6 – mavzu: xalqaro amaliyotda auditorlik dalillari va ularni olish uslublari


Auditorlik dalillari olinish manbalariga ko‘ra


Download 499.31 Kb.
bet3/5
Sana24.06.2023
Hajmi499.31 Kb.
#1653992
1   2   3   4   5
Bog'liq
6 – MAVZU XALQARO AMALIYOTDA AUDITORLIK DALILLARI VA ULARNI OLISH (1)

Auditorlik dalillari olinish manbalariga ko‘ra:


a) xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriya hisobi hujjatlari va axborotlari;
b) boshqa manbalardan olingan axborotlar.

501 – «Auditorlik dalillar–muayyan moddalarni maxsus ko‘rib chiqish»


AXSda moliyaviy hisobotning muhim moddalariga nisbatan auditorlik dalillarini olish qoidalari bayon qilingan. Bunday moddalarga asosiy vositalar, uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar, tovar-moddiy zaxiralar, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kiritish mumkin. Shuningdek, da’vo qo‘zg‘atilgan va sud jarayonidagi munozarali axborotlar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektning segmentar hisobotlaridagi axborotlar ham muhim hisoblanishi mumkin.
O‘zbekistonda ushbu AXSga mazmunan mos keladigan AFMSlar hozircha ishlab chiqilmagan.

Sudlashuv va da’vogarlik ishlari


Bundan maqsad xo‘jalik yurituvchi subyekt ishtirok etayotgan etayotgan sudlashuv va munozarali ishlar hamda ularning moliyaviy hisobotga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishdan iborat.
Agar auditor sudlashuv yoki munozarali ishlar mavjudligini aniqlasa yoki ular bo‘lishi mumkin deb hisoblasa, u xo‘jalik yurituvchi subyekt roziligi bilan, unga yuridik xizmat ko‘rsatuvchi firmaga bevosita murojaat qilishi lozim. Bunday murojaat yetarli darajadagi auditorlik dalillarini olishga yordam beradi. Ushbu dalillar xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyatining sudlashuv va munozarali ishlar jiddiyligi hamda rahbariyat tomonidan bunday munozaralar moliyaviy oqibatlarini baholashning asosliligi to‘g‘risida xabardorligini ta’minlaydi.

Sudlashuv va da’vogarlik ishlari


Ma’lum vaziyatlarda auditor sudlashuv yoki da’vogarlik ishlarining ehtimoldagi natijalarini muhokama qilish maqsadida audit o‘tkaziladigan xo‘jalik subyektining vakillari bilan uchrashish zarurati vujudga kelishi mumkin. Bunday vaziyatlarga ishning murakkabligi yoki xo‘jalik subyekti va unga yuridik xizmat ko‘rsatuvchi subyekt o‘rtasida vujudga kelgan kelishmovchiliklar misol bo‘ladi.
Agar audit o‘tkazilayotgan xo‘jalik subyektining rahbariyati o‘ziga yuridik xizmat ko‘rsatayotgan tashkilotga murojaat qilishga ruxsat etishdan bosh tortsa, bu audit hajmini cheklash deb hisoblanadi. Bu vaziyat auditorning izohlar bilan xulosa berishi yoki xulosa berishdan bosh tortishiga olib kelishi mumkin.
Agar yuridik tashkilot auditorning so‘roviga lozim tarzda javob berishdan bosh tortsa va auditor muqobil auditorlik amallarini bajarish orqali lozim darajadagi yetarli auditorlik dalillarini olish imkoniga ega bo‘lmasa, auditor shuning bilan audit hajmi cheklanayotganligini va bunga asoslanib izohlar bilan xulosa berish yoki xulosa berishdan bosh tortishi mumkinligini aniqlashi lozim.

Download 499.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling