6 Adabiyot II qism 2017. p65
Safarning foydalari to‘g‘risida
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot. 6-sinf. 2-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)
Safarning foydalari to‘g‘risida
Turg‘un yer qayda-yu, aylanuvchi osmon qayda? Bir joyda turgan tuproq qayda-yu, sayr etib yuruvchi yulduz qayda? Biri qimirlamay turgani uchun kishilar oyog‘i ostida poyandoz bo‘ldi; ikkinchisi esa, harakatda bo‘lgani tufayli yuksaklarning yuksagi bo‘ldi. Azob va mashaqqat tavoze va adabning negizidir. Safar esa ranj-mashaqqatga sababdir. Safar – erituvchi va kuydiruvchi ko‘- radir. U erish-kuyish esa er kishining vujud oltinini toblab xom gil(loy)dan tozalovchidir. Safar – ayriliqqa uchraganlarni maqsadiga yetkazuvchi va mahrumlarni murod uyiga olib kiruvchidir. Safar – xom odam- larni pishiruvchi va taomlarni singdiruvchidir. Safar kishilarni 4 2 olam ajoyibotlaridan bahramand qiladi, g‘aroyibotlar dunyosidan xabardor qiladi. Aziz kishilarning mozorlarini ziyorat qilish fayziga mu- sharraf va mukarram bo‘lmoq ham safardan; fayzli, ulug‘ zotlar xizmatida izzat va hurmat topmoq ham safardan. Yo‘lovchining yurishiga quvvat beruvchi ham safar va ko‘ngliga har tomonga borish zavqini soluvchi ham safar. Musofirni turli joy va man- zillar bilan tanishtiruvchi ham u; dunyoni kezish yo‘liga soluv- chi ham u. Issiq-sovuqda jonga orom beruvchi ham u; achchiq- chuchukdan ko‘ngilni ogohlantiruvchi ham u. Safar vodiysida musofirning oyog‘iga ko‘p dard-u balo tikanlari sanchiladi, lekin har qadalgan tikandan bir maqsad guli ochiladi. Yo‘l mashaqqati zarbidan kishining a’zoyi badani qaqshaydi; vujudi yo‘lovchilar oyog‘i bilan toptaladi va har a’zosi u oyoqlar ostida ushaladi. Ammo ko‘nglining vayronligi tuzaladi va ruhi ko‘zgusi ravshan tortib, jilo topadi. Har o‘lkaning go‘zalligi, har manzilning osoyishtaligini safar- da yuruvchilardan so‘ra va musofirlardan eshit. Safar qilmagan orom olish farog‘atini qaydan bilsin? Musofirlik azobini chekma- gan vatandagi hayotning qadrini qaydan anglasin? Oqmaydigan dengiz suvini ichsa bo‘ladimi? Oqar daryoning zilol suvlaridan ichishni tark etsa bo‘ladimi? Odam uchun doim harakatda bo‘lish hayotlikdan asardir; jonsiz mavjudotlar tiriklik nishonasidan bexabardir... T a n b i h (110) Yaxshi odamdan yomonlar ham yomonlik kutmas; yaxshi odam yomonlardan ham yaxshilikni ayamas. Yaxshilik qila olmasang, yomonlik ham qilma. Yaxshilikni yomonlikdan yaxshiroq deb bilmasang, yomonroq deb ham bilma. Yaxshilik qilishni bilmasang, yaxshilarga qo‘shil; yax- shilik atrofida aylana olmasang, yaxshilar atrofida aylan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling