505- «Tashqi tasdiqnomalar»
Tashqi tasdiqlashlar
– bu xo‘jalik subyekti talabiga muvofiq moliyaviy hisobotning, uni tayyorlashga ta’sir ko‘rsatadigan qandaydir bir moddasi bo‘yicha axborotlarni taqidim etish to‘g‘risidagi so‘roviga uchinchi tomonning auditorga yo‘llagan javobi orqali auditorlik dalillarini olish va tahlil qilish jarayoni.
Sintetik va analitik schotlardagi qoldiqlarni tekshirish uchun foydalaniladi, lekin tashqi tasdiqlashlardan foydalanish har doim buning bilan chegaralanib qolmasligi lozim.
Masalan, auditor xo‘jalik subyektining uchinchi tomon bilan amalga oshirayotgan bitim shartlari yoki xo‘jalik operatsiyalari bo‘yicha tashqi tasdiqlar olish to‘g‘risida ham so‘rov yuborishi mumkin. Bu holda so‘rov shunday tuzilishi kerakki, bitimlar yoki xo‘jalik operatsiyalariga qandaydir o‘zgartirishlar kiritilganligini, agar kiritilgan bo‘lsa, ularning mazmuni nimadan iborat ekanligini aniqlash imkoni bo‘lsin.
510- «Dastlabki audit kelishuvlari - boshlang‘ich qoldiqlar»
AXS moliyaviy hisobot auditi birinchi marta o‘tkazilayotgan yoki o‘tgan yilda boshqa auditor tomonidan o‘tkazilgan bo‘lsa, auditorning qanday ish olib borishini belgilaydi.
Korxona birinchi marta tekshirilayotganida auditor quyidagilar to‘g‘risida yetarli auditorlik dalillarini to‘plashi lozim:
1. ) buxgalteriya hisobi schotlari bo‘yicha hisobot davrining boshiga bo‘lgan qoldiqlarda buzib ko‘rsatishlar yo‘qligi. Bunday buzib ko‘rsatishlar joriy hisobot davrining moliyaviy hisobotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin;
2.) buxgalteriya hisobi schotlari bo‘yicha o‘tgan hisobot davrining oxiriga bo‘lgan qoldiqlar joriy davr boshiga to‘g‘ri o‘tkazilganligi yoki buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzish tartibiga muvofiq o‘zgartirilganligi;
3. ) hisob siyosati o‘zgarishsiz, izchil qo‘llaniladi yoki hisob siyosatidagi o‘zgarishlar buxgalteriya hisobida lozim tarzda aks ettirilgan va o‘rnatilgan tartibda ochib berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |