6- mavzu. Mantiq ilmining predmeti, ahamiyati. Formal mantiqning asosiy qonunlari. (2-soat)


Download 31.65 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi31.65 Kb.
#1526000
Bog'liq
mavzu-6


6- mavzu. Mantiq ilmining predmeti, ahamiyati. Formal mantiqning asosiy qonunlari.
(2-soat)
Reja:
1. Mantiq ilmining tadqiqot ob'ekti.
2. Tafakkurning asosiy shakllari.
3. Formal mantiqning asosiy qonunlari.
1-masala. «Mantiq» arabcha so'z bo'lib, ma'nosi bo'yicha «logika» so'ziga muvofiq keladi. «Logika» atamasi esa, grekcha «logos» so'zidan kslib chikkan bo'lib, «fikr», «so'z», «aql», «qonuniyat» kabi ma'nolarga ega. Uning ko'p maьnoligi turli hil narsalarni ifoda qilishida uz aksini topadi. Hususan, mantiq so'zi, birinchidan, ob'ektiv olam qonuniyatlarini (masalan, «ob'ektiv mantiq», «narsalar mantiqi» kabi iboralarda), ikkinchidan, tafakko'rning manjud bulish shakllari va taraqqiyotini, shu jumladan, fikrlar o'rtasidagi aloqadorlikni qarakterlaydigan qonun-qoidalar yigindisini (masalan «subьektiv mantiq» iborasida), va nihoyat, uchinchidan, tafakkur shakllari va qonunlarini o'rganuvchi fanni ifoda etishda ishlatiladi.
Mantiq ilmining o'rganish ob'ektini tafakkur tashkil etadi. «Tafakkur» arabcha so'z bo'lib, o'zbek tilidagi «fikrlash», «aqliy bilish» so'zlarining sinonimi sifatida qo'llaniladi. Tafakkur bilishning yuqori bosqichidir. Uning moqiyatini yahshirok tushunish uchun bilish jarayonida tutgan o'rni, bilishning boshqa shakllari bilan bo'lgan munosabatini aniqlab olish zarur.
Bilish voqelikning, shu jumladan, ong hodisalarining inson miyasida sub'ektiv, ideal obrazlar shaklida aks etishidan iborat. Bilish jarayonining asosini va ohirgi maqsadini amaliyot tashkil etadi. Barcha hollarda bilish insonning qayotiy faoliyati bilan u yoki bu darajada boqliq bo'lgan, uning ma'lum bir eqtiyojini kondirishi mumkin bo'lgan narsalarni tushunib etishga bo'ysundirilgan bo'ladi. Bilish jarayonini amalga oshirar ekan, kishilar uz oldilariga ma'lum bir maqsadlarni kuyadilar. Ular urganilishi lozim bo'lgan predmetlar doirasi, tadqiqot yunalishi, shakllari va metodlarini belgilab beradi.
Bilish murakkab, ziddiyatli, turli hil darajalarda va shakllarda amalga oshadigan jarayondir. Uning dastlabki bosqichini hissiy bilish - insonning sezgi organlari yordamida bilish tashkil etadi. Bu bosqichda predmet va hodisalarning tashqi hususiyatlari va munosabatlari, ya'ni ularning tashqi tomonida bevosita namoyon bo'ladigan va shuning uchun ham inson bevosita seza oladigan belgilari qaqida ma'lumotlar olinadi.
Hissiy bilish 3 ta shaklda: sezgi, idrok va tasavvur shaklida amalga oshadi. Sezgi predmetning birorta tashqi hususiyatini (masalan, rangini, shaklini, ta'mini) aks ettiruvchi yaqqol obrazdir. Idrok predmetning yahlit yaqqol obrazi bo'lib, u mazkur predmet qaqidagi turli hil sezgilarni sintez qilish natijasida hosil bo'ladi. Aloqida olingan sezgilardan farqli ularok, idrok berilgan predmetni boshqa predmetlardan (masa­lan olmani behidan, nokdan va shu kabilardan) farqqilish imkonini beradi. Tasavvur esa avval idrok etilgan predmet­ning obrazini ma'lum bir signallar (berilgan predmet bilan ma'lum bir umumiylikka ega bo'lgan) ta'sirida miyada qayta hosil qilishdan, yoki shu va boshqa obrazlar negizida yangi ob­raz yaratishdan iborat hissiy bilish shaklidir. Masalan, taniishngizga uhshagan kishini uchratganda tanishingizni eslaysiz, yoki ko'rmoqchi bo'lgan imoratingizni mavjud imoratlar obrazlari yordamida yaqqol his qilasiz.
Hissiy bilishning barcha shakllariga hos bo'lgan hususiyatlari katoriga quyidagilar kiradi:
Birinchidan, hissiy bilish ob'ektning (predmetning yoki uning birorta hususiyatining) sub'ektga (individga, to'qrirogi, uning sezgi organlariga) bevosita ta'sir etishini taqozo etadi. Tasavvur ham bundan istisno emas. Unda obrazi qayta hosil etilayotgan (yoki yaratilayotgan) predmet emas, u bi­lan boqliq bo'lgan boshqa predmet-signal ta'sir etadi.
Ikkinchidan, hissiy bilish shakllari predmetning tashqi hususiyatlari va munosabatlarini aks ettiradi.
Uchinchidan, hissiy obraz predmetning yaqqol obrazidan iborat.
Turtinchidan, hissiy bilish, konkret individlar tomonidan amalga oshirilganligi uchun ham, qar bir aloqida qolda konkret insonning sezish kobiliyati bilan boqliq tarzda o'ziga hos hususiyatga ega bo'ladi.
Beshinchidan, hissiy bilish bilishining dastlabki va zaruriy bosqichi hisoblanadi. Usiz bilish mavjud bula olmaydi. Chunki inson tashqi olam bilan uzining sezgi organlari orqali boqlangan. Bilishning keyingi bosqichi, boshqa barcha shakllari sezgilarimiz bergan ma'lumotlarga tayanadi.
Bundan kelib chikadigan hulosa shuki, hissiy bilish tafakkur bilan uzviy boqliq. Hususan, nazariy bilimlarning chinligi ohir-okibatda empirik talkin qilish yuli bilan, ya'ni tajribada bunday bilimlarning ob'ektini qayd etish orqali asoslanadi. O'z navbatida, hissiy bilish, umuman olganda, akl tomonidan boshqarilib turadi, bilish oldida turgan vazifalarni bajarishga yo'naltiriladi, ijodiy fantaziya elementlari bilan boyitiladi. Masalan, guvohlarning bergan kursatmalari asosida jinoyatchining portreti yaratiladi, yaqqol his qilinadi va kidiriladi.
Lekin, shunga qaramasdan hissiy bilish uz imkoniyatlari, chegarasiga ega. U bizga aloqida olingan predmetlar (yoki predmet­lar tuplami), ularning tashqi belgilari qaqida ma'lumot bera­di. Unda mavjud predmetlar o'rtasidagi aloqadorlik (masalan muz bilan havoning qarorati o'rtasidagi boqlanish) urganilmaydi, predmetlarning umumiy va individual, muhim va nomuhim, zaruriy va tasodifiy hususiyatlari farqqilinmaydi.
Bundan tashkari, ba'zi hollarda hissiyotimiz bizni aldab kuyadi. Masalan, uzoqdan sizga qarab yurib kelayotgan kishini tanishingizga o'hshatasiz, lekin yaqinroq kelganda uning boshqa kishi ekanligi ma'lum bo'ladi. Boshqa bir misol. Endi tanishgan kishingiz qaqidagi dastlabki taassurot (bu asosan uning tashqi tamonidan ko'rinishiga qarab hosil qilinadi), u bilan mulokotda bo'lgandan keyin uzgaradi. Mana shu urinda «Kiyimiga qarab kutib olishadi, aqliga qarab kuzatishadi» degan maqolning hissiy bilish bilan akl o'rtasidagi o'zaro munosabatni, farqni yahshi ifoda qilishini ta'kidlash lozim. YUqorida qayd etib o'tilgan holatlar bilishda tafakkurga bo'lgan eqtiyojni, uning moqiyatini, bilishda tutgan o'rnini chukur anglashga yordam beradi.
Predmet va hodisalarning moqiyatini tushunishga tafakkur yordamida erishiladi. Tafakkur bilishning yuqori-racional (lotincha ratio-akl) bilish bosqichi bo'lib, unda predmet va hodisalarning umumiy, muhim hususiyatlari aniklanadi, ular o'rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, ya'ni qonuniy boqlanishlar aks ettiriladi.Tafakkur quyidagi asosiy hususiyatlarga ega:
1) Unda voqelik abstraktlashgan va umumlashgan qolda in'ikos qilinadi. Hissiy bilishdan farqli ularok., tafakkur bizga predmetning nomuhim, ikkinchi darajali (bu odatda bilish oldida turgan vazifa bilan belgilanadi) belgilaridan abstraklashgan (fikran chetlashgan, mavhumlashgan) qolda, e'tiborimizni uning umumiy, muhim, takrorlanib turuvchi hususiyatlariga va munosabatlariga karatishimizga imkon beradi. Hususan, turli kishilarga hos nndividual belgilarni (hulk-atvor, temperament, kizikish va shu kabilardagi) e'tibordan chetda qoldirgan qolda, ular uchun umumiy, muhim belgilarni, masalan, maqsadga muvofiq. qolda mehnat qilish, ongga ega bulish, ijtimoiy munosabatlarga kirishish kabi hislatlarni ajratib olib, «inson»tushunchasini hosil qilish mumkin. 2) Tafakkur borliqni bilvosita aks ettnradi. Unda yangi bilimlar tajribaga qar safar bevosita murojaat etmasdan, mavjud bilimlarga tayangan qolda hosil qilinadi. Fikrlash bunda predmet va hodisalar o'rtasidagi aloqadorlikka asoslanadi. 3) Tafakkur insonning ijodiy faoliyatidan iborat. Unda bilish jarayoni borliqda real analogiga ega bo'lmagan narsalar-yuqori darajada ideallashgan ob'ektlarii (masalan absolyut kattik jism, ideal gaz kabi tushunchalar) ni yaratish, turli hil formal sistemalarni kurish bilan kechadi.Ular yordamida predmet va hodisalarning eng murakkab hususiyatlarini o'rganish, hodisalarni oldindan kurish, bashoratlar qilish imkoniyati vujudga keladi.
4) Tafakkur til bilan uzviy aloqada mavjud. Fikr ideal hodisadir.U faqat tilda-moddiy hodisada (tovush tulkinlarida, grafik chiziklarda) reallashadi, boshqa kishilar bevosita kabul kila oladigan, his etadigan shaklga kiradi va odamlarning o'zaro fikr almashish vositasiga aylanadi. Boshqacha aytganda, til fikrning bevosita voqe bo'lish shaklidir.

2. masala. Tafakkurning asosiy shakllari.


Tafakkur uch hil shaklda: tushuncha, hukm (mulohaza) va hulosa chiqarish shaklida mavjud.


Tafakkur shakli fikrning mazmunini tashkil etuvchi elementlarning boqlanish usuli, uning strukturasi (tuzilishi) dir. Fikrlash elementlari deganda, predmetning fikrda ifoda qilingan belgilari qaqidagi ahborotlar tushuniladi. Tafakkur shaklining tabiatini konkret misollar yordamida ko'rib chihamiz.
Ma'lumki, ayrim predmetlar, ularning sinfi (to'plami) kishilar tafakkurida turli hil mazmunga ega bo'lgan tushunchalarda aks ettiriladi. Masalan, «davlat» tushunchasida uzining maydoniga, aholisiga, boshqaruv vositalariga ega bo'lgan siyo­siy tashkilot aks ettiriladi. «Ilmiy nazariya» tushunchasida esa, predmetlarning birorta soqasiga oid bo'lgan va ular qaqida yahlit tasavvur beradigan, ma'lum bir metod yordamida kurilgan tushunchalar sistemasi ifoda etilgan. Mazmun jiqatdan turli hil bo'lgan bu tushunchalar mantiqiy shakliga ko'ra bir hildir: qar ikkalasida predmet uning muhim belgila­ri orqali fikr qilingan. «uz maydoniga egaligi», «aholisining mavjudligi», «boshqaruv vositalariga egaligi», «siyosiy tashkilotdan iboratligi» davlatning muhim hususyatlari hisoblanadi. Huddi shuningdek, «predmetlarning birorta soqasiga aloqadorligi», «predmet qaqida yahlit tasavvur hosil qilishga imkoniyat berishi», «ma'lum bir metod yordamida kurilishi», «tushunchalar sistemasi shaklida bo'lishi» ilmiy nazariyaning muhim belgilari hisoblanadi. Agar tushuncha aks ettirayotgan predmetni A bilan, unda fikr qilinayotgan muhim belgilarni, ya'ni fikrlash elementlarini a, v, s,..., p bilan belgilasak, tushunchaning mantiqiy strukturasini A (a, v, s,..., p) shaklida simvolik tarzda ifodalash mumkin. hukmlarda predmet bilan uning hossasi, predmetlar o'rtasidagi munosabatlar, predmetning mavjud bulish yoki bulmaslik fakti qaqidagi fikrlar tasdiq yoki inkor shaklda ifoda etiladi. Masalan «Temir-metall» degan hukmda predmet (temir) bilan uning hossasi (metall ekanligi) o'rtasidagi munosabat qayd etilgan. «Ahloq hukukdan ilgari paydo bo'lgan» degan hukmda ikkita predmet (ahloq va hukuk) o'rtasidagi munosabat qayd etilgan. Mazmun jiqatdan turli hil bo'lgan bu hukmlar tuzilishiga ko'ra bir hildir: ularda predmet qaqidagi tushuncha (S) bilan predmet belgisi qaqidagi tushuncha (R) o'rtasidagi munosabat kayl etilgan, ya'ni R ning Sga hosligi tasdiqlangan. Umumiy qolda hukmning mantiqiy strukturasini (shaklini) S-P formulasi yordamida ifoda etish mumkin.
Hulosa chiqarishda ham yuqoridagiga o'hshash hollarni kuzatish mumkin. Masalan,
Daraht - o'simlik
Terak - daraht
Terak - o'simlik
va
qar bir himyaviy element uz atom oqirligiga ega
Mis - himiyaviy element
Mis uz atom oqirligiga ega
hulosa chiqarish ko'rinishlari mazmuni bo'yicha turlicha bo'lishiga qaramasdan, bir hil mantiqiy strukturaga ega. qar ikkalasida hulosani tashkil etuvchi tushunchalar hulosa chiqarish uchun asos bo'lib hizmat qilayotgan hukmlarda uchinchi bir tushuncha (birinchi misolda-«daraht», ikkinchi misolda - «himiyaviy element» tushunchasi) orqali boqlangan.
YUqoridagi keltirilgan misollardan tafakkur shaklining fikrning konkret mazmunidan nisbatan mustaqil qolda mav­jud bo'lishi va, demak, o'ziga hos qonuniyatlarga egaligi ma'lum buldi. Shuning uchun ham mantiqda uni aloqida o'rganish predmeti sifatida olib qarash mumkin.
Tushuncha, hukm (mulohaza) va hulosa chiqarish tafakko'rning universal shakllari, uning asosiy strukturaviy elementlari hisoblanadi. Muqokama yuritish ana shular va ularning o'zaro aloqalarga kirishishi natijasida vujudga keladigan boshqa mantiqiy strukturalar (masalan, muammo, gipoteza, nazariya, qoya argumentlash va shu kabilar) da amalga oshadi.
Muqokama yuritishda ishonchli natijalarga erishishning zaruriy shartlari katoriga fikrning chin bo'lishi va formal jiqatdan to'qri kurilishi kiradi. Chin fikr deb, uzi ifoda qilayotgan predmetga muvofiq keluvchi fikr hisoblanadi (Ma­salan, «Temir-metall»). Hato fikr predmetga mos kelmaydigan fikrdir (masalan, «Temir-metall emas»). Fikrning chin yoki hato bo'lishi uning mazmuniga tegishli hususiyatlaridir.
Fikrning chin bo'lishi mantiqiy fikr yuritishning zaruriy sharti bo'lsada, o'z holicha etarli emas. Fikr muqokama yuritish jarayonida formal jiqatdan to'qri kurilgan ham bo'lishi kerak. Bu hususiyat fikrning shakliga taalluqli bo'lib, tafakkurda hosil bo'ladigan turli hil mantiqiy strukturalarda, sodir bo'ladigan qar hil mantiqiy amallarda o'z aksini topadi.
Tafakkur kup kirrali jarayon bo'lib, uni turli hil tomonidan, hususan, mazmuni va shakli (strukturasi) bo'yicha, tayyor holida yoki kelib chikishi va taraqqiyotida olib o'rganish mumkin. Bularning barchasi mantiq ilmining vazifasini tashkil etadi, uning turlicha metodlardan foydalanishiga, qar hil yunalishlarga ajralishiga sabab bo'ladi.
Keng ma'noda mantkni tafakkur shakllari va qonunlarini o'rganuvchi fan deb atash mumkin. Hozirgi paytda uning formal mantiq, dialektik mantiq va matematik mantiq kabi yunalishlarini farqqilish mumkin. Formal mantiq, tafakko'rning strukturasini fikrning konkret mazmuni va taraqqiyotidan chetlashgan qolda, nisbatan mustaqil ravishda olib urganadi. Uning dikkat markazida muqokamani to'qri kurish bilan boqliqqoidalar va mantiqiy amallar yotadi.
Formal mantiqga to'qri tafakkur shakllari va qonunlarini o'rganuvchi falsafiy fan, deb ta'rif berish mumkin.
Dialektik mantiq, formal mantiqdan farqli ularok, tafakko'rni uning mazmuni va shakli birligida hamda taraqqiyotida olib urganadi. Matematik mantiq esa tafakko'rni matematik metodlar yordamida tadkik etadi. U hozirgi zamon matematikasining muhim yunalishlaridan biri bo'lib, tafakko'rni mantiqiy hisoblash deb ataladigan yuqori darajada abstraktlashgan va formallashgan sistemada tahlil qiladi.
Biz urganadigan fan formal mantiq bo'lib, u hozirgi paytda uzining mahsus formallashgan tiliga, to'qri muqokama yuritish uchun zarur bo'lgan samarali mantiqiy metodlari va usullariga, konceptual vositalariga ega. Tafakko'rni o'rganuvchi boshqa fanlar, hususan falsafa, psihologiya, fiziologiya bilan hamkorlik qiladi hamda ilmiy bilimlar sistemasida uzining munosib o'rniga ega. Ayniksa, uning bilish metodi sifatidagi ahamiyati katta.
Tafakkur shakllari va qonunlarini o'rganish, ulardan ongli ravishda foydalanish fikrlash madaniyatini ustiradi, hususan, fikrni to'qri kurish malakasini rivojlantiradi; bahs yuritishda uzining va boshqalarning fikriga tankidiy munosabatda bo'lishiga, suhbatdoshining mulohazalaridagi hatolarni ochib tashlashga yordam beradi. Muqokamani to'qri kurishga, formal ziddiyatlar, hatolarga yul kuymaslikka erishish, aytish mumkinki, o'ziga hos san'at-mantiq san'ati hisoblanadi. Bu san'atning nazariy asoslarini chukur egallagan kishigina uning imkoniyatlarini amaliy muqokama yuritishda namoyish kila oladi. Uning ta'lim sohasidagi vazifalari ham jiddiydir. Ukuv jarayonining samaradorligi ma'lum bir darajada ishlatiladigan tushunchalarning, terminlarning anik bo'lishiga, muammolarning mantiqan to'qri kuyilishi va hal kilinishiga, mavjud gipotezalar strukturasini to'qri tahlil kila olishga, argumentlash qoidalaridan to'qri foydalanishga boqliq.
Fan uchun formal mantiq murakkab muammolarni echish vositasini beradi. Bunday vositalar, odatda, ilmiy nazariyaning strukturasini o'rganishda, unda ishlatiladigan formalizmning moqiyatini tushuntirib berishda, formal ziddiyatlar bo'lsa, ularni aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
3-masala. Olamdagi narsa va hodisalar qarakati o'ziga hos ichki qonunlar asosida yuzaga keladi. Bu qarakatning inson ongidagi in'ikosi, ya'ni tafakkur jarayoni ham o'ziga hos ob'ektiv qonuniyatlar asosida amalga oshadi.
Falsafada qonun tushunchasi narsa va hodisalarning muhim zaruriy, umumiy, nisbiy barkaror munosabatlarini ifodalaydi. Formal mantiqda ilmida qonun tushunchasi fikrlash elementlari o'rtasidagi ichki, muhim, zaruriy aloqadorlikni ifodalaydi.
Mantiqiy tafakkur ikki turdagi qonunlarga buysunadi. Ular dialektika qonunlari va formallashgan mantiqqonunlaridir. Dialektika qonunlari ob'ektiv olam va bilish jarayoniga hos bo'lgan eng umumiy qonunlar bo'lib, dialektik mantiq ilmining o'rganish sohasi hisoblanadi. Formallashgan mantiqqonunlari esa, faqat tafakkurdagina amal qiladi. Dia­lektika qonunlari mantiqiy tafakko'rni uning mazmuni va shakli birligida olib urgansa, formal mantiqqonunlari esa, fikrning to'qri tuzilishini, uning anik, izchil, ziddiyatsiz va asoslangan bo'lishini e'tiborga olgan qolda urganadi.
Formal mantiqqonunlari (yoki tafakkur qonunlari) deyilganda fikrlashga hos muhim, zururiy boqlanishlar tushuniladi. Tafakkur qonunlari ob'ektiv voqelikning inson miyasida uzoq, vaqt davomida aks etishi natijasida vujudga kelgan va shakllangan.
Bu qonunlar fikrlashning to'qri amalga oshishini ta'minlab turadi. Ular tafakkur shakllari bo'lgan tushunchalar, mulohazalar (hukmlar) hamda hulosa chiqarishning shakllanishi va o'zaro aloqalarini ifodalaydi.
Tafakkur qonunlari yuzaki karaganda sub'ektiv qonunlardek bo'lib tuyulsa ham, aslini olganda, ob'ektiv mazmunga egadir. Bu qonunlar hamma kishilarning fikr yuritishida bir hil amal kiluvchi umuminsoniy qonunlardir. Ularni buzish, almashtirish, uzgartirish, yangilash mumkin emas. Tafakkur qonunlariga amal qilish to'qri, tushunarli, anik iz­chil, ziddiyatsiz, asoslangan fikr yuritishga imkon beradi. Aniklik, izchillik, ziddiyatlardan holi bulish va isbotlilik (asoslanganlik) to'qri tafakkurlashning asosiy belgilaridir. Inson tafakkuriga hos bo'lgan muhim hislatlardan biri fikrning anik bo'lishidir. Ma'lumki, ob'ektiv voqelikdagi qar bir buyum, hodisa o'ziga hos belgi va hususiyatlarga ega. Bu belgi va hususiyatlar buyum va hodisalarni bir-biridan farqlashga, ularning o'ziga hos tomonlarini aniqlashga yordam beradi. Bu esa, uz navbatida, buyum va hodisalarning inson, tafakkurida anik aks etishini, qar birfikr, mulohazaning anik, ravshan ifodalanishini ta'minlaydi. Fikrning noanikligi fikrdagi mantiqning sayozlashuviga, mantiqsizlikka olib keladi. Masalan, ob'ektiv va sub'ektiv sabab ,tushunchalarining moqiyatini aniqlab olmasdan birorta hodisaning kelib chikish sabablari to'qrisida anik fikr yuritib bo'lmaydi. Shu sababdan fikrdagi aniklik to'qri, tafakkurlashning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi.
Ob'ektiv voqelikdagi buyum va hodisaning joylashishi, o'zaro munosabati va boqlanishida muayyan tartib, izchillik, ketma-ketlik mavjuddir. Buyum va hodisalarning bu hususiyatlari fikrlash jarayonining izchil amalga oshishida uz ifodasini topgan. Tafakkurga hos bo'lgan izchillik belgisi qar bir fikr­ning muayyan tartibda o'zaro boqlangan qolda bayon etilishini talab qiladi. Fikrdagi izchillikning buzilishi, fikr ma'nosining uzgarishiga olib keladi va bunday fikrni tushunib olish kiyinlashadi. Masalan, birorta faylasuf - mutafakkirning umumfalsafiy qarashlarini urganmasdan turib, uning ijtimoiy yoki ahloqiy ta'limotining moqiyatini tulik tushunib bo'lmaydi.
Tafakkurga hos bo'lgan belgilardan yana biri fikrlash jarayonning ziddiyatsizlik hususiyatiga ega bulishligidir. Bu belgi ham ob'ektiv asosga ega. Ma'lumki, ob'ektiv voqelikda qar bir buyum yoki hodisa bir vaqtning o'zida biror sifatiga ko'ra ikki zid belgiga ega bo'lmaydi. Masalan, biror buyum bir vaqtning o'zida ham bor, ham yuk. bula olmaydi yoki inson ham e'tiqodli, ham e'tiqodsiz bula olmaydi. Fikrda mantiqiy ziddiyatlarning mavjud bo'lishi uning noanik, chalkash, tushunarsiz bo'lishiga olib keladi.
Buyum va hodisalar o'rtasidagi sababiy boqlanishlar tafakkurga hos bo'lgan asoslilik belgisining ob'ektiv negizidir. Inson fikr yuritish jarayonida iloji boricha chinligi asoslangan mulohazalarni bayon qilishga intiladi.
Demak mantiqqonunlari deb fikrlar o'rtasidagi shunday aloqaga aytamizki, bunda mantiqiy uzgarishlarni qar qanday konkret fikr mazmuni Bilan kanchalik almashtirsak ham to'qri muqokama hosil bulaveradi. Formal mantiqda qoida va qonunlar kup. Biz bulardan turttasini mantiqning asosiy qonuni deb ataymiz. Bular: ayniyat qonuni , nozidlik qonuni, uchinchisi mustasno qonuni,etarli asos qonuni.

Ayniyat qonuni


Biror buyum yoki hodisa qaqida fikr yuritilganda ularga hos bo'lgan barcha muhim belgilar, tomonlar kamrab olinadi. Pred­met qaqidagi fikr necha marta va qanday holatlarda takrorlanishiga qaramasdan doimiy, uzgarmas va kat'iy mazmunga ega bo'ladi. Tafakkurga hos bo'lgan bu aniklik hususiyati ayniyat qonunining moqiyatini tashkil etadi.
Ayniyat qonuniga ko'ra ma'lum bir predmet yoki hodisa qaqida aytilgan ayni bir fikr ayni bir muqokama doirasida ayni bir vaqtda uz-o'ziga tengdir. Bu qonun formal mantiq, ilmida « A-A dir» formulasi bilan ifodalanadi.
Ayniyat qonunining asosiy talabi quyidagicha: fikrlash ja­rayonida turli fikrlarni aynanlashtirish va aksincha, o'zaro aynan bo'lgan fikrlarga teng emas, deb qarash mumkin emas. Bu mantiqiy tafakko'rning muhim shartlaridan biridir. Fikrlash jarayonida bu qonunni, bilib yoki bilmasdan, buzish holatlari uchraydi. Ba'zan, bu holat bir fikrning tilda turli hil ifodalanishi bilan boqliq bo'ladi. Masalan: «dialektika qonunlari» va «tabiat, jamiyat va inson tafakkurining eng umumiy qonunlari» tushunchalari shakliga ko'ra turlicha bo'lsa ham mazmunan aynandir. Tilda mavjud bo'lgan omonim va sinonim so'zlarning kullanishi ham baьzan turli fikrlarning o'zaro aynanlashtirilishiga, ya'ni noto'qri muqokamaga olib keladi. Masalan: falsafiy nuktai nazardan «sifat» tushunchasi, o'ziga hos mazmunga ega bo'lsa, biror hunarmand tomonidan bu tushuncha, boshqa mazmunda (yarokli, foydali) qo'llaniladi.
Shuningdek u, bir tushunchaga kasb-hunari, qayotiy tajribasi va dunyoqarashi turli hil bo'lgan shahslar tomonidan turli mazmun yuklatilishida ham namoyon bo'ladi.
Bahs-munozara jarayonida qandayqilib bo'lsa ham rakibni aldash va yutib chikish maqsadida ayniyat qonunining talablarini ataylab buzuvchilar sofistlar deb ataladi; ularning ta'limoti esa sofistika deyiladi.
Shuningdek, uzbek halkiga hos bo'lgan askiya san'atida ayniyat qonunlari ataylab buzilishini, tushunchalarning uz ma'nosida emas, balki kuchma ma'nolarda kullanilishini kuzatish mumkin. Bu o'ziga hos so'z uyini bo'lib, unda qo'llaniladigan nozik kochirimlar askiya aytuvchining mahoratini kursatadi va tinglovchilarning kulgusiga sabab bo'ladi.
Demak, qayotda, amaliyotda tushunchaning turli ma'nolarda kullanilishidan garazli yoki begaraz, yahshi yoki yomon maqsadlar uchun foydalanish mumkinligini ko'ramiz.
Ayniyat qonuni tafakkurga, uning barcha elementlari, shakllariga hos bo'lgan umumiy mantiqiy qonundir. Bu qonunning talablari tafakko'rning qar bir shakliga hos bo'lgan konkret qoidalarda anik ifodalanadi. Tafakko'rning tushuncha, mulohaza (hukm), hulosa chiqarish shakllari, ular o'rtasidagi munosabatlar shu qonunga asoslangan qolda amalga oshadi.
Nozidlik qonuni
Inson tafakkuri anik, ravshan bo'libgina kolmasdan, ziddiyatsiz bo'lishi ham zarur. Zidiyatsizlik inson tafakkuriga hos bo'lgan eng muhim hislatlardan biridir. Ma'lumki, ob'ektiv voqelikdagi buyum va hodisalar bir vaqtda, bir hil sharoitda biror hususiyatga ham ega bo'lishi, ham ega bulmasligi mumkin emas. Masalan, bir vaqtning o'zida, qar hil sharoitda inson ham ahloqli, ham ahloqsiz bo'lishi mumkin emas. U yo ahloqli, yo ahloqsiz bo'ladi.
Bir vaqtning o'zida bir predmetga ikki zid hususiyatning taalluqli bulmasligi tafakkurda nozidlik qonuni sifatida shakllanib kolgan. Bu qonun fikrlash jarayonida ziddiyatga yul kuymaslikni talab kuyiladi va tafakko'rning ziddiyatsiz hamda izchil bo'lishini ta'minlaydi.
Nozidlik qonuni ayni bir predmet yoki hodisa qaqida aytilgan ikki o'zaro bir-birini istisno kiluvchi (qarama-qarshiyoki zid) fikr bir vaqtda va bir hil nisbatda birdaniga chin bo'lishi mumkin emaslngini, Hech bo'lmaganda ulardan biri albatta hato bo'lishini ifodalaydi. Bu qonun «A ham V, ham V emas bula olmaydi» formulasi orqali beriladi. Nozidlik qonuni qarama-qarshiva zid mulohazalarga nisbatan qo'llaniladi. Bunda qarama-qarshimulohazalarning qar ikkalasi ham bir vaqtda hato bo'lishi mumkin o'zaro zid mulohazalar esa bir vaqtda hato bo'lmaydi, ulardan biri hato bo'lsa, ikkinchisi albatta chin bo'ladi. qarama-qarshimulohazalarda esa bunday bo'lmaydi, ya'ni ulardan birining hatoligidan ikkinchisining chinligi kelib chikmaydi. Masalan: «Aristotelь-mantiq fanining asoschisi» va «Aristotelь-mantiq fanining asoschisi emas»-bu o'zaro zid mulohazalardir. Bu zid mulohazalarning qar ikkalasi bir vaqtda hato bo'lmaydi. Ulardan birinchisi chin bo'lgani uchun, ikkinchisi hato bo'ladi. O'zaro qarama-qarshibo'lgan «Bu dori shirin» va «Bu dori achchiq» mulohazalarining esa ikkalasi bir vaqtda, bir hil nis­batda hato bo'lishi mumkin. Chunki dori shirin ham, achchiqham bo'lmasligi, balki bemaza yoki nordon bo'lishi mumkin.
Ba'zida ikki qarama-qarshi fikr aytilganda mantiqiy ziddiyat bo'lmasligi mumkin. Bunda bir masala yuzasidan bayon qilingan qarama-qarshifikrlar turli vaqtda va turli nisbat­da aytilgan bo'ladi. Masalan: Talaba A. mantiq fanidan imtihon topshirmadi» va «Talaba A. mantiq fanidan imtihon topshirdi». Bu zid mulohazalar turli vaqtga nisbatan chin bo'ladi, ya'ni ular o'rtasida ziddiyat bo'lmaydi.
Demak, fikrlash jarayonida, vaqt, munosabat va ob'ekt birligining saklanishi nozidlik qonunining amal qilishi uchun zaruriy shart-sharoit hisoblanadi. Nozidlik qonuni to'qri fikr yuritish jarayonida amal qiladi.
Mantiq ilmi umuman qar qanday zid mulohazalarni ta'kiklamaydi, balki bir masala yuzasidan bir hil vaqt va munosabat doirasida o'zaro zid, qarama-qarshimulohazalarni bayon qilish mumkin emasligini ta'kidlaydi.
Formal mantiq dialektik ziddiyatlar bilan mantiqiy ziddiyatlarni chalkashtirib yuborishni koralaydi. Mantiqiy tafakkurdagi ziddiyat bilan real haet ziddiyatlarini, ya'ni dialektik ziddiyatni bir-biridan farqlash, ularni almashtirib yubormaslik zarur. Chun­ki bulardan birinchisi tafakkurda yul kuyib bo'maydigan ziddiyat bo'lsa, ikkinchisi buyum, hodisalar taraqqiyotining ichki manbaini tashkil qiladigan dialektik ziddiyatdir. Birinchisi sub'ektov, ikkinchisi ob'ektiv ziddiyatdir.
Noziddlik qonunini bilish va unga amal qilish rakibning, suhbatdoshning fikrlaridagi mantiqsizlikni aniqlash, ilmiy tahlilni izchil va chukur mantiqiy asosda olib borish imkonini beradi
Istisno qonuni

Uchinchi istisno qonuni nozidlik qonunining mantiqiy davomi bo'lib, fikrning tulik mazmunini kamrab olib bayon qilingan ikki zad fikrdan birn chin, boshqasi hato, uchinchisiga urin yuk ekanligini ifodalaydi. Bu qonun «A V eki V emasdir» formulasi orqali beriladi. Uchinchisi istisno qonuni tushunchalar o'rtasidagi zid munosabatlarni ifodalaydi. Agarda zid munosabatlar tushunchaning tulik, mazmunini kamrab olmasa, ikki zid belgidan boshqa belgilarning ham mavjudligi ma'lum bo'lsa, unda uchinchisi is­tisno qonuni amal kilmaydi. Masalan,


Talaba imtihonda «a'lo» baho oldi. Talaba imtihonda «ikki» baho oldi.
Bu mulohazalar munosabatida nozidlik qonuni amal qiladi. Chunki bu mulohazalarning qar ikkisi ham hato bo'lishi va talaba imtihonda «o'rta» yoki «yahshi» baho olishi mumkin.
Agar, «Talaba imtihonda «a'lo» baho oldi» va «Talaba im­tihonda «a'lo» baho olmadi», mulohazalarni tahlil qilsak, unda bu mulohazalardan biri chin, boshqasi hato, uchinchisiga urin yuk ekanligi ma'lum bo'ladi. Chunki «yahshi», «o'rta» va «ikki» baholar-»a'lo» baho emas.
Uchinchisi istisno qonuni quyidagi holatlarda qo'llaniladi:
1. Aloqida olingan yakka buyumga nisbatan bir hil vaqt va munosabat doirasida o'zaro zid fikr bildirilganda.Masalan,
Toshkent-O'zbekistonning poytahti.
Toshkent-O'zbekistonning poytahti emas.
Bu mulohazalar birgalikda chin ham, hato ham bula olmaydi. Ulardan biri chin, ikkinchisi hato, uchinchi mulohazaga urin yuk. Uchinchisi istisno qonuni o'zaro zid umumiy mulohazalar doirasida amal kilmaydi. Chunki umumiy mulohazalarda buyumlar sinfiga va shu sinfga mansub qar bir buyumga nisbatan fikr bildiriladi.
Masalan, hamma faylasuflar notikdir.
Hech bir faylasuf notik, emas.
Bu mulohazalardan, birining hatoligidan ikkinchisining chinligi qaqida hulosa chiqarib bo'lmaydi. Bunday holatda «Ba'zi fayla­suflar notikdir» degan uchinchi bir mulohaza chin hisoblanadi.
2. Son va sifatiga ko'ra o'zaro zid mulohazalar bayon qilinganda, buyum va hodisalarning sinfi qaqida tasdiqlab ba­yon qilingan mulohaza bilan shu sinf buyum va hodisalarining bir kismi qaqida inkor etib bayon qilingan mulohazalardan bi­ri chin, ikkinchisi hato, uchinchisiga urin bo'lmaydi.
Masalan:
hamma faylasuflar tabiyotshunosdir.
Ba'zi faylasuflar tabiyotshunos emas.
Bu ikki mulohaza bir vaqtda chin ham, hato ham bula olmay­di. Ulardan biri (Ba'zi faylasuflar tabiyotshunos emas) albatta chin, ikkinchisi hato, uchinchi mulohazaga urin yuk.
Demak, Uchinchisi istisno qonuni:
1. Ikki zid yakka mulohazalarga nisbatan;
2. Umumiy tasdiq va juz'iy inkor mulohazalarga nisbatan;
3. Umumiy inkor va juz'iy tasdiq mulohazalarga nisba­tan qo'llaniladi. :
Uchinchisi istisno qonunining amal qilishi uchun olingan zid munosabatlarni ifodalovchi mulohazalardan biri tasdiq, ikkinchisi inkor bo'lishi yoki tushunchalardan biri ijobiy va boshqasi salbiy bo'lishi shart emas. Olingan ikki tushuncha yoki mulohazaning bir-birini hajm jiqatdan tulik inkor etishi kifoya. Masalan, epkak va ayol tushunchalarining qar ikkisi ijobiy bo'lib, inson tushunchasining tulik mazmunini kamrab oluvchi zid belgilarni ifodalaydi.
Uchinchisi istisno qonunida ham, nozidlik qonunidagi kabi vaqt, munosabat, ob'ekt aynanligiga rioya etish shart, aks qolda bu qonun uz kuchini yukotadi, fikrning izchilligiga zarar etadi va mantiqsizlikka yo'l kuyiladi.
Uchinchisi istisno qonunini bilish muqokama yuritishda to'qri hulosa chiqarish uchun muhim bo'lib, o'zaro zid qarashlarni aralashtirib yuborishga yul ko'ymaydi.
Еtarli asos qonuni
To'qri fikrlashga hos bo'lgan muhim hususiyatlardan biri isbotlilik, ishonchlilikdir. Fikrlash jarayonida buyum va hodisalar qaqida chin muqokama yuritibgina kolmasdan, bu muqokamaning chinligiga hech qanday shubha bulmasligi uchun, uni isbotlashga, asoslashga qarakat qilinadi. Bunda chinligi avvaldan ma'lum bo'lgan va o'zaro mantiqiy boqlangan mu-lohazalarga asoslaniladi, ya'ni bayon qilingan fikrning chinligi avvaldan ma'lum bo'lgan, tasdiqlangan boshqa bir fikr, mulohaza bilan taqqoslanadi. Tafakko'rning bu hususiyati etar­li asos qonuni orqali ifodalanadi.
Inson tafakkuriga hos bo'lgan bu qonunni birinchi marta nemis faylasufi va matematigi G Leybnic ta'riflab bergan. Uning ta'kidlashicha, barcha mavjud, narsalar uzining mavjudligi uchun etarli asosga ega. qar bir buyum va hodisaning real asosi bo'lgani kabi, ulariing in'ikosi bo'lgan fikr-mulohazalar ham asoslangan bo'lishi kerak. Еtarli asos qonunining bu talabi quyidagi formula orqali ifodalanadi: «Agar V mavjud bo'lsa, uning asosiy sifatida A ham mavjud».
Еtarli asos qonunida to'qri tafakko'rning eng myxim hususiyatlaridan biri bo'lgan fikrlarning izchillik bilan muayyan tartibda boglanib kelish hususiyati ifodalanadi. Bu qonun avvalgi ko'rib utilgan qonunlar bilan o'zaro boqliqqolda amal qiladi, Fikrlash jarayonida berilgan mulohazaning chinligini asoslash uchun keltirilgan chin mulohazalar mantiqiy asos deb, berilgan mulohazaning uzi esa mantiqiy natija deb yuritiladi.
Mantiqiy asos bilan ob'ektiv, xakikiy real asosni ara­lashtirib yuborish mumkin emas. Asos va natija orasidagi mantiqiy boqliqlikni sabab va okibat aloqadorligidan farqlash zarur. Masalan, «Bu kishi bemor» degan mulohazani «U shifohonada davolanayapti» degan fikr bilan asoslash mumkin. Aslida shifohonada davolanish dastlabki mulohazaning sababi emas balki okibatidir. Ko'rinib turibdiki, mantiqiy asos hamma vaqt ham hodisaning sababi bilan mos kelmaydi. Fikrlarning etarli asosga ega bulishligining ob'ektiv manbai faqat sabab-okibat munosabatinigina emas, shuningdek, fikrning izchilligi, asoslanganligini, isbotlangan bulish hususiyatlarini ham, ya'ni ob'ektiv mazmuni sabab-okibat munosabatlaridan tashkarida bo'lgan boshqa munosabatlarni ham uz ichiga oladi.
Fikr - mulohazalarni asoslash murakkab mantiqiy jaren bo'lib, unda bir yoki undan ortik o'zaro boqlangan muqokamalar sistemasidan foydalaniladi. Keng ma'noda biror mulohazani asoslash deganda, shu mulohazaning chinligini tasdiqlovchi ishonchli va etarli dalillarning mavjudligini aniqlash tushuniladi. Bu ishonchli va etarli dalillarni shartli ravishda ikki guruhga: empirik va nazariy asoslarga bulish mumkin. Bulardan birinchisi asosan hissiy bilish tajribaga asoslansa, ikkinchisi akliy bilish, tafakkurga tayanadi. Empirik va nazariy bilimlarning chegarasi nisbiy bo'lgani kabi, empirik va naza­riy asoslar o'rtasidagi farqham nisbiydir.
Insonning shahsiy tajribasi makon va zamonda chegaralangan bo'lib, sezgilari bergan ma'lumot esa hamma vaqt ham to'qri bo'lmaydi. Shunga qaramasdan, mulohazalarni empirik asoslash­ning ahamiyati katta, chunki bilish jonli hissiy mushohadadan, bevosita kuzatishdan boshlanadi. Hissiy tajriba insonni tashqi olam bilan boglab turadi. Nazariy bilim esa empirik bazisning ustkurmasi hisoblanadi.
Nazariy asoslashda keng foydalaniladigan usul-deduktiv hulosa chiqarish usuli, ya'ni umumiy chin mulohazalarga tayanib fikr yuritishdir. Berilgan mulohazani mantiqiy usul orqali boshqa chin mulohazalar yordamida asoslash mumkin bo'lsa, unda berilgan mulohaza chin, ya'ni asoslangan bo'ladi. Bunda fikrlar o'rtasidagi boqlanish umumiylik, hususiylik va yakkalik o'rtasidagi o'zaro borliqlikni ifodalaydi. Masalan, to'gri tafakkur qonunlarining ob'ektiv qarakterga ekanligini, barcha ilmiy qonunlarning ob'ektiv qarakterta ega ekanligi qaqidagi umumiy chin mulohaza yordamida asoslash mumkin.
Umumiy chin mulohazalar sifatida fanlarning qonun-qoidalaridan, tushunchalarning ta'riflaridan, shuningdek aksiomalardan foydalaniladi. Bularning barchasi nazariy asoslashning racional yoki demonstrativ usullari bo'lib, ular umumilmiy ahamiyatga ega bo'lgan isbotlash metodlarining asosini tashkil etadi.
Shuningdek, asoslashning sub'ektiv qarakterda bo'lgan va bevosita tajriba natijalariga yoki nazariy fikr yuritishga taalluqli bo'lmagan usullari mavjuddir. Intuiciyaga, e'tiqodga, avtoritetlarga va urf-odatlarga asoslanish shunday usullar jumlasiga kiradi. Bu usullardan ko'proq kundalik ong darajasida foydalanildi.
Shunday qilib, to'qri tafakko'rning yuqorida ko'rib utilgan qonunlarining qar biri chin bilimga erishish uchun hizmat qiladi. Bu qonunlar tafakkur jarayonida aloqida-aloqida yoki birin-ketin emas, balki : bir vaqtda, birgalikda fikrlar boqlanishining qarakteriga qarab amal qiladi. Ayniyat qonuniga ko'ra fikrlash jarayonida qar bir mulohaza kat'iy mazmunga ega bo'lishi, aynan shu fikr doirasida o'zgarmasligi talab qilinadi. Bu talabning buzilishi fikrda mantiqiy ziddiyatlarni keltirib chikaradi. Zid mulohazalarning chin yoki hatoligini aniqlash ularni mantiqiy asoslashni taqozo etadi.
Demak, bu qonunlarning talablari bir-birini tuldirgan qolda, yahlit mantiqiy tafakkurning chin bo'lishini ta'minlaydi.

Mavzuning tayanch tushunchalari:


Mantiq, hissiy bilish, tafakkur, tafakkur shakli, tafak­kur qonuni, to'qri tafakkur, chin fikr, formal mantiq, dialektik mantiq, matematik mantiq. Tafakkur qonuni, to'qri muqokama yuritish principlari, to'qri kurilgan fikr, ayniyat qonuni, nozidlik qonuni, uchinchisi istisno qonuni, etarli asos qonuni, avtoritetlarga asoslanish.


Adabiyotlar
1. Islom Karimov. O`zbekiston buyuk kelajak sari. - T.: «Uzbekistan», 1998.
2. Islom Karimov. Tarihiy hotirasiz kelajak yuk.. «Mulokot», 1998, №5.
3. Islom Karimov. Barkamol avlod-O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. /Islom Karimov. Havfsizlik va barkaror taraqqiyot yulida: T.6-T.: «O'zbekiston», 1998.
4. Islom Karimov. O'zbekiston XXI asrga intilmokda. - T : «O'zbekiston», 1999.
5.Mirziyoyev Sh.M. O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning 5 ta ustuvor yunalishi buyicha Harakatlar stranegiyasi. 07.02.2017
6..Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik o‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent : O‘zbekiston, 2016.
7.Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. 2017 yil 14 yanvar /. – Toshkent : O‘zbekiston, 2017.
8. M. Hayrullaev, M. Hakberdiev. Mantiq., Toshkent. «Ukituvchi» 1993, 1-bob, 4-bob.
9. I. Rahimov. Logikadan amaliy mashgulotlar va metodik tavsiyalar.
2-bob.
Download 31.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling