6-amaliy mashg’ulot mavzu: Beruniy, Ibn Sino, Al-Farobiy hayoti va ijodi Reja
Abu Ali Husayn ibn Abdulloh ibn Sino
Download 257.5 Kb.
|
6-amaliy mashg'ulot
2.Abu Ali Husayn ibn Abdulloh ibn Sino
(6.08.980-18.06.1037) faylasuf-tabiatshunos, tabib, matematik, hozirgi Buxoroga yaqin Afshona qishlog’ida tug’ilgan. Xorazm va Eronda ishlagan. Asosiy asarlari: «Tib qonunlari», «Ash-shifo», «Najot», «Ishorat va tanbih», «Donishnoma» va «Urjuz». Bulardan «Ash-shifo» va «Donishnoma»da matematikaga bag’ishlangan maxsus bo’limlar bor. «Donishnoma» (1030-1035 yillar) Isfahon shahrida yozilgan bo’lib, geometrik mazmunli ma’lumotlar bayon qilingan va planimetriya va stereometriyaga bag’ishlangan. U shuningdek, Yevklidning «Negizlar»- sharhini o’z ichiga oladi. «Ash-shifo» (1020-1032 yillar) (Hamadon va Isfahon shaharlarnda yozilgan) asarida matematikaga oid «qisqartirilgan Yevklid», «Qisqartirilgan Almagest», «Sonlar fani», «Musiqa fani» deb atalgan bo’limlar bo’lib, sonlar haqidagi ta’limot, geometrik aksiomatikani takomillashtirishga harakat qilgan. Ta’riflar, postulat, aksioma va teoremalar va ularning isbotlarining joylashtirish tartibi to’g’risida ma’lum fikrlarga ega bo’lgan. Yevklid V postulatini isbotlashga harakat qildi va undan farqli o’laroq «chiziqlarni ko’paytirish» haqida muloxaza yuritadi, bunda «tuzma nisbat» ta’rifini beradi. 1980 yilda uning tug’ilganiga 1000 yil to’lishi nishonlandi. Uning nomi bilan bir qator joylar jumladan Toshkentdagi ko’krak jarroxligi. ilmgoxi, Buxoro viloyat kutubxonasi ataladi. Oynnng ko’rinib turgan tomonidagi bir kraterga ibn Sino nomi berilgan. SHarqning buyuk allomalaridan Abu Ali al-Xusayn ibn Sino (980-1027). U 200ga yaqin asar yozgan bo’lib, bulardan kam qismi bizgacha etib kelgan. Mashxur asarlaridan: “ Tib konunlari kitobi” (“kitob ash-shifo”), “ Najot kitobi “( “Kitob an-najot “), “ Bilim kitobi “ ( “Donishnoma”). Arfmetikada : natural sonlarning xossalari, Erotosfen g‘alvirining tuzulishi xakida kolgan, naturol sonlar ustida amallar va ularning xossalari, ayirmasi birga teng bulgan arifmetik progressiyaning istalgan xadini va yig‘indisini topish,natural sonlar darajasi xakida tushuncha kabi masalalar bilan shug‘illanadi . Ammallarni tug‘riligini tekshiruvchi vosita sifatida (Mezon) tukkiz bilan tekshirish usulini kvadrat va kubga kutarishga tatbik etadi. Nisbatlar va sonli va geometrik mikdorli progressiyalarni Evkliddan farkli ularok bir-bir bilan uzviy bog‘langan holda karaydi. U ikkison nisbatini kasr son bilan almashtiradi. Bunday yodlanish kelgusida Umar hayyom va Nasriddin Tusiylar tomonidan rivojlantirib son tushunchasini musbat hakikiy sonlargacha kengaytirish imkonini beradi. “ SHifo kitob” asarining geometriyaga bag‘ishlangan kismida planmetriya va stereometriya tegishli temalarni 74 tarif, 7 postulat, 5 aksima va 255 teorima orkali bayon etadi Xarakat tushunchasini keng kullashi natijasida bazi teorimalarni Evklidga nisbatan kmska va soddarok usulda isbotlaydi. Evklidning V postulati esa bu aksimalar sistemasidan tashkarida bo’lib, teorema sifatida “isbotlangan”
Download 257.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling