6- mavzu: jadvallar va grafiklar (2 soat)


Chiziqli va yassi diagrammalar


Download 47.05 Kb.
bet5/5
Sana02.06.2024
Hajmi47.05 Kb.
#1838337
1   2   3   4   5

4. Chiziqli va yassi diagrammalar


Chiziqli va yassi diagrammalarning juda ko`p turlari mavjud bo`lib, ular orasida eng muhimlari quyidagilardan iborat.
Chiziqli diagrammalar. Bu diagrammalar eng keng tarqalgan bo`lib, ular yordamida dinamika qatorlari, hodisalar orasidagi bog`lanishlar, taqsimlanish qatorlari va shartnoma (reja)ni bajarish ko`rsatkichlari tasvirlanadi. Chiziqli diagrammalar koordinat maydoni yoki raqamli setka asosida tuziladi. Vertikal o`qqa (ordinata o`qi) olingan masshtabda dinamika qatorining ko`rsatkichlari yoki natijaviy belgining qiymatlari nuqtachalar bilan nishonlanib joylashtiriladi. Gorizontal o`qqa absissa o`qi) ma`lum masshtabda qatorning davrlari (vaqtlari) yoki omil belgining qiymatlari nuqtachalar bilan nishonlanadi. Keyin o`qlardagi har qaysi nuqtachalardan qarama-qarshi o`qqa nisbatan parallel ravishda perpendikulyar chiziqlar o`tkaziladi. Ularning o`zaro uchrashgan nuqtalari (ordinata cho`qqilari) bir-biri bilan birlashtiriladi va natijada siniq chiziq hosil bo`ladi. Bu siniq chiziq dinamika qatorini yoki o`rganilayotgan hodisalarning o`zaro bog`lanishini tasvirlaydi.
Dinamika qatorlarini chiziqli diagramma shaklida tasvirlayotganda shuni esda saqlash lozimki, grafikning ko`rimli va oson tushunarli bo`lishi uchun masshtabni to`g`ri olish muhim ahamiyatga ega.
Agar davrlar uchun olingan masshtab juda kichik bo`lsa, u holda diagramma sur`ati, ya`ni taraqqiyot qonuniyatini buzib, sun`iy tarzda kuchaytirib aks ettiradi. Ushbu masshtab haddan tashqari katta olinganda esa, aksincha, o`sish sur`ati sun`iy ravishda so`nish tarzida gavdalanadi. Demak, bu ham maqsadga muvofiq emasdir. Shuning uchun masshtabni shunday belgilash kerakki, u ko`rsatkichlar orasidagi proposionallik va nisbatlarni to`la va aniqroq tasvirlash imkoniyatini tug`dirsin.
Chiziqli diagramma yordamida shartnomalarni bajarish sur`atlarini aniqlash va analiz qilish ham mumkin. Bu holda vertikal (ordinata) o`qqa shartnomada ko`zlangan topshiriqlar bilan haqiqatda bajarish ko`rsatkichlari hamda o`tgan davrda erishilgan darajalar joylashtiriladi

Nazorat va muhokama uchun savollar


  1. Statistik jadvallar deganda nimani tushunasiz? Ular so`z bilan bayon etishga qaraganda afzalliklarga egami?

  2. Statistik jadval qanday unsurlardan tarkib topgan? Uning ega va kesimi deganda nima tushuniladi? Jadval maketi deganda-chi?

  3. Statistik jadvallarning qanday turlarini bilasiz?

  4. Oddiy jadvallar nima? Gruppoviy-chi? Kombinatsion jadval-chi?

  5. Talabalar davomati qayd qilinadigan jurnal qanday jadval turiga misol bo`ladi?

  6. Statistik grafiklar deganda nima tushunasiz?

Download 47.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling