6- mavzu: Mantiq. Tafakkurning qonunlari. Ma’ruza rejasi


Download 231.89 Kb.
bet5/30
Sana21.04.2023
Hajmi231.89 Kb.
#1375253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
MANTIQ.

2-savol bayoni: Fikrlarimiz tuzilishi, qurilishini aniqlash jarayoni formallashtirishdir. Formallashtirish jarayoni tafakkur shakllari va qoidalarini turli ramziy, shartli formulalar, sxemalar va belgilar orqali ifodalashdir. U tafakkurning shakli bilan birgalikda uning mazmunini ham hisobga olishni taqozo qiladi. Shu bois mantiq fanining eng qadimgi va dolzarb sohasi formal mantiq fanidir. Bu fanga antik davrda yunon mutafakkiri Aristotel asos solgan. Mantiq ilmining alohida fan sifatida shakllanishi Arastuning nomi bilan bog‘liqdir. U birinchi bo‘lib mantiq o‘rganadigan masalalar doirasini aniqlab beradi. Arastuninng «Kategoriyalar», «Talqin haqida», «Birinchi Analitika», «Ikkinchi Analitika», «Sofistik raddiyalar haqida», «Topika» nomli asarlari bevosita mantiq masalalariga bag‘ishlangan. Uning «Ritorika», «Poetika» asarlari ham mantiqiy ta’limotining muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. «Metafizika», «Rux haqida» asarlarda esa mantiq masalalari ma’lum darajada bayon qilingan.
Arastu mantiqni «ma’lum bilimlardan noma’lum bilimlarni aniqlovchi», «chin fikrni xato fikrdan ajratuvchi» fan sifatida ta’riflydi. Mantiqning vazifasi chin fikrni, xaqiqatni aniqlashdir, deb ta’kidlaydi.
Mutafakkir xaqiqatning mavjudligini, ob’ektiv harakterini e’tirof etgan xolda, «bilimlarimizning vaqealikka mos kelishi – xaqiqatdir», deb ko‘rsatadi. U haqiqatni aniqlashda nozidlik va uchinchisi istisno qonunlariga amal qilish zarurligini ta’kidlaydi.
Formal mantiq - fikrlashning tuzilishi va uning qonunlari haqidagi fandir. Formal mantiq fikrlashning rivojlanishini, uning takomillashish jarayonini o‘rganishni o‘zidan soqit qiladi. U fikrlashning mantiqiy tuzilishini, shaklini o‘rganadi. Insonning fikrlash shakli, tuzilishi turli qonunlarga asoslanadi va ularni keltirib ham chiqaradi. Mantiqiy shakllarni simvollar yordamida ifoda etish mumkin. Masalan, «Hamma ziyolilar aqliy mehnat bilan shug‘ullanadilar», «Hamma kapalaklar hasharotdir» degan fikrlarning mazmuni turlicha bo‘lsada, ularning tuzilishi, shakli bir xildir. Shuning uchun ularni «Hamma S – R dir» yoki «Hamma a – v dir», deb ifodalash mumkin.Formal mantiq va klassik mantiq tushunchalari sinonim tushunchalar bo‘lib,unda muloxazalar ikki qiymatli, ya’ni chin yoki xato bo‘ladi.
Falsafiy adabiyotlarda dialektik mantiq bilan formal mantiq mavjudligi ta’kidlanadi. Bularning birinchisi tafakkur shakllarini ularning rivojlanishida olib qarasa, ikkinchisi ularni shakllangan fikrlar sifatida o‘rganadi. Shuningdek, dialektik mantiq tafakkurni uning mazmuni va shakli birligida olib o‘rgansa, formal mantiq fikrning shaklini uning konkret mazmunidan chetlashgan hamda nisbatan mustaqil holda olib tadqiq etadi. Shuning uchun dialektik mantiq fikrlarimizning taraqqiyoti, rivojlanishini, formal mantiq esa nisbiy turg‘unligini aks ettiradi. Dialektika fikrlashning formal mantiq qonun – qoidalariga amal qilishni taqazo etadi. Dialektika ham, formal mantiq ham hamma vaqt falsafa tarkibida rivojlanib kelgan. Formal mantiq va dialektik mantiq bir – biriga muqobil metodlarga asoslanadi. Ular mustaqil ta’limot hisoblanadi. Dialektik mantiq falsafiy metod sifatida, falsafaning muhim tarkibiy qismi sifatida mavjud bo‘lsa, formal mantiq mustaqil fan sifatida shakllangan ta’limotdir.

Download 231.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling