6-22 To’xtasinov Asadbek 1– laboratoriya hisoboti mavzu: Axborot texnologiyalarining texnik ta’minoti. Ishning maqsadi


Download 160.24 Kb.
bet7/10
Sana18.06.2023
Hajmi160.24 Kb.
#1570278
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6-22 To\'xtasinov

Operativ (tezkor) xotira (RAM - Random Access Memory, OZU - Оперативное Запоминающее Устройство ) – mikroprotsessor va tashqi xotira o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvi va ularni qayta ishlashini muvofiqlashtiruvchi xotira yacheykalaridir. Kompyuter platasidagi slotga ulanadigan, katta tezlikda ishlay oladigan xotiradir. Kompyuter o‘chishi bilan ichidagi ma'lumotlar ham o‘chib ketadi, demak energiyaga bog‘liq. Demak, kompyuter ishlayotgan holatida siz ochib ishlatayotgan dasturlaringizni o‘ziga vaqtinchalik yuklab oladigan qism. Masalan, Google Chrome brauzerini ochganingizda, bu dasturni ishga tushirish uchun RAM qismi doimiy xotiradan shu dasturni o‘ziga yuklab olib, o‘zgarishlar haqida doimiy xotiraga axborot jo‘natib turadi. Hozirda DDR4 turi keng foydalaniladi.



HyperX Fury operativ xotirasi.


Tashqi xotira – ma’lumotlar saqlanadigan maxsus qirilmalardir. Ulardan biri qattiq disk yoki vinchestrdir. Qattiq disk yoki vinchestr hajm va ma’lumotlar almashinuvi tezliklari bilan farqlanadi.
Doimiy xotira(ROM) - bu xotira turidan faqat o‘qish mumkin. Kompyuter platasiga sxema ko‘rinishida o‘rnatilgan va har xil sozlashlarni o‘zida jamlagan. Kompyuter o‘chganda ham o‘zidagi ma'lumotlarni saqlashi mumkin.
Doimiy xotiraning hozirda asosan 2 turidan foydalaniladi: HDD (Hard Disc Drive - Qattiq Diskli Xotira) va SSD (Solid State Drive - Yaxlit Bo‘linmali Xotira). Hozirga kelib HDD o‘rniga SSDdan foydalanish ommalashmoqda, chunki HDDning asosini tashkil qiluvchi narsa ichidagi qattiq disk shaklidagi qismi bo‘lib, huddi plastinka aylanib, uni uchli igna ovozga aylantirib bergani kabi, uchli magnit igna orqali ma’lumotlar boshqariladi. Bunda unga ma’lumot yozish va olish kabi funksiyalar diskning aylanish tezligi (RPM - Revolutions Per Minute, bir daqiqadagi aylanishlar soni)ga bog‘liq bo‘ladi. Hozirda bu ko‘rsatkich o‘rtacha hisobda 5400 va 7200 rpm oralig‘ida. SSD esa, huddi kichik fleshka kabi tuzilishga ega va unga ma’lumot yozish va olishda asosan plataning ma’lumot o‘tkazuvchanlik tezligi rol o‘ynaydi. Avvallari SSD xotiralar anchagina qimmat bo‘lgani sabab uncha ommalashmagan, lekin hozirga kelib narxi HDDdan ozgina farq qiladi xolos, shu sabab ko‘pchilik SSD xotirani tanlamoqda.

Doimiy xotira



Download 160.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling