6-22 To’xtasinov Asadbek 1– laboratoriya hisoboti mavzu: Axborot texnologiyalarining texnik ta’minoti. Ishning maqsadi


Download 160.24 Kb.
bet5/10
Sana18.06.2023
Hajmi160.24 Kb.
#1570278
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6-22 To\'xtasinov

Sanitariya-gigiyena talablari.
Kompyuterda ko‘p ishlash, ya'ni uning oldida ko‘p o‘tirish insonning ko‘zi, qon aylanish sistemasi, bosh miya faoliyatiga zarar yetkazishi mumkin. Shunga ko‘ra, kompyuterdan foydalanganda quyidagi talablarga rioya qilish zarurdir.
Talabaning ish joyiga tushayotgan yorug‘lik tepadan va chapdan tushishi, displey ekrani va klavishlar ko‘zni qamashtirmaydigan bo‘lishi kerak.
Xonadagi havo harorati o‘rtacha 20-24 daraja oralig‘ida bo‘lishi lozim.
Foydalanuvchi kompyuterdan eng kamida 50-60 sm narida o‘tirishi kerak.
Shaxsiy kompyuterdan foydalanish qoidalari.
Shaxsiy kompyuterni ishga tayyorlash va o‘chirish tartiblari mavjud. Avvalam bor kompyuterning tarmoq kuchlanishiga mosligini tekshirish kerak. Shaxsiy kompyuterlar 220 yoki 110 kuchlanishli elektr tarmoqlarida ishlashi mumkin. Shaxsiy kompyuterlar uchun kuchlanishning o‘zgarishi, ayniksa keskin o‘zgarishlar xavfli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun maxsus stabilizatorlardan yoki elektr quvvati uzluksizligini ta'minlovchi - UPS qurilmasidan foydalanish tavsiya etiladi. Maxsus UPS qurilmasi elektr quvvatini o‘zgarmas holda ushlab turadi hamda elektr manbai o‘chirilgandan keyin muayyan vaqt davomida kompyuter ishlashini ta'minlab turadi. Bu vaqt kompyuterda bajarilayotgan ishlarni tugatish uchun etarlidir. Masalan kerakli ma'lumotlarni diskka yozib qo‘yish yoki programmalar ishini tugatish uchun va xokazo.
Kompyuterning salbiy va ijobiy tomonlari.
Kompyuterdan foydalananish bo‘yicha ma'lum me'yorlar, qoidalar va talablar mavjud. Bunga kompyuterning joylashishi, xonaning yorug‘ligi, havo almashishiga bo‘lgan talablar va texnika xavfsizligi qoidalari kiradi.
Kompyuter ishlash vaqtida o‘zidan elektromagnit to‘lqinlarni tarqatadi, bu esa o‘z navbatida kompyuterdan uzoq vaqt foydalanilganda inson sog‘lig‘iga zarar yetkazadi.
Kompyuterning noto‘g‘ri joylashishi foydalanuvchining tanasi tuzilishiga, kompyuter joylashgan xonaning yorug‘lik darajasi esa kompyuterning foydalanuvchi ko‘rish qobiliyatiga ta'sirini belgilaydi.
7 yoshigacha bo‘lgan foydalanuvchi kompyuter bilan 15-20 minut ishlashi mumkin. 7-16 yoshgacha 1-2 soat oralig‘ida kompyuterda ishlashi mumkin. Kattalar esa bir ish kuni davomida 3-4 soat atrofida ishlashi mumkin.



Download 160.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling