6 Adabiyot II qism 2017. p65
Mazkur to‘rtlikda, biz yuqorida aytganimiz inson
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot. 6-sinf. 2-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol va topshiriqlar
Mazkur to‘rtlikda, biz yuqorida aytganimiz inson
tabiatidagi qonuniyatdan tashqari, lirik qahramonning o‘zi tug‘ilib o‘sgan joylardan ketganiga juda uzoq yillar bo‘lgani, uni bilgan keksalar endi uni unutayozgani, u yo‘q yillar tug‘ilgan bolalarni esa o‘zi tanimasligidek holat ham aks etgan, albatta. Keyingi to‘rtlikda hayotning bundan ham achchiqroq haqiqat- lari ixcham badiiy shaklda ifoda etiladi. Uni ikkiga ajratib tahlil etgan ma’qul. – Ota, narvon bo‘pti anov qo‘sh terak! – Bolam, terak emas, bu umr-ku, bu! Otaning ovuldan uzoq yil uloqib ketgan o‘g‘lining sodda hay- qirig‘iga bildirgan javobida qancha haqiqat, qancha hikmat ja- muljamdir. Avvalo, bir paytlar yashnab turgan terakning oxir- oqibat yog‘ochga – narvonga aylanishi umrning o‘tkinchiligidan, hech narsa boqiy yashamasligidan ogoh etadi. Undan keyin, bu yerda yolg‘iz terak emas, balki qo‘sh terak haqida so‘z bormoq- da. Buni farzandlarini oq yuvib-oq tarab voyaga yetkazish uchun aziz umrini fido aylaydigan ikki jafokash inson – ota va ona timsoli deb tushunsak, to‘g‘ri bo‘ladimi, bolalar? Qolaversa, bu «qo‘sh terak» nega aynan «narvon bo‘pti»? 1 5 7 Savol va topshiriqlar Narvon nima uchun xizmat qiladi? Insonni tepalikka, ba- landlikka, yuksaklikka olib chiqish uchun. «Qo‘sh terak»ning – ota va onaning umri esa farzandlarini shu yuksakliklarga yo‘llash tashvishida kechadi. Ular o‘z yelkalarida kelajakni ko‘tarib tu- radilar! Ajoyib shoir Ibroyim Yusupovning hayoti va ijodi, «Qadrdon so‘qmoqlar» she’rining boshqa xususiyatlarini esa quyidagi savol va topshiriqlarga javob topish asnosida o‘zimiz uchun kashf qilamiz. 1. O‘zbek va qoraqalpoq xalqlarining qadimdan bir oila far- zandlari kabi ahil va inoq yashab kelayotganiga hayotdan mi- sollar keltiring. 2. Ibroyim Yusupovning mehnat faoliyati uning hayoti davomida qaysi sohalar rivojiga ko‘proq hissa qo‘shganini anglatadi? 3. «Qadrdon so‘qmoqlar» she’rining yozilishiga nimalar sabab bo‘lgan, deb o‘ylaysiz? 4. She’rning beshinchi bandini batafsil tahlil etishga harakat qiling. 5. «– Inim, bog‘ga nega bog‘lading eshak? – E, anov chiriy deb qolgan olma-ku!» misralarida hayotning qanday haqiqati ifoda etilyapti? Buni o‘qituvchingiz va sinfdoshlaringiz bilan birgalikda muhokama qiling. 6. «Qadrdon so‘qmoqlar» she’ridan olgan taassurotlaringizni yozma bayon etishga harakat qiling. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling