6- mavzu: Mantiq. Tafakkurning qonunlari. Ma’ruza rejasi


Uchinchisini istisno qonuni


Download 231.89 Kb.
bet4/30
Sana21.04.2023
Hajmi231.89 Kb.
#1375253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
MANTIQ.

Uchinchisini istisno qonuniga binoan, ayni bir buyum yoki hodisa to‘g‘risida aytilgan bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ikki fikr, hukmlardan biri hamisha chin bo‘lib, ikkinchisi yolg‘ondir, ularning ikkalasining ham bir vaqtda va ayni bir munosabatda chin bo‘lishi mumkin emas. Demak, bu qonun ikki qarama-qarshi fikr, hukmlardan biri chin, ikkinchisi esa yolg‘on ekanligini tanlab olishni taqozo qilib, uchinchi – o‘rtanchi, oraliq yo‘l, imkoniyatni istisno qiladi. Boshqacha aytganda, uchinchisining bo‘lishi mumkin emas yoki uchinchisi yo‘q, berilmagan. Masalan: Uzoqdan ko‘ringan odam yo erkak, yo ayoldir. Aniq javobingni ayt: sevasanmi, sevmaysanmi? Bu mulohazalar berilgan ikki holatdan faqat bittasini tanlab olishni taqozo etadi, uchinchi yo‘l, holat esa bo‘lishi mumkin emas. Formulasi: A yo V, yo V emas.
Uchinchisini istisno qonuni nozidlik qonunini yanada rivojlantiradi. Agar nozidlik qonuni qarama-qarshi (kontrar) hukmlarga nisbatan amal qilsa, uchinchisini istisno qonuni esa zid (kontradiktor) hukmlarga nisbatan amal qiladi. Shuningdek, nozidlik qonuni haqiqatni aniqlashning ikki qarama-qarshi yo‘lini tan olib, ulardan biri chin, ikkinchisi yolg‘on ekanligini ta’kidlaydi. Uchinchisini istisno qonuni fikrga jiddiy aniqlik kiritib, uchinchi, oraliq, o‘rtancha yo‘lning bo‘lishi mumkin emasligini qayd qiladi. Mantiqning bu qonuni ham to‘g‘ri, izchil, xatosiz tafakkur qilish uchun katta ahamiyatga egadir.
Yetarli asos qonuniga binoan, har qanday chin, haqqoniy fikr, hukm, bilim asoslangan, isbotlangan, dalillangan bo‘lishi, buning uchun esa ular yetarli, to‘liq asoslar, dalillar, fikrlar, argumentlarga ega bo‘lishi lozim. Demak, mulohazalar haqqoniyligini asoslash, isbotlashning yagona vositasi dalillar, asoslar, faktlar va argumentlardir. Asoslanganlik esa to‘g‘ri tafakkurning muhim talabidir. Zotan, asoslangan, isbotlangan fikr to‘g‘ri fikrdir. Asoslanmagan, isbotlanmagan fikr yolg‘on, noilmiy fikr, xurofot, bid’at, bo‘htondir.
Yetarli asos uchun olingan dalillar, faktlar miqdori o‘rganilayotgan ob’ektning tabiati va xarakteriga bog‘liqdir. Ular haddan tashqari ko‘p ham yoki, aksincha, kam ham bo‘lmasligi kerak. Eng muhimi, ular to‘g‘ri, haqiqiy, ob’ektiv, ishonarli bo‘lishi lozim. Asoslar o‘rtasida sabab-oqibat bog‘lanishlari mavjud bo‘lishi kerak. Formulasi: Agar V bo‘lsa, unda uning A asosi ham bor.
Mantiq qonunlari o‘zaro uzviy aloqadorlikda mavjud bo‘ladi.

Download 231.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling