6-amaliy mashg’ulot. Ko’tаrmаni yon zаxirаdаgi gruntlаrdаn qurish tеxnоlоgik jаrаyonlаri hisоbi Ishning mаqsаdi
Download 377.83 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq6 (1)
15.1- rasm. Rezervdan gruntni kavlab ko‘tarmaga surish Gruntlarni tekislash va qatlamlar yuzasini rejalashtirish buldozer yoki avtog‟reyder bilan bajariladi. Ko„pincha, dastlabki tekislashni 6.5-rasmda ko„rsatilgan usulda gruntni yotqizish jarayonida amalga oshiriladi. Gruntlarni qatlamlab tekislash va yuzani rejalashtirish har bir qatlamni yotqizgandan so„ng yo„l poyining kengligi va qamrab olish masofasi bo„yicha bajariladi. Ko„tarmaning yuqori qatlami yuzasiga yo„l o„qidan yo„l poyi qoshiga qarab 20 - 40‰ ko„ndalang kesim beriladi. Agar ish jaroyonida uzoq muddat tanaffus qilinsa, yomg„ir suvlarini qochirish uchun, boshqa qatlamlarning yuzasiga ham shunday qiyalik beriladi, boshqa holatlarda yuzani gorizontal qilinadi. Ishni boshlashdan avval mashinist qamrab olish masofasining boshida avtog‟reyderni to„xtatadi, ag‟dargichni ishchi holatga keltiradi va yo„l qoshidan o„qiga qarab har bir avvalgi o„tishni 0,6 m yopib, ketma-ket o„tish bilan to„kilgan qatlamni tekislaydi. Har bir ishchi o„tishning oxirida mashinist ag‟dargichni ko„tarib, ko„tarmadan tashqariga chiqmasdan aylanadi. Birinchi o„tishda avtog‟reyder g„ildiragi ko„tarmaning qoshidan 1 m dan yaqin bo„lmagan masofada turishi kerak. Ish jarayonida qirqish burchagi α=45†50 o , qiyalik burchagi γ=2 o , qamrab olish burchagi β=70†75 o ga teng bo„ladi. Avtog‟reyder bilan yon rezervdan ko„tarma qurish. Avtog‟reyderlar, asosan, gruntlarni tekislash va rejalashtirish ishlarini bajarish uchun mo„ljallangan. Ulardan qumlarni, chaqiqtoshlarni va shag‟allarni tekislash va rejalash, yo„ldan qorni tozalashda foydalaniladi. Yon rezervdan grunt olib ko„tarma qurishni ularning eng katta balandligi 0,8 m bo„lganda bajarish mumkin. Avtog‟reyder bilan ishni bajarish texnologik jarayonlari bir necha ketma-ket bajariladi: gruntni qirqish, ko„ndalangiga surish, qatlamlab tekislash. Rezervni qirqish ichki qoshidan boshlanadi. Gruntni surish bir necha o„tish bilan amalga oshiriladi; bu jarayon eng og„iri bo„lib, umumiy o„tish sonining 75 % ni tashkil qiladi. Shuning uchun ayrim hollarda qirqish ikki marta qirqish bajariladi, qirqilgan grunt suriladi. Gruntni yotqizish ikkita usuldan birida amalga oshiriladi - yarim siqish (vrazbejku) i to„liq siqish. Avtog‟reyder bilan surilgan gruntni to„plam va to„da holda qoldirmasdan darrov tekislash kerak. Nazorat savollari: 1. Ko‟tаrmаni yon zаxirаdаgi gruntlаrdаn qurish tеxnоlоgik jаrаyonlаrini tushuntirib bеring? 2. Ko‟tаrmаni yon zаxirаdаgi gruntlаrdаn qurishdа qаndаy mаshinа-mехаnizmlаrdаn fоydаlаnilаdi? 3. Yon zаxirаdаgi gruntlаr qаndаy pаydо bo‟lаdi? 4. Buldozer bilan yon zаxirаdаn ko„tarma qurishda ish texnologiyasini gаpirib bеring? 5. O‟simlik qаtlаmi nimа uchun qirqilаdi? 6. O‟simlik qаtlаmi nеchа sаntimеtr qirqilаdi? O‟simlik qаtlаmini qirqishdа qаndаy tехnikаlаrdаn fоydаlаnilаdi? Download 377.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling