6-22 To’xtasinov Asadbek 1– laboratoriya hisoboti mavzu: Axborot texnologiyalarining texnik ta’minoti. Ishning maqsadi


SHAXSIY KOMPYUTERLAR VA ULARNING TEXNIK TA’MINOTI


Download 160.24 Kb.
bet6/10
Sana18.06.2023
Hajmi160.24 Kb.
#1570278
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6-22 To\'xtasinov

SHAXSIY KOMPYUTERLAR VA ULARNING TEXNIK TA’MINOTI.
Kompyuterlarni ishlab chiqarish ochiq arxitektura prinsipiga asoslangan bo‘lib, ular ichki va tashqi qurilmalardan tashkil topgan.
Kompyuter ishlashi uchun unda quyidagi eng asosiy qismlar bo‘lishi kerak:
• Quvvat taqsimlagich (Blok pitaniya)
• Ona plata (Motherboard yoki materinski plata, qisqacha plata)
• Mikroprotsessor (CPU, Tosh ham deyiladi)
• Tezkor xotira (RAM, OZU)
• Doimiy xotira (Qattiq disk - HDD, yoki SSD
Misol tariqasida ba’zilari bilan qisqacha tanishib chiqamiz.
Mother Board – asosiy plata bo‘lib, barcha ichki qurilmalar shu plata yordamida bir-biri bilan bog‘langan. Plataning asosiy vazifasi CPU, RAM, HDD kabi qurilmalarni bir-biri bilan katta tezlikda ulana olishini ta’minlash, shuningdek, boshqa bir qator vazifalari ham bor.

Asus ROG platasi
Monitor-sistemalar bloki ichida bajarilayotgan topshiriqlarni bajarilish jarayonini inson tomonidan bevosita kuzatib borish uchun xizmat qiladi.
Klaviatura – Belgilarni kompyuterga kiritish uchun xizmat qiladi.
Mikroprotsessor (CPU) – kompyuterning yuragini tashkil yetadigan qism hisoblanadi. CPU so‘zini (inglizcha Central Processing Unit) Markaziy Boshqaruv Bo‘linmasi deb tarjima qilish mumkin. Unda kompyuter ishlashiga oid barcha matematik amallar olib boriladi va bu amallarsiz kompyuterlar ishlamaydi. CPUni kompyuter ishlashini ta’minlaydigan va kompyuter qurilmalari ishini boshqaradigan qurilma deb ta’riflash mumkin. U kompyuterning ishlash tezligini aniqlaydi. Hozirgi kunda kompyterlar uchun bir nechta firmalar mikroprotsessorlar ishlab chiqarmoqda. Ulardan INTEL, CYRIX, RISK, AMDlarni sanab o‘tishimiz mumkin.





Intel mikroprotsessori



Download 160.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling