6-amaliy mashg’ulot Mavzu


Download 254.42 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.02.2023
Hajmi254.42 Kb.
#1168533
Bog'liq
Analog modulyatsiya, raqamli kodlash va analog signallarni diskret modulyatsiyalash



6-amaliy mashg’ulot 
Mavzu: Analog modulyatsiya, raqamli kodlash va analog signallarni diskret 
modulyatsiyalash. 
Ishdan maqsad: Analog modulyatsiya, raqamli kodlash va analog signallarni 
diskret modulyatsiyalash haqida tushunchalarga ega bo’lish. 
Kerakli jihozlar: Kompyuter, Cisco Packet Tracer. 
Uzluksiz signalning vaqt bo’yicha diskretizatsiyasida (1.1-rasm) signalning 
xamma qiymatlari emas, balki uning diskretizatsiya davri Td deb ataladigan mahlum 
vaqt oralig’idagi amplituda qiymatlari uzatiladi. Mahlum diskretizatsiya davri 
tanlanganda, diskret vaqt qiymatlarida uzatilayotgan uzluksiz signal amalda 
buzilmasdan to’g’rilanishi mumkin. Xosil bo’lgan signal vaqt bo’yicha diskret 
bo’lib, amplituda bo’yicha esa uzluksiz, chunki uzluksiz signalning dinamik 
diapazoni chegarasida uning amplituda bo’yicha vaqt qiymatlari bir-birlariga juda 
yaqin bo’lishi mumkin. 
Uzluksiz signalning amplituda bo’yicha diskretizatsiyasida (1.2-rasm) uning 
faqat oldindan tanlangan amplituda qiymatlari beriladi, ular bir-birlaridan mahlum 
o’zgarmas qiymat bilan farqlanadi, u satx bo’yicha kvantlash qadami deb ataladi va 
A bilan belgilanadi. Amplituda bo’yicha kvantlangan signal berilgan uzluksiz 
signaldan farq qiladi, bu esa boshlang’ich va satx bo’yicha kvantlangan signallar 
orasidagi ayirma bilan aniqlanadigan kvantlash xatoligiga olib keladi. 
Vaqt va amplituda bo’yicha diskret bo’lgan signalda (1.3-rasm) vaqt bo’yicha 
diskret bo’lgan signalni satx bo’yicha kvantlash orqali olish mumkin. Olingan 


signalning amplituda qiymatlari diskret xisobotning xaqiqiy qiymatlaridan farq 
qiladi, bu esa satx bo’yicha kvantlash xatoligiga olib keladi. 
Vaqt va amplituda bo’yicha diskret bo’lgan raqamli signalda (1.4- rasmda) 
amplituda bo’yicha kvantlash satxining xar biriga uning raqami beriladi, uning 
qiymati esa o’nlik sistemasidan ikkilik sistemasiga aylantiriladi. Shuning uchun 
signalning o’lchamlarini amplitudasi bilan bermasdan ikkilik sistemasida 
ifodalangan tegishli kvantlash satxida raqamlangan gurux impulslarini, yahni 
raqamli signalni uzatish mumkin. U impulslar ketma-ketligini tashkil qiladi, yahni 
impuls bo’lsa bir uzatilganligmi, impuls bo’lmasa nol ulalilnanligini ko’rsatadi. 
Raqamli signallar analoglisignallarga nisbatan xalaqitga chidamliligi yuqori, chunki 
shovqin fonida ularni aniqlash impulsning borligiga yoki uning yo’qligiga bog’liq. 
Shunday qilib, signallarning aylantirilishi nuqtai nazaridan raqamli uzatish 
sistemasining tarkibiy sxemasi 1.5-rasmdagi ko’rinishda bo’lishi munikin. Uzluksiz 
analog signali axborot manbai (AM) dan diskretizator (D) ga keladi, unda signal 
vaqt bo’yicha diskretli o’lchamlarga aylantiriladi. Kvantlash qurilmasi (KQ) da 
amplituda bo’yicha signalning vaqt o’lchamlari kvantlanadi. Analog — raqam 
aylantirgichi (ARA) da vaqt va amplituda bo’yicha analogli signal raqamli signalga 
aylantiriladi. 


Qabulda, raqam-analog aylantirgichi (RAA) da, aksincha, raqamli signal vaqt 
va amplituda bo’yicha diskret bo’lgan analogli signalga aylantiriladi, to’g’rilovchi 
qurilma (TQ) esa axborot priyomnigi (AP) ga keladigan uzluksiz signalni qayta 
to’g’rilaydi. 
Uzluksiz signallarni raqamli shaklga va raqamli signallarni uzluksiz signalga 
aylantirishda uzatilayotgan xabarlarda signal buzilishlari xosil bo’ladi, ular KQ da 
diskretizatsiya natijasida kvantlash xatoligi va TQ da uzluksiz signallarning buzilishi 
natijasida kelib chiqadi. 
1.2. IMPULS MODULYATSIYASI 
Kotelnikov teoremasi. Diskret o’lchamli uzluksiz signalni uzatish imkoni 
1933-yilda V.A.Kotelnikov tomonidan asoslab berilgan. lining teoremasiga asosan, 
yuqori chastotali Fyu spektri bilan chegaralangan liar qanday uzluksiz signal 
o’zining ketma-ket keladigan diskret o’lchamlari Td < 1/2 Fyu ga teng bo’lgan vaqt 
oralig’i orqali aniqlanadi.
SHunday qilib, agar chegaralangan U(t) spektrli uzluksiz signalini uzatish talab 
qilinsa, signalning xammasini uzatish shart emas, balki vaqt oralig’i Td bilan 


o’lchangan signalning tasodifiy qiymatini uzatish kifoyadir (1.1-rasmga qarang). 
SHunga muvofiq signalning diskret o’lchamli chastota qaytarilishi, yahni chastota 
diskretizatsiyasi Fd>2Fyu ga teng. 
Qabul punktida uzluksiz signalni ketma-ket diskret o’lchamlardan qayta 
to’g’rilash uchun chastota kesimi Fyu ga teng bo’lgan past chastotali filtr (PCHF) 
ishlatiladi. 
Mahlumki, Fyu chastota kesimi bilan chegaralangan ideal PCHF ning 
chaqirig’i uning kirishiga berilgan juda kichik to’g’ri burchakli impuls 1.6-rasmda 
ko’rsatilgan ko’rinishda bo’ladi. 
Agar bunday filtrning kirishiga uzluksiz signalning diskret o’lchamlariga mos 
bo’lgan, ketma-ket qisqa impulslar berilsa (1.7- rasm), unda filtrning chiqishida 
uzatilgan uzluksiz signal aloxida chaqiriqlarning qo’shilishi natijasida yana qayta 
to’g’rilanadi. 

Download 254.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling