6- mavzu: mantiq. Ma’ruza rejasi
Download 211.44 Kb.
|
6-мавзу. МАНТИҚ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Isbot
- Mantiqiy isbot
Dalillash (argumentlash) - bu lot. argymentatio – dalil, argument keltirish bo‘lib, qaysidir hukmning haqiqatligini boshqa haqiqiy va u bilan bog‘liq hukmlar yordamida asoslashdan iborat mantiqiy operatsiyadir. Argumentlash tarkibida tezis – mulohaza yoki mulohazalar tizimi hamda dalil yoki argument – tezisni asoslash uchun keltirilgan fikr-mulohazalar bo‘ladi.
“Dalillash” atamasi protsessual huquqda ikki ma’noda ishlatiladi: jinoyat yoki fuqarolik ishining muhim jihatlari haqidagi axborotning tashuvchilari bo‘ladigan faktik holatlarni ifodalash uchun (masalan, ayblanuvchining jabrlanuvchi nomiga bildirgan do‘q-po‘pisasi; jinoyat sodir etilgan joyda qoldirilgan izlar va shu kabilar); ishga tegishli bo‘lgan faktik holatlar haqidagi axborot manbalarini ifodalash uchun (masalan, guvohlarning ko‘rsatmalari, yozma hujjatlar va shu kabilar). Dalillanganlik talabi sudda ishlarning ko‘rib chiqilishidagi bilimga ham qo‘yiladi; agar jinoyat yoki fuqarolik ishi bo‘yicha sud qarori sudda ishning ko‘rib chiqilishi jarayonida ob’ektiv va har tomonlama asoslangan bo‘lsa, unda bunday qaror adolatli hisoblanadi. Dalil dalillash jarayonining turlaridan biridir. Mantiqiy uslublar bilan bir qatorda ishontiruvchi ta’sir ko‘rsatadigan nutqiy, emotsional-psixologik va boshqa nomantiqiy uslublar va usullar qo‘llaniladigan qandaydir hukmlarni asoslaydigan operatsiya dalillash deyiladi. “Dalillash” tushunchasi “dalil” tushunchasiga nisbatan ancha keng (jinsli) tushunchadir. Isbot – biror fikrning to‘g‘riligini amaliy tajribada ilgari chinligi tasdiqlangan boshqa bir to‘g‘ri fikr vositasi bilan asoslab berish. Isbot ikki xil bo‘ladi: 1) moddiy (ashyoviy) va 2) mantiqiy isbot. Moddiy isbot buyum va hodisalarning tabiiy xossa-xususiyatlari asosida ish ko‘radi. U ko‘pincha tabiiy va texnikaviy tadqiqotlarda, sud-meditsina ekspertizasida ishlatiladi. Mantiqiy isbot fikrlar, hukmlar va xulosalar orqali tafakkur qonunlari, qoidalari yordamida isbot qilishdir. U isbotning oliy turidir. Chunki ashyoviy (moddiy) isbot natijalarini tafakkurda umumlashtirish, mantiqiy tahlil qilish ishlari ham mantiqiy isbotni talab qiladi va u orqali amalga oshiriladi. Mantiqiy isbot biror fikr yoki bilimning chinligini boshqa hukmlar, fikrlar va bilimlar yordamida asoslab berishdir. Download 211.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling