6- mavzu: jadvallar va grafiklar (2 soat)


Jadval turlari va tuzish qoidalari


Download 47.05 Kb.
bet2/5
Sana02.06.2024
Hajmi47.05 Kb.
#1838337
1   2   3   4   5
2. Jadval turlari va tuzish qoidalari.
Iqtisodiy izlanishlarda statistik jadvallarning har xil turlari qo`llaniladi. Eganing tuzilishiga qarab statistik jadvallar uch turga bo`linadi: oddiy, gruppaviy va kombinatsion.
Oddiy jadval deb o`rganilayotgan obyektlar va ularning ko`rsatkichlari birma-bir ro`yxat ko`rinishida yozilgan jadvalga aytiladi.
Gruppaviy jadval – o`rganilayotgan obyektlarni bir belgi asosida guruhlash natijalarini ifodalaydigan jadval nazarda tutiladi.
Oddiy statistik jadvalning egasida o`rganilayotgan obyektlarning nomlari yoki ma`lumotlar tegishli davrlar yozilgan bo`ladi. Jadval 4.1 bunga misol bo`la oladi. Bu jadvalda yillar berilgan ustunlar ega bo`lib, ko`rsatkichlar keltirilgan qatorlar kesimdir. Jadvalning ega qismida o`rganilayotgan obyektning muhim bir belgisi bo`yicha gruppalash amalga oshirilgan bo`lsa, bunday jadval gruppaviy jadval deyiladi (5.5 jadvalga qaralsin).
Ayrim paytlarda voqea va hodisalarni bir belgisi bo`yicha guruhlaganda ularni to`liq o`rganishning iloji bo`lmaydi. Bunday paytda voqea va hodisalar ikki va undan ortiq belgisi asosida guruhlarga ajratilib o`rganiladi. Buning uchun, avval o`rganilayotgan hodisa to`plami bir belgisi bo`yicha, keyin har qaysi guruh boshqa belgi bo`yicha kichik guruhchalarga ajratiladi. Bunday guruhlash natijalari asosida kombinatsion jadvalar tuziladi. Ular oddiy jadvallarga qaraganda voqea va hodisalarning o`zaro aloqasi va bog`lanishlarini chuqurroq va to`la yoritishga yordam beradi.(6.7 jadvalga qaralsin)
Voqea va hodisalarni o`rganish jarayonida va qo`yilgan vazifalarga qarab ega va kesim
o`z o`rinlarini almashtirib turishi mumkin. Statistik jadval ixcham va ko`rimli chiqishi uchun, uni tuzishda quyidagi qoida va tartiblarga amal qilish kerak : Jadvallar hajmi katta bo`lmasligi kerak. Murakkab to`plamlarni o`rganishda jadval hajmini kattalashtirmasdan, yaxshisi ikki va undan ortiq o`zaro bog`langan jadvallar bo`lish kerak. Jadvallar aniq, tushunarli va o`qishga oson ko`rinishda tuzilishi kerak.
Jadvalning umumiy nomi undagi ega va kesimlar mazmunini ifodalashi lozim, uni qisqartirib yozish mumkin emas. Unda o`rganilayotgan obyektning nomi, ma`lumotlar tegishli vaqt oralig`I hamda joyi ko`rsatilishi lozim. Jadvalda bir-biri bilan bog`liq ko`rsatkichlar birin-ketin, soddadan murakkabga o`tib borish tartibida joylashtirilishi lozim.
Jadvaldagi ma`lumotlar mazmunini anglash oson bo`lishi uchun ularni bir xil aniqlik darajasi bilan butunlashtirib, ifodalash lozim. Shartli alomatlarga e`tibor berish kerak. Zarur bo`lganda ayrim ko`rsatkichlar yoniga yulduzcha yoki raqamlar qo`yilib, ularni qaerdan yoki qanday hisoblab olinganligi ilova tarzida berilishi kerak.
Hodisa sodir bo`lganligi to`g`risida ma`lumotlar bo`lmasa, jadvalda shu ko`rsatkich o`rniga “ma`lumot yo`q” yoki nuqtalar (...) qo`yiladi, agarda hodisa umuman sodir bo`lmagan bo`lsa, tire (-) belgisi bilan ifodalanadi. Jadvallarni tuzish texnikasi yaxshi egallansa, ularni o`qish va tushunish ishi ancha osonlashadi.

Download 47.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling