiyo xavzasini kengayishi, Yevrosiyo kontinentini Shimoliy Amerikadan siljishiga (surilishiga) olib keldi.


Umuman yura oxirida boshlangan jarayon Gondvana va Yevrosiyo kontinental massalarining tuqnashishi bilan tugallandi.
Buning natijasida Al’p, Kavkaz, Xindukush-Pomir va Himolay tog’li ulkatari hosil bo’ldi.
Oligoiyen davrining boshlariga kelib kontinentlar va okeanlarni, burmalanuvchang tog’li o’lkalarning joylashishi hozirgi vaqtdagi ko’rinishiga yaqinlashib Kolgan edi.
Natijada, Lavraziya esa uz navbatida Shimoliy Amerika va Yevroosiyo litosfera plitalariga, Gondvana esa - Shimoliy Amerika, Afrika, Xind-Avstraliya, Xitoy, Amur, Antarktida litosfera plitalariga ajrab Tinch okeani litosfera plitasi hosil bo’ldi. Bu litosfera plitalari spreding (ajralish), kolliziya (birikish) va transform (ishkalanish) chegaralari bilan bir-biridan ajralib turadi (1.6.1-rasm).
Demak Yerning litosfera qobg’i bir necha yirik litosfera plitalari deb ataladigan bulaklarga bo’lingan. Chegaralarning nomi litosfera plitalarining hozirgi tektonik harakatlariga nisbatan aniqlangan bo’lib ularning rivojlanish tarixini oydinlashtirib beradi. Chegaralar turlicha bulsa ham bir- birlari bilai uzviy bog’liq, va seysmik faol mintaqalar bo’ylab o’tadi, ya’ni Yer kurrasining tektonik va seysmik faol mintaqalari (vulqon, yer silkinishlar) - litosfera plitalarining chegaralari hisoblanadi.
Yerda asosan 9 ta, ayrim tadqiqotchilar fikricha (Xain, Mixaylov, 1985), 7 ta yirik litosfera plitalari ajaratiladi: Shimoliy Amerika, Yevrosiyo, Janubiy Amerika, Afrika, Xind-Avstraliya, Antarktida, Tinch okeani, Naska va Kokos. Bular orasida nisbatan kichik, ammo Yerning rivojlanish tarixida axamiyatli Arabiston, Somali, Osiyoning tarqoq seysmik mintaqasi, Amur, Xitoy, Oxota dengizi, Filippin, Skosha va Karib litosfera plitalari joylashish kiradi (1.6.1-rasm).
Litosfera plitalari chegaralari materik yoki okeanni kesib o’tishi mumkin, tarkibida okean xamda qit’a ishtirok etishi yoki faqat okean yoki qit’a bo’lishi mumkin. Shunga ko’ra litosfera plitalari materik-okean, okean va qit’a turlariga bo’linadi. Shimoliy Amerika, Yevrosiyo, Janubiy Amerika, Afrika, Xind-Avstraliya, Antarktida litosfera plitalari materik-okean turiga; Karib, Skosha, Naska, Kokos, Oxota dengizi, Tinch okeani plitalari esa okean turiga; materik turiga esa Arabiston, Osiyoning tarqoq seysmik kamari, Amur, Xitoy plitalari kiradi.



Download 61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling