6 Adabiyot II qism 2017. p65
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot. 6-sinf. 2-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bizgacha uning o‘zbek va tojik tillaridagi 12 g‘aza- li, Qo‘qon xoni Amir Umarxonga bag‘ishlangan 1 qa- sidasi va «Zarbulmasal» asari yetib kelgan.
- «ZARBULMASAL»
Savol va topshiriqlar
4 7 ! MUHAMMADSHARIF GULXANIY (XVIII asr oxiri – XIX asrning boshlari) Muhammadsharif Gulxaniy XVIII asr oxiri – XIX asrning 20-yillarida Qo‘qonda yashab ijod qilgan mashhur masalnavis adib va hassos shoirdir. Jo‘shqin fe’lligi va olovqalbligi tufayli o‘ziga Gulxaniy taxallusini tanlagan. Keyinchalik she’rlarida Jur’at taxallusini ham qo‘llagan. Bizgacha uning o‘zbek va tojik tillaridagi 12 g‘aza- li, Qo‘qon xoni Amir Umarxonga bag‘ishlangan 1 qa- sidasi va «Zarbulmasal» asari yetib kelgan. Gulxaniyning hayoti, asosan, Qo‘qon va Namanganda kech- gan. U tirikchilik vajidan hammomda o‘t yoquvchi ham bo‘lgan, Qo‘qon xoni Amir Olimxon navkarlari safida xizmat ham qilgan (1801–1810-yillar). Mustaqil mutolaa yo‘li bilan mumtoz ada- biyotni o‘qib o‘rgangan. Olimxon vafotidan keyin taxtga o‘tirgan Amir Umarxon (shoir Amiriy) Gulxaniyni saroy shoirlari davra- siga jalb etgan. U ko‘proq oddiy insonlarga manzur bo‘ladigan she’rlar, hajviy asarlar bitgan. Gulxaniy o‘zbek va tojik tillarida yaratgan «Barmog‘im», «Ey, to‘ti», «Lola ko‘ksidek bag‘rim...» singari g‘azallarda lirik qahramonning ruhiy kechinmalari ta’sirli ifoda etilgan. Uning «Bideh» (bergil, ber menga) radifli g‘azalida o‘zining navkarlik davridagi og‘ir hayoti tasvirlanadi. Mazkur asarda muallif katta ijtimoiy masalalarni – o‘z davrining harbiy tartibi, rasm-rusum- lari, navkarlar hayotini ta’sirli misralarda bayon etgan. G‘azal- 4 8 ning lirik qahramoni obrazi umumlashma obraz darajasiga ko‘tarilgan. Gulxaniy o‘zining noyob iste’dodi, xalq hayotini kuzatish orqa- li orttirgan tajribasi, turmushga haqqoniy qaray bilishi tufayli xalqchil ijodkor sifatida adabiyotimiz tarixidan munosib o‘rin egallagan. Uning ijodiy merosi hajman katta bo‘lmasa-da, XIX asr o‘zbek milliy adabiyoti rivojiga samarali ta’sir ko‘rsatgan. «ZARBULMASAL» O‘z davri voqeligini badiiy ifoda etgan tanqidiy-hajviy yo‘na- lishdagi «Zarbulmasal» asari Gulxaniyga katta shuhrat keltirdi. Unda hayotning dolzarb muammolari, turli odamlar o‘rtasidagi munosabatlar, xalq turmush tarzi va udumlari haqida majoziy uslubda so‘z yuritiladi. Insonga xos xususiyatlar boshqa jonli va jonsiz narsalarga ko‘chirib tasvirlangan asarlar majoziy asar deyiladi. Gulxaniy ham, qizim, senga aytaman, kelinim, sen eshit, qabilida qushlar misolida o‘z davri voqeligi manzaralarini tasvirlaydi. Toj-u taxt talashlari, urushlar natijasida yurt vayron, xalq xarob bo‘lgan. O‘sha davrda Buxoro va Qo‘qon xonliklari o‘zaro urushib yurganlari uchun ham asarda Buxoro go‘yoki vayronalarga boy muzofot sifatida tasvirlanadi. Qo‘qon ham undan obod emas edi. Adib aytmoqchi, xonning atrofini Bo- yo‘g‘li, Yapaloqqush, Ko‘rqush, Kordon, Kulonkir sulton kabi yomon amaldorlar o‘rab olgan. «Holo, bu turg‘onlaring navola 1 do‘stlari, piyola hariflari 2 , taom yemakka hozir, maslahatga aqli qosir 3 ». Bu ketishda mamlakat vayronaga, shoh uning ustidagi Boyo‘g‘liga aylanib qolishi hech gap emas. Gulxaniyning yirt- qich va aksar tunda ov qiladigan qushlarni o‘z asariga qahramon qilib olishida nozik ishora mavjud. Shuning uchun Ko‘rqush tilidan quyidagicha nasihat qilinadi: «Ulug‘ni borgohinda 4 1 Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling