6 -mashg’ulot laboratori yaishi №6 Elektrostatik maydon potensial taqsimotini o’rganish
Elektr o’lchov asboblari bilan tanishish
Download 141.75 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- AMPERMETRNI DARAJALASH.
Elektr o’lchov asboblari bilan tanishish.
Ish joyida joylashgan asboblar, ya’ni ampermetr, voltmetr, millivoltmetr, milliampermetr, to’g’rilagich, reostat va qarshiliklar magazini bilan tanishish. Yuqorida ko’rsatilgan asboblardagi berilgan qiymatlar asosida 2-jadval to’ldiriladi. Agar asbob ko’p qiymatli bo’lsa, har bir qiymat uchun alohida to’ldiriladi. Darajalanayotgan asbob milliampermetr va millivoltmetr sifatida ikki marta yozilgan. 2-jadval
AMPERMETRNI DARAJALASH.3-rasm Ampermetrni darajalash uchun undan ma’lum qiymatga ega bo’lgan tok o’tkazish va ampermetrning ko’rsatishlarini shu tok kuchining qiymatlariga taqqoslash kerak. Ampermetrni darajalashning mumkin bo’lgan usullardan biri shu asbobning ma’lum elektr yurituvchi kuchga ega bo’lgan tok manbaidan ta’minlanayotgan ma’lum qarshilikli elektr zanjirga ulab darajalashdir. Bu holda zanjirdagi tok kuchi Om qonuniga binoan xisoblab topilishi va ampermetrning ko’rsatishlari tok kuchining shu xisoblab topilgan qiymatlariga taqqoslanishi kerak. Ampermetrni darajalash uchun 3-rasmdagidek elektr zanjiri tuziladi. Sxemadagi Rd-darajalanayotgan ampermetr, R-reostat, K-kalit, Rm-qarshilik magazini, undan Re - etalon qarshilik tanlab olinadi, unga parallel qilib etalon asbob millivoltmetr ulanadi. Ishni mohiyati shundan iboratki, Re-etalon qarshilik va undagi kuchlanishlarning pasayishi o’lchab, zanjirdan o’tayotgan tokni Om qonuni ga asosan hisoblab, ampermetr ko’rsatgan tok kuchi Ig bilan solishtirishdir. Download 141.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling