6-amaliy mashg’ulot mavzu: Beruniy, Ibn Sino, Al-Farobiy hayoti va ijodi Reja


Forobiyning hayoti va ilmiy faoliyati


Download 257.5 Kb.
bet3/5
Sana02.01.2022
Hajmi257.5 Kb.
#194270
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-amaliy mashg'ulot

3. Forobiyning hayoti va ilmiy faoliyati.

Abu Nasr Muhammad Ibn Ulug’bek Tarxon Forobiy 873 yilda Aris

daryosining Sirdaryoga qo’yiladigan joyda (hozirgi Toshkentdan taxminan 200 km

shimoli-g’arbda) Forob degan joyda tug’ilgan. Forob keyinchalik O’tror degan nom olgan. Forobiy turkiy qabilalardan bo’lgan oilada tug’ilgan va boshlang’ich

ma’lumotni turkiy tilda olgan.

Forobiy yashagan davrda O’rta Osiyoda feodal urushlar avjga chiqqan, ilm va ma’rifat e’tiborsiz qolgan edi. Shu sababli ko’p olimlar arab xalifaligining markaziy shaharlariga, masalan, Bag’dod shahriga borib, o’z bilimlarini oshirishga harakat qilar edilar. Forobiy shu maqsad bilan Bag’dodga jo’naydi.

Forobiy Bag’dodda tashkil etilgan. «Baytul-hikmat» da xalifalikning turli

o’lkalaridan, jumladan O’rta Osiyodan kelgan yirik olimlar bilan birga hamkorlik

qildi, ulardan ko’p ilmlarni o’rgandi. Farobiy matematika va mantik ilmiga ko’p

qiziqdi. U turli tillarni o’rganish bilan shug’ullanib, arab tilini ham Bag’dodda

o’rgandi. Forobiy doriy (fors-tojik) yunon, suryoniy kabi ko’p tillarni bilgan.

X asr boshlarida feodal urushlar va sinfiy kurash avj olib, Bag’dodda

notinchlik vujudga keladi. Reaksion ruhoniylarning ta’siri kuchayadi. Bular

natijasida Forobiyning yashash sharoiti qiyinlashadi, ahvoli og’irlashadi.

Forobiy 941 yilda o’sha davrning markaziy shaharlaridan bo’lgan Damashqqa keladi. Bu shaharda Forobiy jismoniy mehnat bilan shug’ullanib kun kechirishga majbur bo’ladi.

Forobiy o’z davrining mashhur faylasufi bo’lib, juda ko’p fanlar sohasida

ilmiy ish olib borgan, muciqa sohasida ajoyib talantga ega bo’lgan, o’z

zamonasining olimlari orasida katta hurmat va obro’qozongan o’tkir mutafakkir

olim hisoblanadi.

Forobiy 950 yilda hozirgi Suriyaning Damashq shahrida vafot etgan.

Jamoliddin ibn al-Kiftiy Forobiyning 72 asari nomini keltiradi. Lekin bizning davrimizgacha Forobiyning faqat 40 ta asari yetib kelgan, xolos.

O’zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi M.M.Xayrullayev Forobiy

ijodini o’rganish sohasida bir necha manbalarda yozilishicha Forobiy Damashq

chekkasida oddiy bog’bon bo’lib ishlagan, u kechalari ilmiy ish bilan shug’ullanib,

risolalar yozgan va chiroq sotib olishga puli bo’lmay, qorovul chirog’idan

foydalanganligini ta’kidlaydi. Mana shunday sharoitda Forobiy 942 yilda

Bag’dodda boshlagan eng katta asari «Fozil shahar fuqarolarining fikrlari» nomli

kttobini Damashqda yozib tamomlaydi.

Forobiy Damashqdan so’ng Xalab, Xarron va Misr shaharlariga boradi,

ulardagi olimlar bilan tanishadi. Mashhur olim Forobiy kamtar, ilmga juda berilgan kishi bo’lgan. U o’z Vatani Forobdan juda uzoqda yashasa ham o’z ona tili-turkiy tilni unutmagan. Umrining oxirgi kunlarigacha ona-Vatani O’rta Osiyoni sevgan. O’z milliy kiyimida yurgan.




Download 257.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling