6- mashg‘ulot. Naslchilik xo‘jaliklarida qoramollarni bonitirovka qilish. Mashg‘ulotning maqsadi
O‘zbekistonda urchitilayotgan go‘sht yo‘nalishidagi naslli buqalarning klassini aniqlashda tirik vazni, ekstereri va konstitusiya bahosiga bo‘lgan minimal talablar
Download 130.73 Kb.
|
1 2
Bog'liq6-машғулот консалтинг
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
O‘zbekistonda urchitilayotgan go‘sht yo‘nalishidagi naslli buqalarning klassini aniqlashda tirik vazni, ekstereri va konstitusiya bahosiga bo‘lgan minimal talablar
Klassi belgilangandan keyin bonitirovka qilingan hayvonlar gruppalarga ajratiladi. Qoramol naslchilik fermalaridaga qoramollar ko‘zda tutilgan maqsadlarga qarab quyidagi gruppalarga bo‘linadi: Nasldor qoramol sifatida eng yaxshi bo‘lgan sigirlar, g‘unajinlar va buzoqlar yetakchi nasldor gruppaga yoki naslchilik yadrosiga ajratiladi. Naslchilik yadrosidagi sigiolarning buzoqlari bilan podani to‘ldirib va tobora yaxshilab borish lozim. Shu gruppadagi nasldor buqalar bilan boshqa naslchilik xo‘jaliklari hamda stansiyalarining podalari to‘ldiriladi yoki ulardan sun’iy qochirish, shuningdek xo‘jalikning o‘z podasida foydalanish uchun ajratiladi; Sigirlarning ikkinchi naslchilik gruppasi, ularning nasllaridan quyidagicha foydalaniladi: g‘unajinlar bilan xo‘jalik va fermalarning podalari to‘ldiriladi, eng yaxshi buqalar sotish uchun zotli qoramol sifatida parvarish qilinadi. Bu gruppaga sut mahsuldorligi tekshirilishi lozim bo‘lgan birinchi marta tug‘uvchi sigirlar kiradi. Birinchi marta tug‘uvchi sigirlar qat’iy ravishda tanlab olish uchun tekshiriladigan gruppada ularning soni asosiy podani to‘ldirish uchun zarur bo‘lgan sondan 20-30 % ortiq bo‘lishi kerak; Uchinchi gruppaga viranjirovka (bir tipdagi qoramollarni qochirish uchun podadan chiqariladigan) va brakka chiqariladigan qoramollar kiradi. Brakka chiqariladigan qoramollar bo‘rdoqiga boqiladi. Sutchilik tovar fermalaridagi qoramollar quyidagi gruppalarga bo‘linadi: Naslchilik yadrosiga podani to‘ldiruvchi va podani kengaytirib boruvchi eng zotli buqalar hamda sermahsul sigirlar kiradi; Sut yetishtirish uchun parvarish qilinadigan gruppaga naslchilik jihatidan aytarli ahamiyai bo‘lmagan sigir va g‘unajinlar kiradi. Sermahsul podalardagi sog‘in sigirlardan bo‘lgan podani to‘ldirishdan ortiqcha buzoqlar boshqa xo‘jaliklarga sotish uchun o‘stiriladi; Go‘sht yetishtirish uchun parvarish qilinadigan gruppa go‘shtga boqiladigan yosh qoramoldan, brak qilingan sigir va buqalardan, shuningdek kam mahsul sigirlardan iborat bo‘ladi, ulаrdan olingan buzoqlardan go‘sht uchun foydalaniladi. Bonitirovka qilish tugagandan keyin qoramolaning mahsuldorligi va nasldorlik sifatlari to‘g‘risidagi hisobot tuziladi va bir xo‘jalikda olib borilgan naslchilik ishlariga baho beriladi. Bonitirovka qilish yakunlari, shuningdek belgilangan tadbirlar chorvachilik fermasi xodimlarining ishlab chiqarish kengashlarida muhokama qilinadi. Bonitirovka qilish rejasiga muvofiq sigirlarni qochirish rejasi tuziladi. Qoramollardan yuqori sifatli buzoqlar olishni ta’minlaydigan tanlashning asosiy usullari belgilanadi. Eng yaxshi hayvonlar ajratib olinib, Davlat naslchilik kitobiga yozish uchun ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etiladi. Nazorat savollari Bonitirovka nima? Bonitirovka o‘tkazish tadbirlari haqida gapirib bering. Qoramollarni bonitirovka qilishdan maqsad nima? Bonitirovka tugagandan so‘ng qoramollar qanday guruhlarga ajratiladi? Download 130.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling