6-amaliy mashg’ulot Mavzu
Download 254.42 Kb. Pdf ko'rish
|
Mavzu Analog modulyatsiya, raqamli kodlash va analog signallarn
- Bu sahifa navigatsiya:
- haqida tushunchalarga ega bo’lish.
6-amaliy mashg’ulot Mavzu: Analog modulyatsiya, raqamli kodlash va analog signallarni diskret modulyatsiyalash. Ishdan maqsad: Analog modulyatsiya, raqamli kodlash va analog signallarni diskret modulyatsiyalash haqida tushunchalarga ega bo’lish. Kerakli jihozlar: Kompyuter, Cisco Packet Tracer. Uzluksiz signalning vaqt bo’yicha diskretizatsiyasida (1.1-rasm) signalning xamma qiymatlari emas, balki uning diskretizatsiya davri Td deb ataladigan mahlum vaqt oralig’idagi amplituda qiymatlari uzatiladi. Mahlum diskretizatsiya davri tanlanganda, diskret vaqt qiymatlarida uzatilayotgan uzluksiz signal amalda buzilmasdan to’g’rilanishi mumkin. Xosil bo’lgan signal vaqt bo’yicha diskret bo’lib, amplituda bo’yicha esa uzluksiz, chunki uzluksiz signalning dinamik diapazoni chegarasida uning amplituda bo’yicha vaqt qiymatlari bir-birlariga juda yaqin bo’lishi mumkin. Uzluksiz signalning amplituda bo’yicha diskretizatsiyasida (1.2-rasm) uning faqat oldindan tanlangan amplituda qiymatlari beriladi, ular bir-birlaridan mahlum o’zgarmas qiymat bilan farqlanadi, u satx bo’yicha kvantlash qadami deb ataladi va A bilan belgilanadi. Amplituda bo’yicha kvantlangan signal berilgan uzluksiz signaldan farq qiladi, bu esa boshlang’ich va satx bo’yicha kvantlangan signallar orasidagi ayirma bilan aniqlanadigan kvantlash xatoligiga olib keladi. Vaqt va amplituda bo’yicha diskret bo’lgan signalda (1.3-rasm) vaqt bo’yicha diskret bo’lgan signalni satx bo’yicha kvantlash orqali olish mumkin. Olingan signalning amplituda qiymatlari diskret xisobotning xaqiqiy qiymatlaridan farq qiladi, bu esa satx bo’yicha kvantlash xatoligiga olib keladi. Vaqt va amplituda bo’yicha diskret bo’lgan raqamli signalda (1.4- rasmda) amplituda bo’yicha kvantlash satxining xar biriga uning raqami beriladi, uning qiymati esa o’nlik sistemasidan ikkilik sistemasiga aylantiriladi. Shuning uchun signalning o’lchamlarini amplitudasi bilan bermasdan ikkilik sistemasida ifodalangan tegishli kvantlash satxida raqamlangan gurux impulslarini, yahni raqamli signalni uzatish mumkin. U impulslar ketma-ketligini tashkil qiladi, yahni impuls bo’lsa bir uzatilganligmi, impuls bo’lmasa nol ulalilnanligini ko’rsatadi. Raqamli signallar analoglisignallarga nisbatan xalaqitga chidamliligi yuqori, chunki shovqin fonida ularni aniqlash impulsning borligiga yoki uning yo’qligiga bog’liq. Shunday qilib, signallarning aylantirilishi nuqtai nazaridan raqamli uzatish sistemasining tarkibiy sxemasi 1.5-rasmdagi ko’rinishda bo’lishi munikin. Uzluksiz analog signali axborot manbai (AM) dan diskretizator (D) ga keladi, unda signal vaqt bo’yicha diskretli o’lchamlarga aylantiriladi. Kvantlash qurilmasi (KQ) da amplituda bo’yicha signalning vaqt o’lchamlari kvantlanadi. Analog — raqam aylantirgichi (ARA) da vaqt va amplituda bo’yicha analogli signal raqamli signalga aylantiriladi. Qabulda, raqam-analog aylantirgichi (RAA) da, aksincha, raqamli signal vaqt va amplituda bo’yicha diskret bo’lgan analogli signalga aylantiriladi, to’g’rilovchi qurilma (TQ) esa axborot priyomnigi (AP) ga keladigan uzluksiz signalni qayta to’g’rilaydi. Uzluksiz signallarni raqamli shaklga va raqamli signallarni uzluksiz signalga aylantirishda uzatilayotgan xabarlarda signal buzilishlari xosil bo’ladi, ular KQ da diskretizatsiya natijasida kvantlash xatoligi va TQ da uzluksiz signallarning buzilishi natijasida kelib chiqadi. 1.2. IMPULS MODULYATSIYASI Kotelnikov teoremasi. Diskret o’lchamli uzluksiz signalni uzatish imkoni 1933-yilda V.A.Kotelnikov tomonidan asoslab berilgan. lining teoremasiga asosan, yuqori chastotali Fyu spektri bilan chegaralangan liar qanday uzluksiz signal o’zining ketma-ket keladigan diskret o’lchamlari Td < 1/2 Fyu ga teng bo’lgan vaqt oralig’i orqali aniqlanadi. SHunday qilib, agar chegaralangan U(t) spektrli uzluksiz signalini uzatish talab qilinsa, signalning xammasini uzatish shart emas, balki vaqt oralig’i Td bilan o’lchangan signalning tasodifiy qiymatini uzatish kifoyadir (1.1-rasmga qarang). SHunga muvofiq signalning diskret o’lchamli chastota qaytarilishi, yahni chastota diskretizatsiyasi Fd>2Fyu ga teng. Qabul punktida uzluksiz signalni ketma-ket diskret o’lchamlardan qayta to’g’rilash uchun chastota kesimi Fyu ga teng bo’lgan past chastotali filtr (PCHF) ishlatiladi. Mahlumki, Fyu chastota kesimi bilan chegaralangan ideal PCHF ning chaqirig’i uning kirishiga berilgan juda kichik to’g’ri burchakli impuls 1.6-rasmda ko’rsatilgan ko’rinishda bo’ladi. Agar bunday filtrning kirishiga uzluksiz signalning diskret o’lchamlariga mos bo’lgan, ketma-ket qisqa impulslar berilsa (1.7- rasm), unda filtrning chiqishida uzatilgan uzluksiz signal aloxida chaqiriqlarning qo’shilishi natijasida yana qayta to’g’rilanadi. Download 254.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling