6- mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko'rsatuvchi bozor infratuzilmalari


Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatlarini soliqqa tortish


Download 27.22 Kb.
bet6/6
Sana02.04.2023
Hajmi27.22 Kb.
#1321913
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ahmadjon Hojibayev

5 Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatlarini soliqqa tortish. Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlaridan olinadigan soliq turlari. Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlaridan soliq olish qoidalari va soliq imtiyozlari.
Kichik biznesning rivojlanish sur'atlarini jadallashtirishga qaratilgan choralarning asosiylaridan biri bo'lib, ularni soliqqa tortishning eng samarali
tartiblaridan biri bo'lgan soliqqa tortishning soddalashtirilgan tartibga o'tish hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida " Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi - soliq to'lovchilarning ayrim toifalari uchun qo'llaniladi va yagona soliq to'lovini, yagona yer solig'ini hamda tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo'yicha qat'iy belgilangan soliqni hisoblab chiqarish hamda to'lovning maxsus qoidalari qo'llanilishini, shuningdek, mazkur qoidalar bo'yicha aniq hisobotni taqdim etilishini nazarda tutadi" deb keltirilgan.
O'zbekiston Respublikasida soliqqa tortishning soddalashtirilgan tartibga o'tkazilgan yuridik shaxslarning eng ko'p qismi " yagona soliq to'lovi" to'lovchilari bo'lib, ular barcha tarmoqlarning kichik biznes subyektlarini va undan tashqari, miqyosidan qat'iy nazar savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini hamda loterayalar tashkil qilish bo'yicha faoliyatni amalga oshirish doirasidagi yuridik shaxslarni o'z ichlariga oladilar.
" Yagona yer solig'i " to'lovchilarining miqyosi ancha tor bo'lib, bu soliq to'lovchilari qatoriga faqatgina qishloq xo'jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar va qishloq xo'jaligi yo'nalishidagi ilmiy- tadqiqot tashkilotlarining tajriba- eksprimental xo'jaliklari va ta'lim muassasalarining o'quv - tajriba xo'jaliklari kiradi. " Qat'iy belgilangan soliq" to'lovchilari qatoriga faoliyatning ayrim turlarini tavsiflovchi fizik ko'rsatkichlardan kelib cgiqqan holda soliq solinadigan ayrim faoliyat turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar kiradi.

Yagona soliq to'lovi to'lovchilari davlatning byudjetdan tashqari maxsus jamg'armalariga majburiy ajratmalar to'lashdan ham ozod etilgan, ammo yagona soliq to'lovchilari - ozod etilmaganlar.


O'zbekistonda soliqqa tortishning soddalashtirilgan tartibiga o'tkazilgan xo'jalik yurituvchi subyektlar to'lovchi soliq tushumlari Respublika byudjeti daromadlarini va ayniqsa, to'g'ri soliqlarni shakllantirishda sezilarli o'rin tutadi.
Soliqqa tortishning soddalashtirilgan tartibida qo'llaniladigan yagona soliq to'lovi umumbelgilangan tartibdagi quyidagi umumdavlat va mahalliy soliqlar va yig'imlarning:
- yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i;
- qo'shilgan qiymat solig'i;
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
- mol- mulk solig'i;
- yer solig'i;
- obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig'i hamda davlatning byudjetdan tashqari:
- pensiya jamg'armasiga;
- respublika yo'l jamg'armasiga;
- ta'lim muassasalarini qayta ta'mirlash va jihozlash jamg'armasiga ajratmalar o'rniga faqat bitta o'zi to'lanadi.
Soliqqa tortishning umumbelgilangan tartibida faoliyat yurituvchi kichik biznes subyektlari soliqlarni barcha yuridik shaxslar kabi to'laydilar. Yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlar davlat byudjeti daromadlarining asosiy manbai hisoblanadi. Shuning uchun korxonalarni soliqqa tortish samaradorligini oshirish mamlakatni rivojlantirish va inqirozga qarshi kurash bo'yicha davlat dasturlarini bajarishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Kichik biznes subyektlaridan undiriladigan umumdavlat soliqlari
O'zbekiston Redpublikasining Soliq kodeksiga muvofiq yuridik shaxslardan, shu jumladan kichik biznes subyektlaridan undiriladigan umumdavlat soliqlari qatoriga:
- yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i;
- qo'shilgan qiymat solig'i;
- aksiz solig'i;
- yer qa'ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to'lovlar;
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.
Yuridik shaxslar to'laydigan soliqlar ichida foyda solig'i byudjet daromadlari tarkibida yetakchi o'rinni egallaydi va maksimal foyda olishni ko'zda tutadi. Bu soliq to'g'ri soliqlar guruhiga kirgani uchun korxonalar faoliyatining moliyaviy natijalariga to'g'ridan - to'g'ri ta'sir ko'rsatadi.
Foyda solig'i deganda, kichik biznes subyektlari foydasining bir qismini majburiy ravishda byudjetga olib qo'yish tushuniladi.
O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 126 - moddasiga muvofiq foyda solig'i to'lovchilari bo'lib yuridik shaxslar, shu jumladan, quyidagi kichik biznes subyektlari xizmat qiladi:
- O'zbekiston Respublikasi rezidentlari;
- O'zbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali faoliyat yurituvchi yoki daromad manbai O'zbekiston Respublikasida bo'lgan norezidentlar.
Quyidagi kichik biznes subyektlari foyda solig'i to'lovchilari bo'lmaydilar:
- notijorat tashkilotlar;
- soliqqa tortishning soddalashtirilgan tartibiga o'tkazilgan kichik biznes subyektlari.
Kichik biznes subyektlaridan olinadigan foyda solig'i to'lovchilari bo'lishlari uchun quyidagi talablarga javob berishlari lozim:
-o'z mulkiga ega bo'lishi lozim;
- mustaqil tugallangan buxgalteriya balansiga ega bo'lishi lozim;
- bankda hisob raqamiga ega bo'lishi lozim;
- soliq inspeksiyasida identifikatsiya raqamiga ega bo'lishi lozim;
- hokimiyatda ro'yxatdan o'tgan bo'lishi lozim;
- o'z muhriga ega bo'lishi kerak.
Bir vaqtning o'zida barcha talablarga javob bergandagina kichik biznes subyekti foyda solig'i to'lovchisi bo'lishi mumkin.
Foyda solig'idan imtiyozlar.
Foyda solig'idan quyidagi yuridik shaxslar ozod etilgan:
- nogironlarning jamoat birlashmalari, "Nuroniy jamg'armasi", " O'zbekiston chernobilchilari" assotsiatsiyasi mulki bo'lgan shtatdagi ishlovchilarning yarmidan kam bo'lmagan qismini nogironlar, 1941-1945- yil urush va mehnat faxriylari tashkil etadigan (savdo, ta'minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilanshug'ullanuvchilardan tashqari);
- davolash muassasalari qoshidagi davolash- ishlab chiqarish ustaxonalari.
Foyda solig'idan quyidagi faoliyatdan olingan yuridik shaxslar foydasi ozod etilgan:
- protez- ortepediya buyumlari, nogironlar uchun inventarlar ishlab chiqarish;
- shahar yo'lovchi transportida yo'lovchilarni tashishdan olingan foyda;
- tarix va madaniyat yodgorliklarini ta'mirlashdan olingan foyda;
- investitsion fondlarning xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini sotib olishga yo'naltirilgan foydasi;
- xalq banki tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisob varaqalaridagi mablag'lardan foydalanishdan olingan foyda.
Download 27.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling