6 Adabiyot II qism 2017. p65


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/73
Sana08.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1659166
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   73
Bog'liq
Adabiyot. 6-sinf. 2-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)

!
!
Tog‘ay Murodni iste’dodli yozuvchi sifatida ko‘r-
satgan dastlabki yirik asar 1976-yilda dunyoga keldi.
Bu «Yulduzlar mangu yonadi» nomli qissa edi.
Mazkur asarda yozuvchining qon-qoniga singib ketgan, ming
yillar mobaynida unutilmay, elda ardoqlanib kelayotgan tarixiy
qadriyat – kurash, kurashchi polvonlar, ular orasidagi muomala-
munosabatlar, ziddiyatli hayotiy muammolar qalamga olindi.
Yozuvchining keyingi asari – «Ot kishnagan oqshom» qissasi
(1979-yil) «Yoshlik» jurnalida chop qilinishi bilan butun xalqi-
miz orasida juda tez dovruq qozondi. Chunki bu asarda o‘sha
davr adabiyotida kamdan kam tilga olinadigan ijtimoiy-iqtisodiy
muammolar, butun dunyoga ibrat qilib ko‘rsatiladigan «sovet
kishisi» tabiatiga xos bo‘lgan turfa illatlar badiiy jihatdan ta’sir-
chan va ishonarli tarzda ochib berilgandi. Asardagi qishloq meh-
natkashlarining og‘ir qismati, katta-kichik rahbarlarning ularga
bepisand munosabati, odamlardagi pokiza his-tuyg‘ularning
toptalishi, kuppa-kunduz kuni bo‘layotgan adolatsizliklar tasvir
va talqini haqiqatga tashna o‘quvchilarning qizg‘in e’tirofiga
sababchi bo‘ldi. Mazkur qissa sho‘ro davri adabiyotidagi ko‘plab
boshqa asarlardan oxiri «umidbaxsh sadolar bilan» tugamasligi
jihatidan ham ajralib turardi. Uning so‘ngida odam bolalaridan
cheksiz adolatsizlik, nomardlik, vahshiylik ko‘rgan qissa
qahramoni Ziyodulla chavandoz o‘zining sevimli, vafodor va bir
umrga sadoqatli otidan najot tilaydi!
Aqlli va til-zabonli, kiyim-boshi ozoda va o‘zicha
madaniyatli kimsalar uni urib o‘ldirishga chog‘langan
bo‘lsalar, o‘sha – til-zaboni yo‘q, ongsiz hayvon
sanalmish ot o‘z do‘stini o‘limdan asrab qoladi.
Bir so‘z bilan aytganda, odamni o‘zi singari odam zulmidan
himoya qilish uchun odam topilmaydi, najot faqat hayvonda
qoladi!..


1 2 6
!
Qissaning bunday oshkora tanqidiy ruhi, adolatparvarlik
pafosi o‘z davrining ko‘plab amaldorlari, mafkurachilari g‘ashini
keltirgani, natijada yozuvchi nomi atrofida turli g‘iybat gaplar
tarqatilgani ham ma’lum. Biroq yozuvchi bu malomatlardan
cho‘chib o‘tirmadi, aksincha, oradan bir yil o‘tar-o‘tmas yana bir
ajoyib asarini – «Oydinda yurgan odamlar» qissasini e’lon qildi.
Bu qissaning qahramonlari – Qoplonbek va Oymomo ham
atrofdagilarga faqat yaxshilik tilaydigan, umrini ezgulikka bax-
shida etgan oliyjanob qalb egalaridir. Qissada buyuk muhabbat
tuyg‘usi bilan bir-biriga mangu bog‘langan bu go‘zal insonlar-
ning butun hayot yo‘li oydinda aytilgan qo‘shiqday tarannum
etiladi. Qoplonbekka cheksiz kuch-quvvat, mardlik va shijoat,
Oymomoga behad xushro‘ylikni ato etgan ona tabiat, afsuski,
ularni farzand ne’matidan bebahra qilgandi. Ular umrbod mana
shu ne’mat ilinjida yashashadi, ne-ne gap-so‘zlarga, g‘iybat-pi-
chinglarga chidashadi. O‘zlarini ko‘rsatmagan tabib-u do‘xtirlar,
najot izlab bormagan joy qolmaydi. Farzand sog‘inchi shu qadar
kuchli ediki, yoshi o‘tib, keksayib qolgan Oymomo qo‘shni
kelinning beshikdagi bolasini ovutib o‘tirganda, qup-quruq ko‘k-
siga birdan sut keladi. U so‘nggi nafasidagina onalik baxtidan
bir lahza totinadi-yu, dunyodan ko‘z yumadi...
Har qancha og‘ir bo‘lmasin, oraga tushgan qarindosh-urug‘lar
ularni ajralishib, boshqa oila qurishga zo‘rlashmasin, Qoplonbek
va Oymomo bir-birlaridan voz kechishmaydi. Qissa so‘ngida,
hatto, bu dunyodan ketganlaridan keyin ham ular oppoq oydin
tunlari oydek sokin va unsiz suhbat quradilar. Bu ikki qalbning
muhabbat qissasi eng pokiza insoniy hislar kuylangan abadiyat
qo‘shig‘i bo‘lib qoladi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling