6- mavzu: jadvallar va grafiklar (2 soat)


Grafiklar haqida tushuncha, statistikada ularningroli va ahamiyati


Download 47.05 Kb.
bet3/5
Sana02.06.2024
Hajmi47.05 Kb.
#1838337
1   2   3   4   5
3. Grafiklar haqida tushuncha, statistikada ularningroli va ahamiyati Statistik ma`lumotlarni keng omma uchun tushunarli, ta`sirchan, diqqatga sazovor va lo`nda qilib bayon etish juda muhimdir. Grafik usuli ana shu maqsad uchun xizmat qilib, amalda keng qo`llanadi.
Statistikada grafiklar deganda ijtimoiy hayot haqidagi ma`lumotlarni shartli olingan me`yorda tuziluvchi har xil geometrik shakl va chiziqlar, predmetlarning tasvirlari (suratlari) hamda geografik xaritalarda nishonlangan shartli belgilar yordamida tasvirlash tushuniladi. Ular kishining diqqatini o`ziga tez jalb etish bilan birga ma`lumotlarni esda yaxshiroq saqlash, to`laroq va chuqurroq tasavvur qilishga imkon beradi. Shuning uchun grafiklar
iqtisodiy,
madaniy va umuman ijtimoiy taraqqiyotning barcha sohalarida erishilayotgan
yutuqlarimizni ommalashtirishda muhim qurol vazifasini o`taydi.
Grafik – statistik ma`lumotlarni ta`sirchan va jozibali qilib tasvirlaydigan geometrik shakldir
Kombinatsion jadval – ega qismida obyektlarni ikkita va undan ortiq belgilari asosida guruhlash natijalarini aks ettiradigan jadvaldir.
Shunday qilib, statistik ma`lumotlarni grafiklarda tasvirlash natijasida ularni soddalashtirish, ayonlashtirish, umumlashtirish, yakunlashtirish va pirovardida tasavvurimizni boyitish kabi muhim fazilatlarga ega bo`lamiz.
Bu usul turli hodisalarni taqqoslashda, ularni dinamikasi va o`zaro bog`lanishlarini tahlil qilishda,rejalarni, davlat buyurtmalarini bajarish ustidan nazoratni amalga oshirishda, o`rganilayotgan murakkab to`plamlarning tuzilishini tekshirishda, ayrim voqealarning yoyilish ko`lamini tasvirlashda qo`llanadi.Moliyaviy- iqtisodiy tanazzulga qarshiamalga oshirilgan tadirlar natijalarini ommalashtirishda grafiklar juda qo`l keladi.

4. Grafiklarning turlari va asosiy elementlari


Grafiklar tuzilish shakli va qanday jarayonlarni tasvirlashi jihatidan har xil turlarga, tasnifiy guruhlarga bo`linadi. Diagramma deganda statistik ma`lumotlarni geometrik shakllar yordamida tasvirlash ushuniladi. Agar ma`lumotlar shartli belgilarni geografik kartalarga tushirish yo`li bilan tasvirlansa, bunday grafiklar kartogrammalar deb ataladi. Kartodiagrammalar diagramma va kartogrammalarning aralashmasidan tashkil topadi. Bu holda geografik kartalar hodisalarning hududiy taqsimlanishiga qarab konturlarga (bo`laklarga) bo`linadi va ularda ma`lumotlarni tasvirlovchi diagrammalar keltiriladi. Kartogramma va kartodiagrammalar hodisalarning makonda (territoriyada) joylanishini tasvirlashda qo`llanadi. Diagramma deganda statistik ma`lumotlarni geometrik shakllar yordamida tasvirlash ushuniladi. Agar ma`lumotlar shartli belgilarni geografik kartalarga tushirish yo`li bilan tasvirlansa, bunday grafiklar kartogrammalar deb ataladi. Kartodiagrammalar diagramma va kartogrammalarning aralashmasidan tashkil topadi. Bu holda geografik kartalar hodisalarning hududiy taqsimlanishiga qarab konturlarga (bo`laklarga) bo`linadi va ularda ma`lumotlarni tasvirlovchi diagrammalar keltiriladi. Kartogramma va kartodiagrammalar hodisalarning makonda (territoriyada) joylanishini tasvirlashda qo`llanadi.
Grafiklarning asosiy turi diagrammalardir. Ularni tuzayotganda ko`pincha yassi geometrik shakllar va chiziqlardan foydalaniladi. Statistik ma`lumotlarni grafiklarda tasvirlash uchun avvalo masshtab qabul qilinadi va unga qarab shkala tuziladi.

Download 47.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling