6- mavzu: mantiq. Ma’ruza rejasi
Download 211.44 Kb.
|
6-мавзу. МАНТИҚ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faraz (gipoteza)
- Xususiy faraz
- Ishchi faraz
Munozara (diskussiya) deb bahsli masalalarni muhokama qilish va hal etish uchun zarur bo‘lgan usulga aytiladi. Munozara isbot va raddiya, fikr-mulohaza yuritishning mantiqiy qonun-qoidalariga asoslanadi. Shuningdek, munozarani olib borish va unda amal qilinishi lozim bo‘lgan axloqiy qoidalar (etik normalar) ham mavjuddir.
Bahs yuritish san’ati (eristika) o‘ziga xos qonun-qoidalarga amal qilishni talab etadi. Bularga asosan quyidagilar kiradi: – zaruriyatsiz bahslashmaslik; – mavzusiz bahs yuritmaslik va bahs davomida mavzudan chetga chiqmaslik yoki mavzuni o‘zgartirmaslik; – bahs mavzusi yuzasidan o‘zaro zid yoki qarama-qarshi fikrlar bo‘lmasa, bahsni to‘xtatish; – mavzuni yaxshi biladigan, aqlli odamlar bilangina bahslashish; – bahs yuritishda mantiqiy qonun-qoidalarga amal qilish, o‘zining va muxolifining fikrlaridan xulosa chiqara olish, mantiqiy ziddiyatlarni aniqlash va bartaraf etish, asoslar to‘g‘ri bo‘lsa, isbotlashning ham to‘g‘riligini e’tirof etish va h.k.; – bir bahs doirasida bahslashish usullarini aralashtirib yubormaslik. Argumentlashning mantiqiy asoslarini bilish va bahs yuritish qoidalariga amal qilish tafakkur madaniyatini yuqori darajaga ko‘tarish imkonini beradi. Bilishning maqsadi qayd qilingan hodisalarning mohiyatini tushuntirishdan iborat. Buni hamma vaqt ham mavjud tasavvurlar, prinsiplar yordamida amalga oshirib bo‘lmaydi. Bilish jarayonida ma’lum bir ziddiyatlar, birinchi navbatda, mavjud bilimlarimizning erishgan darajasi bilan yangi bilish vazifalarini hal qilish zaruriyati o‘rtasida ziddiyat kelib chiqadi, muammoli vaziyat paydo bo‘ladi. Bunday ziddiyatlar, ayniqsa, kundalik hayotimizda murakkab vazifalarni hal qilishda, fanda esa tub burilishlar davrida yaqqol namoyon bo‘ladi. Masalan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida vujudga keladigan juda ko‘p masalalar ularni yechishga yangicha yondashishni taqozo etadi. Muammoli vaziyat, masalan, tabiatshunoslikda XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida radioaktivlik hodisasining qayd qilinishi, elektronning kashf etilishi, nurlanishning kvant xususiyatga egaligining asoslanishi va shu kabi kashfiyotlar natijasida vujudga kelgan. Uning mohiyatini tabiatshunoslikning, birinchi navbatda, fizikaning mavjud qonunlari va prinsiplarining yangi qayd qilingan hodisalarni tushuntirish uchun yetarli emasligida, deb bilmoq zarur. Shuni ham aytish kerakki, ilmiy bilishda muammoli vaziyatni fan taraqqiyotining ichki ehtiyojlari ham keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, hozirgi paytda fanda sinergetika g‘oyalari va metodlarini tushuntirish, matematikada aksiomatikaning imkoniyatlari va qo‘llanish sohalarini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalarni hal qilish zaruriyati yangi vaziyatni yaratadi. Demak, muammoli vaziyat mavjud ilmiy tasavvurlar bilan qayd qilingan yangi faktlar o‘rtasidagi ziddiyatning paydo bo‘lishi yoki ana shu ilmiy tasavvurlarning o‘zining yetarli darajada tizimga solinmaganligi, yaxlit bir ta’limot sifatida asoslanmaganligi natijasidir. Mana shundan kelib chiqib, muammoli vaziyat bilish taraqqiyotining turli bosqichlari va bo‘g‘inlarida olam hamda uni bilish haqidagi mavjud tasavvurlarni, bilish metodi va vositalarini o‘zgartirishning ob’ektiv zaruriyatidan iborat, deyish mumkin Muammo deb o‘rganilishi va hal qilinishi zarur bo‘lgan nazariy yoki amaliy masalaga aytiladi. Muammo har bir ilmiy nazariya va faraziy fikr uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Faraz (gipoteza) deb hali isbot qilinmagan, taxminiy, ehtimoliy fikrga aytiladi. Faraz analogiya yoki qiyos orqali amalga oshiriladi. Faraz tafakkur shakllaridan biri bo‘lib, tushunchalar, muhokamalar va xulosa chiqarish sistemasidan iboratdir. Faraz orqali olamdagi voqea va hodisalarning xususiyatlari, qonuniyat va sabablari bilib olinadi. Shuning uchun u bilishda katta ahamiyatga ega. Tadqiqotchi tekshirilayotgan hodisalarning o‘xshashligini bundan oldin qonunlari muqarrar bo‘lgan hodisalar bilan aniqlab, taxminiy, ehtimoliy fikrni bayon qiladiki, bunda muayyan aloqadorlik qonuni mavjud bo‘ladi. Bunday faraziy fikrni chiqarish uchun tadqiqotchi to‘plangan ilmiy bilimlarning barchasini aniqlashga harakat qiladi. Masalan, atom tuzilishi to‘g‘risidagi nazariya Quyosh sistemasi sayyoralariga qiyos qilib ishlab chiqilgan edi. Fanda ma’lum bo‘lgan barcha nazariyalar avval boshda farazlar tarzida ilgari surilgan, keyinchalik tajribada tasdiqlanib, nazariya shaklini olgan. Masalan, Darvin ta’limoti, Mendeleevning ximiyaviy elementlar davriy sistemasi shular jumlasidandir. Tadqiq etilayotgan ob’ekti nuqtai nazaridan farazlar ikki xil bo‘ladi: 1) umumiy va 2) xususiy farazlar Umumiy faraz deb ma’lum jinsdagi voqea-hodisalarning xususiyatlari, qonuniyat va sabablari to‘g‘risidagi ehtimoliy fikrlarga aytiladi. Umumiy faraz miqdor jihatidan ko‘p, hajm va ko‘lami keng, katta, jins hodisalarni tekshirishda qo‘llaniladi. Masalan, atom to‘g‘risidagi faraziy fikr, Darvin tomonidan turlarning tabiiy tanlanish asosida vujudga kelganligi to‘g‘risida ilgari surgan g‘oyasi, Kopernikning geliotsentrik farazi, Nyutonning butun olam tortilishi to‘g‘risidagi fikri, Kantning Yer sharining sharsimon gazdan vujudga kelganligi to‘g‘risidagi farazi va boshqalar shular jumlasidandir. Ulardan ko‘pi hozirgi kunda isbotlanib, nazariyalarga aylandi. Xususiy faraz deb konkret, ayrim, yakka fakt va hodisalarga, ularning xossa-xususiyatlariga taalluqli ehtimoliy fikrlarga aytiladi. Xususiy faraz tor, cheklangan doiradagi buyum-hodisalarga tatbiq etiladi. Umumiy va xususiy farazlarni ilgari surish va asoslash jarayoni ishchi faraz orqali amalga oshiriladi. Ishchi faraz deb tadqiqotning dastlabki bosqichida ilgari suriladigan va keyinchalik tekshirilishi lozim bo‘lgan ehtimoliy fikrga aytiladi. Farazlar tajribada tasdiqlangach, ilmiy nazariyaga aylanadi. Download 211.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling