6 Adabiyot II qism 2017. p65


Agar e’tibor bersangiz, xalqimiz insonning tug‘ilishi-


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/73
Sana08.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1659166
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   73
Bog'liq
Adabiyot. 6-sinf. 2-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)

Agar e’tibor bersangiz, xalqimiz insonning tug‘ilishi-
dan tortib to bu dunyoni tark etish marosimigacha o‘z
tuyg‘ularini mana shu qo‘shiqlar orqali ifoda etadi.
Bugungi kunda respublikamizning turli viloyatlarida faoliyat
ko‘rsatayotgan folklor ansambllari tomonidan o‘zlari mansub
bo‘lgan hududga xos qadimiy qo‘shiqlarni qayta tiklash, ularga
yangi-yangi jilvalar berib boyitish borasida samarali ishlar olib
borilmoqda. Hatto, iste’dodli estrada xonandalari repertuaridan
ham bu qo‘shiqlar munosib o‘rin egallayapti. Yurtimizda har
yili keng nishonlanadigan Navro‘z bayrami tantanalarida esa
xalq qo‘shiqlarining eng sara namunalari kishilar qalbiga ba-
horiy kayfiyat, ertangi kunga komil ishonch tuyg‘ularini sing-
dirmoqda.


2 5
Quyida e’tiboringizga havola etilayotgan xalq qo‘shiqlari biz
ta’riflagan buyuk ummondan tomchilar, xolos. Ularni o‘qing,
kuylang, toki ko‘nglingiz zavq-u shavqqa to‘lsin.
BOYCHECHAK
Boychechagim boylandi,
Qozon to‘la ayrondi.
Ayroningdan bermasang,
Qozonlaring vayrondir.
Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak,
Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak.
Boychechakni tutdilar,
Tut yog‘ochga osdilar.
Qilich bilan chopdilar,
Baxmal bilan yopdilar.
Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak,
Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak.
CHITTIGUL
Chittigul-e, chittigul,
Etagingga gul bosay.
Hay-yu, chittigul,
Hay-yu, chittigul.
Qo‘ling qo‘lbog‘da bo‘lsin,
Beling belbog‘da bo‘lsin.
Hay-yu, chittigul,
Hay-yu, chittigul.
Tapir-tupur ot keldi,
Chiqib qarang – kim keldi?


2 6
Hay-yu, chittigul,
Hay-yu, chittigul.
Aravada un keldi,
Childirmada gul keldi.
Hay-yu, chittigul,
Hay-yu, chittigul.
Gul yaxshi-yu gul yaxshi,
Gulning popugi yaxshi.
Hay-yu, chittigul,
Hay-yu, chittigul.
O‘rtada o‘ynagan qizning
Haydar kokili yaxshi.
Hay-yu, chittigul,
Hay-yu, chittigul.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling