6- mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko'rsatuvchi bozor infratuzilmalari
O'zbekistonning bank- moliya tizimi
Download 27.22 Kb.
|
Ahmadjon Hojibayev
2 O'zbekistonning bank- moliya tizimi. Bank moliya sohasidagi o'zgarishlar,
bankning asosiy operatsiyalari, banklardan kredit berish tartibi. Respublikamiz mustaqilligining e'lon qilinishi butun dunyo mamlakatlari tomonidan tan olingan bozor iqtisodiyoti dastaklarini bizning respublikamizga ham kirib kelishiga zamin yaratdi. Shuning uchun ham respublikamizda bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi zamonaviy bank tizimini yaratish zaruriyati yuzaga keldi. Bankning tizimini qayta qurish; - ikki pog'onali bank tizimini vujudga keltirish. Markaziy imission bank va bevosita xo'jalik subyektlariga xizmat ko'rsatuvchi ixtisoslashgan davlat banklari. - ixtisoslashtirilgan banklarni to'laligicha xo'jalik hisobiga va o'z -o'zini moliyalashga o'tkazish. - iqtisodiy tizim doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan bo'ladigan kredit munosabatlari, uslublari va shakllarini takomillashtirish va boshqalarni o'z ichiga oladi. O'zbekiston bozor iqtisodiyotiga bosqichma- bosqich o'tish yo'lini tanlagani bois bank tizimi taraqqiyoti ham quyidagi bosqichlarga ega; - Birinchi bosqich milliy valyutani muomalaga kiritish uchun asos yaratilgan va ikki pog'onali bank tizimining poydevori qurilgan 1991 yilda 1994 yilgacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Bu davrda mamlakatimizning mustaqil bank tizimini yaratish bo'yicha olib borilgan tadbirlar 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining " Banklar va Bank faoliyati to'g'risidagi " qonuni asosida amalga oshirildi. Ushbu davrda tashkil etilgan maxsus ixtisoslashgan banklar jumlasiga sanoat qurulish banki, kommunal qurulish va sotsial taraqqiyot banki, agrosanoat banki, tashqi iqtisodiy faoliyat banki, jamg'arma banki va boshqa banklarni kiritish mumkin. Bank tizimi rivojlanishining to'rtinchi bosqichi 2001 yildan boshlandi va uning asosiy xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi; 1 Banklar faoliyatini yanada rivojlantirish asosida aholining bank tizimiga bo'lgan ishonchi yanada mustahkamlandi. 2 Tijorat banklarining xususiy tadbirkorlik, kichik va o'rta biznes subyektlariga ko'rsatgan yordami ortdi. 3 Valyuta munosabatlarini erkinlashtirish bo'yicha ishlar jadallashtirildi. Bu bosqichda milliy valyutani erkin ayirboshlash ishlari bosqichma- bosqich amalga oshirildi. Shu asosda respublikamizda bank tizimini taraqqiy etishi va takomillashuvi davom etmoqda. Milliy valyutani barqarorligini ta'minlash uchun O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki qator muhim vazifalarni hal etadi. Ulardan eng asosiy vazifalar sifatida quyidagilarni kiritish mumkin; - monetar siyosatni va valyutani boshqarish siyosatini shakllantirish, qabul qilish hamda amalga oshirish. - O'zbekiston Respublikasida hisob- kitoblarning samarali tizimini yaratish; - banklar faoliyatini tartibga solish va banklarni nazorat qilish; - O'zbekiston Respublikasining rasmiy oltin valyuta zaxirasini saqlash va uni boshqarish; - Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat byudjetining kassa ijrosini uyushtirish; Kredit va kreditlashning o'ziga xos qoidalari borki, ular maxsus tamoyillarda ado etiladi. Bular: • kreditning qaytuvchanligi; • kreditning muddatliligi; • kreditning ta'minlanganligi; • kreditning maqsadliligi; • kreditning to'lovliligi; • diffrensial yondashuv. Kreditning qaytuvchanligi tsmoyili. Ya'ni kreditni qaytarib berish shart. Qaytarib berish ikkiyoqlama jarayonni ifoda etadi, u kreditor uchun ham, qarz oluvchi uchun ham bir xil darajada muhimdir. Kreditning muddatliligi tamoyili. Kredit ma'lum muddat uchun beriladi.Bankdan qarz olinganda, albatta, uning qanday muddatda berilishi kredit bitimida kelishib olinadi. Kreditning ta'minlanganligi tamoyili. Bu tamoyil vositasida pul massasi va ishlab chiqarish ( xizmat ko'rsatish ) o'rtadidagi zaruriy mutanosiblikning bir me'yorda bo'lishi ta'minlanadi. Kreditning maqsadliligi. Ya'ni olingan kreditlar aniq bir maqsadni amalga oshirishga yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Bunda kredit muayyan obyektga• ishlab chiqarish xarajatlariga • ishlab chiqarish zaxiralariga • tayyor mahsulotga • jo'natilgan tovarlar va hokazolarga beriladi. Kreditning to'lovliligi. Ya'ni, kredit uchun haq to'lash zarurligi, bank qarzni twkinga bermaydi, buning uchun qarz oluvchidan foiz undiriladi. Kreditning samaradorligi. Bu tamoyil nafaqat kredit summasi va foizning bankka qaytarib to'lashini, shuningdek undan kreditlangan yoki moliyalashtirilgan soha, tarmoq, korxona qancha samaradorlikka erishganini ifodalaydi. Download 27.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling