6 Adabiyot II qism 2017. p65


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/73
Sana08.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1659166
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   73
Bog'liq
Adabiyot. 6-sinf. 2-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)

Savol va topshiriqlar


3 1
!
Alisher NAVOIY
(1441–1501)
Siz buyuk bobokalonimiz hazrat Alisher Navoiy haqida ko‘p
eshitgansiz, kitoblar o‘qigansiz va balki atoqli yozuvchi Oybek-
ning «Navoiy» romani asosida suratga olingan ko‘p qismli
videofilmni ham tomosha qilgansiz. Qolaversa, o‘tgan yilgi
adabiyot darslarida hazratning hayoti va ijodiy faoliyatiga oid
ma’lumotlarni qunt bilan o‘rgangansiz. Har yili 9-fevralda –
shoirning tavallud ayyomida Toshkent shahridagi Milliy bog‘
hamda yurtimizning turli go‘shalarida o‘rnatilgan haykallari
poyiga gullar qo‘yib, ul zot xotirasini yod etish an’anaga ay-
langanini ham bilasiz. Nima uchun shoir bobomizga shunday
ehtirom va e’zoz bildiramiz? Nega asarlarini qayta-qayta nashr
etib keng targ‘ib qilamiz? Chunki
«Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy
madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan
buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namo-
yandasi, millatimizning g‘ururi, sha’n-u sharafini
dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir.
Ta’bir joiz bo‘lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so‘zlovchi
biron-bir inson yo‘qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni
sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa».
1
1
Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: «Ma’naviyat»,
2008. 47-b.


3 2
Darhaqiqat, bobomizning mustaqillik yillarida nashr etilgan
yigirma jildlik mukammal asarlari to‘plamiga kirgan she’r-u
dostonlari, ilmiy va tarixiy asarlari, xotira va yozishmalari ruhiy
dunyomizni nihoyatda boyitadigan, aql-tafakkurimizni charx-
laydigan, yurtimiz tarixi va uning buyuk siymolari haqida juda
qimmatli ma’lumotlar beradigan asarlardir. Mazkur asarlarning
orasida besh ulug‘vor dostonni o‘z ichiga olgan «Xamsa», ayniq-
sa, alohida e’tiborga sazovor. Siz avvalgi sinflarda bobomizning
ijodiy faoliyatlari bilan tanishganingizda, «Xamsa» yaratish juda
mushkul, ammo sharafli hodisa hisoblanganini, jahon adabiyotida
xamsanavislar ko‘p bo‘lgan-u, ammo mukammal «Xamsa» yara-
tish faqat ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy, hind adibi Xisrav
Dehlaviy va fors-tojik adabiyoti namoyandasi Abdurahmon
Jomiyga, o‘zbek hamda boshqa turkiy adabiyot vakillari orasida
esa faqat Alisher Navoiyga nasib etganini bilib olgansiz.
1. Alisher Navoiy hazratlarining xalqimiz ma’naviy hayotida
tutgan o‘rni haqida so‘zlab bering.
2. Nima uchun biz har yili 9-fevral kunini bayram sifatida ni-
shonlaymiz?
3. Alisher Navoiy siymosi aks etgan qanday badiiy kitob va
boshqa san’at asarlarini bilasiz?
4. «Xamsa» so‘zi qanday ma’noni anglatadi va «Xamsa»
yaratgan qaysi ijodkorlarni bilasiz?
5. Yurtimizda Alisher Navoiy nomini abadiylashtirish borasida
qanday ishlar amalga oshirilgan?

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling