6-amaliy mashg’ulot. Ko’tаrmаni yon zаxirаdаgi gruntlаrdаn qurish tеxnоlоgik jаrаyonlаri hisоbi Ishning mаqsаdi
Download 377.83 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq6 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bаjаrish tаrtibi
6-amaliy mashg’ulot. Ko’tаrmаni yon zаxirаdаgi gruntlаrdаn qurish tеxnоlоgik jаrаyonlаri hisоbi Ishning mаqsаdi: Tаlаbаlаrni yo‟l pоyini ko‟tаrmаni yon zаxirаdаgi gruntlаrdаn qurish tеxnоlоgik jаrаyonlаri bo‟yichа bilim vа ko‟nikmаlаrni hоsil qilish. Ko‟tаrmаni yon zаxirаdаgi gruntlаrdаn qurish tеxnоlоgik jаrаyonlаri hisоbi Ishni bаjаrish tаrtibi: Tekis yoki past - tepaliklar bo„lgan joylarda avtomobil yo„llarining yo„l poyi, asosan, baland bo„lmagan ko„tarma (0,6-0,8 m, ayrim hollarda 1 m dan katta) ko„rinishida bo„ladi. Bunday ko„tarmalarni qurish uchun nisbatan kam grunt talab qilinganligi sababli yaqin vaqtlargacha yo„l bo„ylab bir yoki ikki tomonidan, uning butun uzunligicha yon rezervdan olingan. Buning natijasida yer ishlari narxi eng kam va yo„l poyi uchun grunt qidirishda bu omil hal qiluvchi ahamiyatga ega bo„lgan. Agar bu masala bir vaqtda sarf-iqtisodi jihatidan ko„rilmasa, bunday yechim oqilona bo‟lmaydi. Yon rezervlar bo„lganda yo„l yer maydonini 2 marta ko„p egallaydi. Yo„l qurilib bo„lgandan so„ng rezerv yerlari ifloslanishi va o„simlik o„sishi natijasida axlat to„planadigan joyga aylanib, yo„l poyining suv-issiqlik tartibini buzadi, yo„lda harakat xavfsizligi ta'minlanmaydi. Shuning uchun juda kam holatlarda yon rezervlardan grunt olib yo„l poyi quriladi. Yon rezervlardagi yo„lning xosil bermaydigan joylaridan o„tganda, quyi darajali yo„l qurilganda va yer qayta tiklanishi kerak bo„lgan, rezerv vaqtinchalik egallagan joylarda o„tkazish oqilona hisoblanadi. Ish buldozer, skreper yoki greyder-elevatorda bajariladi. Buldozer bilan yon rezervdan ko„tarma qurishda ishning texnologiyasi va tashkil etilishi. Odatda, rezervlar ikki tomonda quriladi, agar joylardagi sharoit bunga imkon bermasa, rezerv bitta tomondan chegaralanadi. Rezervning o„lchami ko„tarmaning balandligi va kengligiga qarab belgilanadi. Rezervning chuqurligi suv qochirish imkonidan kelib chiqib olinadi (1 m dan katta emas). Bitta rezerv atrofida uning kengligi va chuqurligi o„zgarmas bo„ladi. Agar qurilayotgan ko„tarmaning yonida grunt yoki boshqa sharoitga asosan yon rezervlar qurish mumkin bo„lmasa, grunt yaqin rezervdan olinadi. Bunday holatlarda rezervdan grunt avval ko„tarma uchun tayyorlangan asosga tashiladi va vaqtinchalik (oraliq) to„plam holida yotqiziladi. Keyin grunt bu to„plamda ko„rsatilgan joyga suriladi. Shu usulda quvurga, kichik ko„priklarga olib keluvchi va pastlik joylardagi ko„tarmalar quriladi. Ko„tarmalar uchun grunt yon rezervdan olinganda buldozerlar quyidagi asosiy ish kompleksini bajaradi: asosni tayyorlash (buldozer bilan o„simlik qatlamini olish); ko„tarmaning tabiiy asosini gruntlarni zichlashtirishda foydalaniladigan mashinalar bilan zichlashtirish; rezervda gruntni kavlash, ko„tarmaga surish; har bir qatlam gruntini buldozer bilan surish; har bir qatlam gruntini katok bilan zichlash; yo„l poyi va rezervning yuzasini avtog‟reyder bilan tekislash; buldozer bilan rezervni tiklash, yon qiyalikka va yo„l yoqasiga gruntni tarqatish. Rezervda gruntni kavlash, gorizontal qatlam qilib ko„tarmaga surish va tarqatishni transheya usulida buldozer bajaradi (6.1-rasm). Buldozer bilan gruntni birinchi qirqish rezervning ichki qismida olib boriladi, keyingilari - tashqarisidan shunday qilinadiki, unda yo„l o„qiga perpendikulyar bitta chuqur bo„lmagan transheya xosil bo„lsin. Kesilgan grunt ko„tarmaga suriladi va qatlamlab, 0,20-0,25 sm qalinlikda shuningdek yo„l o„qiga perpendikulyar (gruntlarni zichlashtirish uchun qo„llanadigan mashinalarga bog„liq holda) tekislanadi. Qirqishni birinchi transheyaga parallel holda undan 0,5-0,8 m masofada olib boriladi. Keyinchalik qirqishni hamma masofa uchun ketma-ket qirqilib bu masofada ko‟tarmaning birinchi qatlamining hammasi uchun grunt olinadi. Ko‟tarmaning birinchi qatlamini tekislab va zichlab bo„lgandan so„ng transheya xosil bo„lgan joyda yangidan grunt buldozer bilan qirqiladi va shu tariqa ko„tarmaning ikkinchi qatlami uchun grunt olinadi. Bu jarayon bir necha marotaba, ko„tarmani qurish kerak bo„lgan miqdorda bajariladi. Gruntlarni kavlashda ko„tarmaning oxirgi qatlami uchun transheya oralig„ida “devor” xosil qilinadi va undagi grunt ko„tarmaning oxirgi qatlamiga suriladi. Download 377.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling