“6-7-sinf o’quvchilar shaxsini diagnostika qilish maqsadida “ Proektiv metodikalardan biri “ Kaktus ” va “ Avtoportret ” rasmini chizish ”metodikasi
Download 83.86 Kb.
|
B A Y O N N O M A L A R LOTIN
QAROR QILADI
1.Maktabda voyaga yetmaganlar o’rtasida olib borilayotgan ishlar takomillashtirilsin. 2.Maktab MMIBDO’ O.Mustonov ga mazkur masala ijrosini ta’minlash vazifasi yuklatilsin. Yig’ilish raisi : S.Balxiyev Maktab amaliyotchi psixolog : D.Dovurboyeva Sh. Rashidov tumanXTB gaqarashli 22-umumiyo’rtata’limmaktabidao’tkazilgan “Psixologik-pedogogik konsilumni tashki letish” mavzusidagio’quv seminarning BAYYONNOMASI _______________ yil Sh.Rashidov tumani Qatnashdilar: 1..JizzaxshaharXTB Tashxis markazi rahbari M.Rixsiyeva 2.Sh.Rashidovtuman XTB Tashxis markazi rahbariA.Abdullayev 4.Jizzax shahar va Sh.Rashidov tuman XTB ga qarashli umumta’lim Maktablarining amaliyotchi psixologlari 5.Maktabo’qituvchilari,ota-onalar va o’quvchilar Kun tartibida “Psixologik-pedogogik konsilumni tashkil etish”. Har-xil masalalar. Eshitildi: Yig’ilishni maktab direktori X.Berdibekova ochib berdi va kun tartibidagi masalalarning g’oyat dolzarb ekanligini ta’kidlab,yig’ilish qatnashchilariga ishtirok etayotgan mehmonlarni tanishtirdi. Maktab MMIBDO’ O.Mustonov so’zga chiqib, Psixologik-pedagogik konsilumda nazariy bilimlar amaliyot ehtiyojlari bilan birlashadi,ta’lim –tarbiya jarayonini har bir o’quvchining individualligiga asoslangan holda tashkil etish,hamda shaxsning jismoniy va ma’naviy,ruhiy rivojlanishini ta’minlaydi.Sababsiz dars qoldirish,zaif o’zlashtirish,tartib buzarlik sabablari va shaxslararo munosabatlarni aniqlaydi,bir qolipdagi ta’lim tizimini o’zgartiradi,o’qituvchi va o’quvchi munosabatlaridagi nizolarni bartaraf etadi,o’quvchining “stress” va “agressev” holatlaridan chiqishga yordamlashadi.Hozir ana shu muammolar sababi hamda ta’lim va tarbiyadagi xatolarimiz nimadan iborat ekanligini bilib olishga harakat qilamiz.Belgilangan vazifalar bo’yicha psixologimiz Rahmonqulova Feruza ish olib boradi,o’rganilgan va to’plangan ma’lumotlar o’quvchi to’g’risida aniq tasavvurlarni berishi mumkin. Seminarda Sh.Rashidov tuman XTB tashxis markazi A.Abdullayevning “Ta’lim muassalarida pedagogic-psixologik konsilumlarini tashkiletish” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.U o’z ma’ruzasida umumta’lim maktablarida psixologik-pedagogik konsilumlarni tashkil etish,o’quvchi shaxsiga baho berish darajasi va sifatini yuqori pog’onaga ko’taradi,o’quvchiga amaliy yordam ko’rsatiladi,pedagoglar jamoasini jipslashtiradi,ta’lim- tarbiya sohasida uchrashi mumkin bo’lgan ziddiyatlar oldi olinadi.Bir qolipdagi ta’lim tizimini o’zgartirishga xizmat qiladi. U so’zida quyidagilarni tavsiya qildi. Psixologik profilaktika ish usullaridan bir psixologik-pedagogik konsilumni tashkil etishdir.Psixologik-pedagogik konsilumlar o’qishda orqada qolish sabablarini yoki xulq-atvoridagikamchilik natijalarini muhokama qilishga yo’naltirilgan bo’ladi.Pedagogik konsilumda psixologning vaizfasi o’qituvchilarning o’quvchi inteliktual taraqqiyotini baholash uchun har tomonlama yondashishiga erishishdan iborat.O’quvchilar o’zlashtirishini yaxshi yo’lga qo’yish uchun to’liq yozma tavsiyanomalar yozishdan ko’ra sinf o’qituvchilarining o’quvchilar haqidagi fikrlarini jamoa bo’lib muhokama qilish,sinfga va o’quvchilarga individual yondashuv choralarini ishlab chiqish yaxshi natijalar beradi. Psixologik konsilumlar ikki xil bo’ladi: 1.O’tkazilishi shart bo’lgan psixologik konsilumlar. 2.Ehtiyoj va talab asosida o’tkaziladigan konsilumlar. Konsilumlar mohiyatan pedagogik va psixologik bo’lishi mumkin,shuning uchun ko’p joylardapedagogik-psixologik konsilumlar deyiladi.Ular ham profilaktik,ham korreksion pedagogic-psixologik konsilumlar deyiladi.Ular ham profilaktik,ham korreksion xarakterga ega bo’lishi mumkin. Konsilumda:psixolog,pedagog, sinf rahbari, kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachilari,boshlang’ich sinf ilmiy bo’lim mudiri ishtirok etadi..Konsilum buyurtma qabul qilingan kundan boshlab 10-15kun davomida tayyorlanadi.Konsilumga tayyorgarlik davri muammoning salmog’iga qarab belgilanadi.Tayyorgarlik davomida psixolog tomonidan muammoni belgilash tartib va usullari va muammo har tomonlama o’rganiladi.Konsilumni o’tkazish rejasi tuziladi,ekspert guruh a’zolari belgilanib,har bir ekspertga topshiriq beriladi.Tayyorgarlik bosqichida ma’lumotlar to’planib,tahlil etiladi va konsilum kuni aniqlanadi.Buyurtma asosida o’tkaziladigan konsilumda o’quvchi va ota-onaning ishtiroki shart emas. Konslum jarayonida aniq bir o’quvchi,o’quvchilar guruhi (yoki sinf) jamoasidagi turli ma’lumotlar o’rganiladi,kuzatish natijalari tahlil etiladi,fikr mulohazalar bayon qilinadi.Kuzatish natijalaridan keyin o’quvchining zaif o’zlashtirish,uyushqoqsizlik,janjalkashlik,o’qituvchi va o’quvchilar bilan chiqisha olmaslik sabablarini bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar beriladi.Konsilum tavsiyalarining qimmatli tomoni shundan iboratki,har bir muhokama qilinayotgan holat uchun aniqlik kiritiladi,bunda ta’lim-tarbiya jarayoni o’quvchining individualligiga asoslangan holda tashkil etiladi hamda pedagoglar jamoasini jipslashtirishga amaliy yordam ko’rsatiladi. “Temperament” va “Irodaviy sifatlarni aniqlash” metodikasi,kasbga yo’nalganlikni aniqlash bo’yicha metodikalari,”Sinfdagi yetakchilikni aniqlash” metodikasi, “Oilaning kinetik rasmi” proektiv metodikasi,”Kaktus” metodikalari,ularning ota-onalaridan “Sizning bolangiz bilan munosabatingiz qanday?”, “Biz qanday ota-onamiz?”, “Farzandingizni bilasizmi?”, “Farzandimning qiziqishlari” metodikalari olindi va ularning natijalari tahlil qilindi. KUzatish natijalaridan keyin past o’zlashtirish,sababsiz dars qoldirish sabablari aniqlandi va ularni bartaraf etish bo’yicha tavsiyalar berildi. Yig’ilish qaror qiladi: Mavzudan kelib chiqqan holda maktab jamoasi bilan hamkorlikda maktabda davra suhbatlari o’tkazish tashkillashtirilsin. Yuqoridagi o’quvchilar bilan ishlash nazorati maktab amaliyotchi psixologi Rahmonqulova Feruza zimmasiga yuklatilsin. Yig’ilish raisi : _______________________ S.Balxiyev Kotibi : _______________________ N.Raxmonqulov Sharof Rashidov tumani XTB ga qarashli 22-umumiy o’rta ta’lim maktabida 10 - sinfda ta’lim olayotgan qizlar o’rtasida “ Mening kasbim ” mavzusida o’tkazilgan davra suhbati BAYONNOMASI _____________ 20____ yil Sharof Rashidov tumani Qatnashdilar : Maktab raxbari – S.Balxiyev Maktab amaliyotchi psixologi – D.Dovurboyeva QVP hamshirasi – Qarshiboyeva G Maktab MMIBDO’ – O.Mustonov Maktabning 10-sinf qizlari Kun tartibi 1.“ Mening kasbim ” mavzusida davra suhbati Yig’ilishni maktab MMIBDO’ O.Mustonov ochib berdi.10-sinf qizlarimizga kelajakda kasb-hunarni egallashlari kerakligini va turli xil kasblar haqida umumiy tushunchalar berdi. So’z navbati maktab amaliyotchi psixologi D.Dovurboyevaga berildi, Mening kasbim” mavzusida o’z ma’ruzasini davom ettirdi. Hozirgi vaqtda 10-sinf o’quvchilari kasb-hunarga keng jalb qilinayotganligi , qizlarning kasb-hunar tanlashida o’zlarining qiziqishlari,iqtidoriga qarab kasb –hunar tanlashlari kerakligi haqida gapirib o’tdi. O’quvchi qizlarimiz kelajakda ajoyib kasb egalari bo’lishlarini aytib o’tdi. Maktab hamshirasi Qarshiboyeva G so’zga chiqib ,tibbiyot sohasiga qiziqqan o’quvchilarimizga o’zining amaliy tajribasidan kelib chiqib tushunchalar berdi. Maktab xotin-qizlar qo’mitasi raisi Shukurova Nodira so’zga chiqdi, voyaga yetmagan o’quvchi qizlarni o’zlarini tutishlari ,maktabdagi tarbiyasi ,ustozlariga va ota-onasiga bo’lgan hurmati ,kasblarni qay darajada egallaganligini hamda tanlagan kasbga sodiq qolishini aytib o’tdi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan 10-sinf o’quvchi qizlari tomonidan fikr mulohazalarni qabul qilindi va ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi. YIG’ILISH QAROR QILADI 1.Kun tartibidagi masala yuzasidan qilingan ma’ruzalar qoniqarli deb topilsin. 2.10-sinf o’quvchi qizlarining ta’limning keying bosqichida ta’lim olishlariga e’tibor kuchaytirilsin. 3. “ Mening kasbim ” ta’lim muassasasining 10-sinf o’quvchi qizlarining hayotga tayyorlash ,ularni kasb-hunar tanlashlariga imkoniyatlarini yaratish ularga kasb-hunar haqida tushunchalar yetkazish va o’zi sevgan kasbini tanlashda hamda kelajakda tanlagan kasbi baxt keltirishini anglashda ko’maklashishni kuchaytirish. 4.Ushbu qarorni bajarishni nazorat qilish maktab xotin-qizlar qo’mitasi raisi Shukurova Nodiraga yuklatilsin. Maktab direktori : S.Balxiyev Maktab amaliyotchi psixologi : D.Dovurboyeva Sharof Rashidov tuman XTB ga qarashli 22-umumiy o’rta ta’lim maktabi 6-11 sinf o’quvchilari o’rtasida o’tkazilgan “ Chekish umr zavoli ” mavzusida rasmlar tanlovi bo’yicha yig’ilish BAYONNOMASI _____________ 20____ yil kunlari 22-umumta’lim maktabida 6-11 sinf o’quvchilari o’rtasida “ Chekish umr zavoli ” mavzusida rasmlar tanlovi bo’lib o’tdi. Kun tartibida : “ Chekish umr zavoli ” mavzusidagi rasmlar tanlovi natijalari haqida . Har xil masalalar. Kun tartibidagi masala yuzasidan MMIBDO’ O.Mustonov ,maktab xamshirasi Qarshiboyeva G va maktab amaliyotchi psixologlar G’.To’rayev ,Dovurboyeva D lar so’zga chiqib ,chekishni oldini olish ,chekish inson hayoti uchun xavfli ekanligini tushuntirib o’tdi.O’quvchilar tomonidan chizilgan “ Chekish umr zavoli ” mavzusidagi rasmlar o’qituvchilar , o’quvchilar va hakamlar xay’atiga taqdim etildi. Hakamlar xay’ati raisi S.Balxiyev Maktab amaliyotchi psixologlari : G’.To’rayev ,Dovurboyeva D Sharof Rashidov tuman XTB ga qarshli 22-umumiy o’rta ta’lim maktabida o’tkazilgan yig’ilishi BAYONNOMASI ________________ yil Sharof Rashidov tumani X.Berdibekova Maktab direktori O.Mustonov MMIBDO’ G’.To’rayev. Amaliyotchi psixologlar D.Dovurboyeva G.Qarshiboyeva Maktab hamshirasi Maktabning 5-11 sinf o’quvchi qizlari Kun tartibidagi masalalar : 1.O’quvchi qizlar o’rtasida “ Erta turmushning salbiy oqibatlari ”haqida 2. “ Biz erta turmush qurishga va qarindoshlar o’rtasidagi nikohga qarshimiz ” mavzularini o’quvchilarga to’g’ri targ’ib qilish to’g’risida. Yig’ilishni maktab direktori kirish so’zi bilan ochib , yig’ilishga taklif etilganlar bilan tanishtirdi.Maktab hamshirasi yig’ilganlar bilan tanishtirdi hamda kun tartibidagi masala yuzasidan so’z berdi. Assalomu alaykum aziz qizlarjon , hurmatli ustozlar . Dunyoda hamma narsaning chegarasi ya’ni sarhadi bor , ammo koinot va limning chek chegarasi yo’qdir. Turmush qurmoqchi bo’lgan yoshlar avvalombor o’zlari jismonan yetuk ,ma’nan rivojlangan va ma’lum bir kasb egasi bo’lishlari lozim.Turmush bu yangi oila ,yangi jamiyat va yangi bir dunyodir.Turmush qurish oila tebratish va farzand tarbiyasi kabi muhim ishlarda diniy va milliy an’analarimizga rioya qilib ,oila va nikoh borasida davlatimiz chiqargan qonun qoidalarga qat’iy amal qilish zarur. Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan QVP genekologi so’zga chiqdi. Nikoh oldi omillar quyidagilardan iborat : Oilaviy hayotga yetukligi ,ularning oila qurish sabablari , ularning oila qurishgunga qadar bir-birini tanishlik muddati shart- sharoitlari ,ularning bo’lg’usi hayot haqida tasavvurlarini kiritish mumkin.Yosh qizlarning ham erta turmushga chiqishi va ularning oilaviy hayotga tayyor emasligi turli salbiy holatlarga olib kelmoqda . Respublikamizda 18-29 yoshdagi xotin – qizlarning ko’pchiligi bola tug’ish , ularni parvarishlash ,tug’ishgacha va undan keying ta’tilda yoki bemor farzandlarni parvarish qilish bilan bandlar. Yig’ilish so’ngida taklif etilganlar va o’qituvchilar maktab o’quvchilari tomonidan berilgan savollarga javob berdilar. Yig’ilish qaror qiladi : 1.O’quvchi qizlarning erta turmushning oldini olish bo’yicha bilimlarini boyitish maqsadida shu kabi tadbirlar ko’proq tashkil etilsin. 2.Ushbu yig’ilish qaror ijrosini ta’minlash MMIBDO’ , Maktab xotin-qizlar qo’mitasi raisi va amaliyotchi psixologlari zimmasiga yuklatilsin. Maktab direktori : S.Balxiyev Maktab amaliyotchi psixologlari : G’.To’rayev Dovurboyeva D Sharof Rashidov tuman XTB ga qarashli 22-umumiy o’rta ta’lim maktabi 5-11 sinf o’quvchilari o’rtasida o’tkazilgan “ Sog’lom oilada – Sog’lom bola ” aksiyasi bo’yicha yig’ilish BAYONNOMASI ____________________ Sharof Rashidov tumani Qatnashdilar : 5-11 sinf o’quvchilari Kun tartibidagi masalalar : 1.Sog’lom oila sog’lom bola rasmini chizish. “Sog’lom oila sog’lom bola” aksiyasini maktab amaliyotchi psixologlari G’.To’rayev ,Dovurboyeva D lar kirish so’zi bilan ochib berishdi .O’quvchilarga “Sog’lom oila sog’lom bola” aksiyasi haqida ma’lumotlar berildi. “Sog’lom oila sog’lom bola” aksiyasi bo’yicha o’quvchilar bilan fikr almashildi.O’quvchilarga A4 formatda oq qog’oz va rangli qalamlar tarqatildi. “Sog’lom oila sog’lom bola” aksiyasi sinflar kesimida 1 xafta davom etdi .Chizilgan rasmlar psixologlar tomonidan baholanib borildi .Hafta so’ngida rasmlar jamlanmasi tahlil qilindi. “Sog’lom oila sog’lom bola” aksiyasida eng yaxshi rasm chizgan o’quvchilar maktab ma’muriyati tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Maktab direktori : S.Balxiyev Maktab amaliyotchi psixologlari: G’.To’rayev Dovurboyeva D Sharof Rashidov tuman XTB ga qarshli 22-umumiy o’rta ta’lim maktabida o’tkazilgan yig’ilishi BAYONNOMASI _______________yil Sharof Rashidov tumani X.Berdibekova Maktab direktori O.Mustonov MMIBDO’ G’.To’rayev Amaliyotchi psixolog lar D.Dovurboyeva G.Qarshiboyeva Maktab hamshirasi Maktabning 5-11 sinf o’quvchilar Kun tartibidagi masalalar : 1.O’quvchilarni “Oilaviy hayotga tayyorlash va sog’lom turmush tarzini shakllantirish” haqida 2. “ To’g’ri ovqatlanish madaniyati va reproduktiv salomatlik ” mavzularini o’quvchilarga to’g’ri targ’ib qilish to’g’risida. Yig’ilishni maktab direktori kirish so’zi bilan ochib , yig’ilishga taklif etilganlar bilan tanishtirdi.Maktab xotin –qizlar raisi yig’ilganlar bilan tanishtirdi hamda kun tartibidagi masala yuzasidan so’z berdi. Assalomu alaykum aziz qizlarjon , hurmatli ustozlar . Dunyoda hamma narsaning chegarasi ya’ni sarhadi bor , ammo koinot va limning chek chegarasi yo’qdir. Turmush qurmoqchi bo’lgan yoshlar avvalombor o’zlari jismonan yetuk ,ma’nan rivojlangan va ma’lum bir kasb egasi bo’lishlari lozim.Turmush bu yangi oila ,yangi jamiyat va yangi bir dunyodir.Turmush qurish oila tebratish va farzand tarbiyasi kabi muhim ishlarda diniy va milliy an’analarimizga rioya qilib ,oila va nikoh borasida davlatimiz chiqargan qonun qoidalarga qat’iy amal qilish zarur. Nikoh oldi omillar quyidagilardan iborat : Oilaviy hayotga yetukligi ,ularning oila qurish sabablari , ularning oila qurishgunga qadar bir-birini tanishlik muddati shart- sharoitlari ,ularning bo’lg’usi hayot haqida tasavvurlarini kiritish mumkin.Yosh qizlarning ham erta turmushga chiqishi va ularning oilaviy hayotga tayyor emasligi turli salbiy holatlarga olib kelmoqda . Ikkinchi masala yuzasidan maktabhamshirasi “ To’g’ri ovqatlanish madaniyati va reproduktiv salomatlik ” mavzularinida ma’ruza qildi. Assalomu alaykum aziz qizlarjon , hurmatli ustozlar .Hozirgi kunda o’quvchi yoshlarimiz bilan to’g’ri ovqatlanish haqidagi fikrlarini bilish maqsadida ma’ruzalar qilmoqdamiz . To’gri ovqatlanishga rioya qilish zarur va vaqtida ovqatlanish kerak. Ovqatlanish vaqtida qo’limiz yuvilgan bo’lishi zarur va ovqatni shoshmasdan yaxshilab chaynab iste’mol qilish kerak. Maktab hamshirasi o’quvchi yoshlarga “ To’g’ri ovqatlanish madaniyati va reproduktiv salomatlik ” haqida ma’ruzalar qildi va o’quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Yig’ilish qaror qiladi : 1.O’quvchi qizlarning “Oilaviy hayotga tayyorlash va sog’lom turmush tarzini shakllantirish” bo’yicha bilimlarini boyitish maqsadida shu kabi tadbirlar ko’proq tashkil etilsin. 2.Ushbu yig’ilish qaror ijrosini ta’minlash MMIBDO’ , Maktab xotin-qizlar qo’mitasi raisi va amaliyotchi psixologlari zimmasiga yuklatilsin. Maktab direktori : S.Balxiyev Maktab amaliyotchi psixologlari: G’.To’rayev , Dovurboyeva D Sharof Rashidov tuman XTB ga qarashli 22-umumiy o’rta ta’lim maktabining 5-11 sinf o’quvchilar va o’qituvchilar o’rtasida o’tkazilgan “ Stressdan ehtiyot bo’ling ” bo’yicha trening mashg’ulotlari BAYONNOMASI ____________________ Sharof Rashidov tumani Qatnashdilar : 5-11 sinf o’quvchilari Fan o’qituvchilari Kun tartibidagi masalalar : “ Stressdan ehtiyot bo’ling ” trening mashg’uloti Kun tartibidagi masala yuzasidan Sharof Rashidov tumani XTB ga qarashli 22-maktab amaliyotchi psixolog boshchiligida 5-11 sinf o’quvchilari o’rtasida “ Stressdan ehtiyot bo’ling ” mavzusida trening mashg’uloti o’tkazildi.O’quvchilarga stress ( ruhiy zo’riqish ) tushunchasi ,stressni yuzaga kelishi ,bu holatdan chiqish yo’llari to’g’risida tushunchalar berildi.O’quvchilardan stressdan xalos bo’lish maqsadida “ xayr stress” , “ Sayohat mashqi ” kabi treninglar o’tkazildi.Bundan tashqari kayfiyatlarini ko’tarish , hayotga bo’lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida “ Men baxtli insonman” , “ Sehrli stul ” kabi trening mashg’ulotlari o’tkazildi. Maqsad : stressdan xalos bo’lish ,kayfiyatlarni ko’tarish , o’quvchilarni hayotga bo’lgan qiziqishlarini oshirish . Maktab direktori : S.Balxiyev Maktab amaliyotchi psixologlari: G’.To’rayev Dovurboyeva D ШарофРашидовтуманХТБга қарашли № 22- умумий ўрта таълиммактабининг 9-11-синфўкувчилар билан касб-хунар танлаш мавзусида ўтказилган давра сухбати БАЁННОМАСИ _______________ 20 ___йил Шароф Рашидов тумани Катнашдилар: Йигилиш раиси мактаб рахбари: S.Balxiyev ММИБДЎ : О.Мустонов Мактаб амалиётчи психологи: Ғ.Тўраев Д.Довурбоева 9-11 - синф битирувчилари КУН ТАРТИБИ 11-синф битирувчиларига танлаган касб йўналишлари буйича тавсиялар . 9-синф ўкувчиларини касбий мойилликларини аниқлаш буйича тушунчалар бериш. Йиғилишни мактаб раҳбари кириш сўзи билан очиб берди ва иштирокчиларни таништирди. Битирувчи ўкувчилар ва уларнинг ота-оналарини танлаган касблари бўйича кизиккан фан йўналишлари бўйича олий ўқув юртларига камраб олиш олдимизда турган асосий вазифаларимиздан биридир. Шу максадда ўкувчи ёшларни таълимга тўлик камраб олиш керак. Агар оилада аёл киши ўкимишли булса, у бирор касбнинг эгаси бўлса, бундай оилада тарбия кўраётган фарзандлардан келажакда куп яхши ишларни кўтишимиз мумкин дея таъкидлаб ўтдилар. Суз мактаб амалиётчи психологи Ғ.Тўраев га: Хурматли ўқувчилар сиз танлаган олий ўқув юртларини йуналишлари билан танишгансиз. Хозирги кунга қадар сизни қайси касбга бўлган қизиқишингиз олган тест натижаларимиз орқали аниқланган.Яна сизга шуни маълум қиламанки сизни қизиқтирган олий ўқув юртларидаги йуналишлари ва неча бал билан талабаликка қабул қилинишингиз хақидаги маълумотларни мактабнинг касб хунарга йуналтириш хонаси ёнига илиб қуйилган .Ўзингизни қизиқтирган саволлар бўлса мактаб амалиётчи психологлари мурожат этишингиз мумкин. Шундан сўнг юкоридаги фикрларга кўшилган холда бир неча йўналишдаги ишларни самарали ташкил этиш учун кўйидаги тадбирларни амалга ошириш лозимлигини айтди: Ота – оналарнинг фарзандларига касб-ҳунар бериш, илм ўргатиш борасидаги бурчлари, илмнинг афзалликлари хакида кенг камровли тушунтириш ишлари олиб борилишини таъминлайдилар. Мактаб рахбари ўтилган йиғилишдан кимда савол ёки муаммолар борлигини сураб йиғилишга якун ясади. Кўрилган масалалар юзасидан ЙИГИЛИШ КАРОР КИЛАДИ: 11-синф битирувчиларини олий таълим юртларига хужжатларини топшириш ота-оналарга юклатилсин. 2.Ўкувчиларни худудимиздаги ишлаб чикариш сехлари ва савдо марказларига саёхатлар ташкил этилсин 3.Ушбу буйрукни назоратини ўз зиммамда колдираман. Йиғилиш раиси: С.Балхиев Амалиётчи психологлар: Ғ.Тўраев, Д.Довурбоева Шароф Рашидов туман ХТБ га қарашли № 22- умумий ўрта таълим мактабида “ Ижтимоий психологик муаммолари бўлган болалар билан ишлаш ”мавзусида бўлиб ўтган ота-оналар йиғилишининг БАЁННОМАСИ _______________ 20 ___йил Шароф Рашидов тумани 1. С.Балхиев Мактаб директори 2.О.Мустонов ММИБДЎ 3.Довурбоева Д Амалиётчи психолог 4.Шобўтаева Ш Янги-ДиёрМФЙ маслахатчиси Кун тартибидаги масалалар : 1.Вояга етмаган ўқувчи ёшларнинг ўз жонига қасд қилиш холатларини олдини олиш 2.Болалар ва ўсмирлар хулқ оғишининг олдини олишга қаратилган тавсиялар . 3.Хар хил масалалар . Кун тартибидаги биринчи масала юзасидан ММИБДЎ X.Бердибекова сўзга чиқиб,йиғилганларга хозирги вақтда хақикатдан хам ўсиб келаётган ёш авлоднинг эртанги кунимиз ,келажагимизнинг давомчилари эканлигини ҳисобга оладиган бўлсак ,болалар ва ўсмирлар ўртасида турли хил ғайриқонуний , шу жумладан жиноятчилик ҳодисасининг олдини олишга қаратилган ,профилактик чора тадбирларни ишлаб чиқиш , ҳар қачонгидан хам долзарб муаммо эканлиги таъкидлаб ўтди.Музокара махалла участка нозири сўзга чиқиб йиғилиш қатнашчиларига жиноятнинг катта-кичиги бўлмайди,аксарият ҳолларда майда ўғирликдан ва майда безориликдан катта-катта жиноятлар келиб чиқиши ва вояга етмаган болаларнинг ўз жонига қасд қилиш холатларининг олдини олиш юзасидан ўз фикрларини ва таклифларини билдирди. Музокарага махалла вояга етмаганлар ўртасида хуқуқбузарликнинг олдини олиш бўйича профилактика инспектори сўзга чиқиб , вояга етмаганлар ўртасида хуқуқбузарлик ва ўз жонига қасд қилиш сабаб, вояга етмаган болаларнинг бемахалда кўчаларда юришлари ота-оналарнинг назоратидан четда қолишлари сабаб бўлади. Ўқувчилар бўш вақтларида сегарит , нос чекишни ўрганадилар ва хар хил бўлмағур ишларни қиладилар ёки бўлмаса бизнинг менталитетимизга хос бўлмаган ишларни, киноларни кўрадилар. Шунинг учун бўш вақтларини мазмунли ўтказишда хар хил тугаракларга қатнашишлари зарур. Ҳурматли ўқитувчилар ва ота-оналар биз ўқувчиларни тарбиялашда сизлар билан хамкорликни доимий равишда узлуксиз амалга оширишимиз зарур деб таъкидлаб ўтди. Иккинчи масала юзасидан мактаб амалиётчи психологи Довурбоева Д сўзга чиқиб,болалар ва ўсмирлар хулқи оғишганликни олдини олишга қаратилган тавсиялар юзасидан ўз фикр мулохазаларини билдирди.Хулқи оғишга эга бўлган болалар ва ўсмирларда рухий беқарорлик ,ўзгарувчанлик каби хусусиятларнинг яққол ифодаланганлигидан келиб чиқиб,улар яшаётган оила ижтимоий соғломлаштириш ,шахслараро муносабатларнияхшилаш натижа беради. Вояга етмаганлар ўртасидаги хулқи оғишнинг келиб чиқишининг асосий сабаблари сифатида болалар ва ўсмирлар фаолиятини назорат қилмаслик,оилада бола тарбиясига эътиборнинг сусайиши кабилар намоён бўлганлигидан келиб чиқиб , оилада ва оиладан ташқарида болалар ва ўсмирлар фаолиятини , бўш вақтларида нима билан шуғилланаётганлигини назарат қилиш ва оилада бола тарбиясига эътиборни кучайтириш мақсадга мувофиқдир деб таъкидлаб ўтди. Кўрилган масалалар юзасидан йиғилиш ҚАРОР ҚИЛАДИ : 1.Ўқувчиларга жиноятнинг катта-кичиги бўлмаслигини тушунтириш ишларини олиб бориш синф рахбарлари зиммасига юклатилсин. 2.Ўқувчиларнинг тунги соат 21-00 дан сўнг кўчада назаратсиз юришларини олдини олиш ота-оналар зиммасига юклатилсин. 3.Кўрсатилган тавсияларга амал қилишни назорат қилиш ва тушунтириш ишларини олиб бориш синф рахбари зиммасига юклатилсин. Мактаб директори : С.Балхиев Мактаб амалиётчи психологи : Довурбоева Д Download 83.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling