6 Adabiyot II qism 2017. p65
iborat mahbuslar orasida o‘zining dushmanga nafrat
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot. 6-sinf. 2-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bularni tatarlarning taniqli shoiri Musa Jalil yozib qoldirdi. Uning tarixi bunday... 1942-yilda urushga ketib ham ... asirlikda ko‘p azoblar tortib qirq
iborat mahbuslar orasida o‘zining dushmanga nafrat,
kelgusi ozod va yorug‘ kunlarga ishonch bilan yo‘g‘rilgan da’vatlari, she’rlari bilan tanildi. 1 8 ! Uning bu faoliyatidan xabar topgan fashistlar, nihoyat, shoirni Berlinga olib kelishib, Moabit turmasining zax va qorong‘i bir kishilik xonasiga tashlashadi... Urushdan keyin Moabit turmasidan qutulib chiqqan belgiyalik partizan Andre Timmermans ismli kishi Brussel (Belgiya)dagi konsulxonaga she’rlar bilan to‘lgan bir yon daftarni olib keladi. U mazkur daftar qamoqxonadagi yaqin do‘sti, tatar shoiri Musa Jalilga tegishli ekanini aytib, ijodkorning o‘zi fashistlar tomonidan vahshiylarcha o‘ldirilganini so‘zlab beradi. Daftarda Musa Jalil- ning o‘limi oldidan yozib qoldirgan quyidagi vasiyati ham bor edi: «Tatarcha yozuvni taniydigan va bu daftarni o‘quvchi do‘stga. Bularni tatarlarning taniqli shoiri Musa Jalil yozib qoldirdi. Uning tarixi bunday... 1942-yilda urushga ketib ham ... asirlikda ko‘p azoblar tortib qirq o‘limdan qolib, oxirida Berlinga keltirildi. Berlinda yashirin siyosiy uyushmada qatnashuvda ayblanib qo‘lga tushdi va turmaga qamaldi. Balki uni o‘lim jazosiga hukm etarlar. U o‘lar. Ammo uning asirlikda va tutqunlikda yozgan 115 she’ri bor. U shular uchun qayg‘uradi. Shuning uchun 115 she’rning 60 tasini bo‘lsa hamki, ko‘chirib qoldirishga tirishdi. Ammo bu kitob qo‘lingga tushsa, she’rlarni yaxshilab diqqat bilan oqqa ko‘chirib saqla, ham urushdan so‘ng Qo- zonga xabar qilib, tatar xalqining marhum shoirining she’rlari deb nashr ettir. Mening vasiyatim shu! Musa Jalil, 1943-yil dekabr». Bu vasiyatnoma yozilganidan keyin oradan bir oy o‘tib – 1944-yilning yanvarida tatar xalqining asl farzandi shoir Musa Jalil fashistlar tomonidan qatl etildi. 1 9 ISHONMA Senga mendan xabar bersalar, «U yiqildi charchab», – desalar, Yo‘q, ishonma, jonim! Bu so‘zni – Do‘stlar aytmas yaqin ko‘rsalar. Bayrog‘imga qon bilan yozgan Ontim undar olg‘a borishga! Haqqim bormi hech qoqilishga, Haqqim bormi charchab-horishga? Senga mendan xabar bersalar, «U Vatanni sotdi» desalar, Yo‘q, ishonma, jonim! Bu so‘zni – Do‘stlar aytmas meni sevsalar. Yurtdan ketdim yurtni, seni deb, Men kurashdim qonli har damda. Yurtni, seni qo‘limdan bersam, Nima qolar menga olamda? Senga mendan xabar bersalar: «Musa o‘ldi endi», – desalar, Yo‘q, ishonma, jonim! Bu so‘zni – Do‘stlar aytmas meni sevsalar. Tuproq ko‘mar tanni, ko‘molmas O‘tli qo‘shiq to‘lgan ko‘nglimni. «O‘lim» deyish mumkinmi, axir, Yengib o‘lgan bunday o‘limni? Musa Jalilning «Moabit daftari»ga kirgan bu she’ri 1943-yil- ning 20-noyabrida, o‘limidan ikki oygina oldin yozilgan. Guvohi bo‘lganimizdek, uning har bir bandi shoirning so‘nggi yillardagi taqdirini o‘zida mujassam etadi. Birinchi va ikkinchi band og‘ir 2 0 ! jangda qattiq yaralanmasin, dushman qurshovini yorib chiqishga urinayotgan, tanasidan mador ketib borayotganiga qaramay, ruhi taslim bo‘lishni istamayotgan jangchi kechinmalarini aks ettiradi. Bilasizki, har bir askar harbiy xizmatga kirar ekan, ont – qasam- yod qabul qiladi. Unda qanday sharoitga tushmasin, qanday qi- yinchiliklarga duchor bo‘lmasin, o‘z vazifasini ado etishga, yur- tiga va xalqiga sadoqatli bo‘lishga qasam ichiladi. She’r qahramo- nining esa bu qasamga qanchalar sodiqligini ontga berilgan ta’rif orqali bilib olamiz: «Bayrog‘imga qon bilan yozgan ontim...» Demak, bu jangchi qasamyodni shunchaki yodlab takrorlagan emas. U o‘z ontiga shu qadar sodiqki, bundan avvalgi janglar davomida bayrog‘iga tomgan qoni bilan ham buni isbotlagan. Avval aytganimizdek, 1942-yilning iyun oyida Musa Jalil dushman qo‘liga asir tushgach, undan oilasiga, yor-do‘stlariga xat-xabar kelishi birdan to‘xtab qoladi. Bunday paytda askar- ning yaqinlariga telegramma orqali «bedarak yo‘qoldi» degan xabar yuborish rasm bo‘lgan edi. Ayrim og‘ziga kuchi yetma- ganlar shunday taqdirga duchor bo‘lgan askarlar haqida «harqa- lay, dushmanga sotilib ketgan bo‘lsa kerak» qabilidagi badgu- mon gaplarni tarqatishdan ham toyishmasdi. Ayni holatni ko‘ngli sezgan shoir she’rning uchinchi-to‘rtinchi bandida bun- ga o‘zining qalb javobini beradi. Bu javob o‘zining qat’iyati, mantig‘i bilan kishini to‘la ishontiradi. Darhaqiqat, yurtdan shu yurtni, yurtdoshlarni deb qonli jangga ketgan chinakam fidoyi inson ona Vatanini yog‘iyga sotishi mumkinmi?! Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling