Kun tartibidagi masalalar:
1.Ota-onalarni moslashuv davrida bolalarni qo’llab – quvvatlash usullari bilan tanishtirish.
2.O’quvchilarni kayfiyatini yaxshilash usullarini o’rganish.
Kayfiyatni ko’taruvchi trening mashqlar, so’rovnomalar , testlar, shiorlar.
Trening mashg’ulotlarini maktab amaliyotchi psixologlari G’.To’rayev va D.Dovurboyevalar kirish so’zi bilan ochib berishdi va ota-onalarga va o’quvchilarga trening haqida ma’lumot berildi. Ota-onalar va o’quvchilar psixologlar tomonidan alohida xonalarda mashg’ulotlarni boshlashdi.
Ota-onalar va o’quvchilar bilan test ,so’rovnomalar o’tkazildi . Qiziqarli trening mashg’ulotlar olib borildi.
Ota- onalarga“Moslashuv davrida oilaning roli ” mavzusida haqida umumiy tushunchalar berildi
1-treningimiz Tanishtiruv deb nomlanadi .Bunda ota-onalar ismlarini aytib qo’shimchasiga birorta fazi
latlarini aytishadi.
Keyingisi xotirani aniqlash treningi hisoblanadi. Bunda ota-onalardan ikkita jamoaga bo’linishllari so’raladi va ikkala jamoa bir-birlariga ismlarini aytib esda olib qolishlari so’raladi.Navbatdagi treningimizda ota-onalarimizdan hohlovchilar qatnashishlari so’raladi va qo’llari bilan ushlashib shar yordamida oyin o’ynaladi.
O’quvchilarda ham huddi shunday treniglar o’tkaziladi.Ularga ham shiorlar tarqatiladi.Savollarga javob beriladi.
“ Moslashuv davrida oilaning roli ” mavzusining so’ngi qismida o’quvchilar va ota-onalar birgalikda treninglar o’tkazish bilan davom etadilar. Farzandlari bilan birgalikda zanjir deb nomlangan trening o’tkazildi. Tadbir so’ngida o’quvchilar bilan ota-onalarning savollari, javoblari muhokama qilindi . Ota-onalarga farzandlarini
qanchalik bilishlari , ularni qiziqishlari haqida suhbatlar o’tkazildi.
Trening so’ngida psixologlar o’quvchilarga va ota-onalrga ushbu mashq va bugungi treninglar qanday tasavvur uyg’otganiniyakunlovchi mashq orqali tugatdik.Bunda ishtirokchilar aylana bo’lib turib oldilar. Hayolan chap qo’lingizga bugun bu yerga olib kelgan narsalaringizni joylashtiring-kayfiyatingiz , fikrlaringiz ,bilimlaringiz,tajribangiz yig’indisini , o’ng qo’lingizga esa –bugungi mashg’ulotda ega bo’lgan narsalaringizni joylashtiring.Shu bilan treninglarimiz yaxshi kayfiyat bilan yakunlandi.
Maktab direktori : S.Balxiyev
Amaliyotchi psixologlar : G’.To’rayev.
Dovurboyeva.
Sharof Rashidov tuman XTB ga qarashli 22-umumiy o’rta ta’lim maktabida ta’lim olayotgan “ 1-sinf o’quvchilarini maktabga moslashuv davrida psixologik qo’llab quvvatlash ” yuzasidan o’tkazilgan “ Profilaktik mashg’ulotlar’’
Do'stlaringiz bilan baham: |