6-amaliy mashg’ulot mavzusi maxsus fanlardan o’quv va malakaviy pedagogik amaliyotni tashkil etish metodikasi reja
Download 57 Kb.
|
6-AMALIY MASHGULOT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanish uchun adabiyotlar 1.
- 1 - Sinfdan tashqari ishlar
- 3 - O’quv va malakaviy pedagogic amaliyot yuzasidan hisobot hujjatlarini tayyorlash.
6-AMALIY MASHG’ULOT MAVZUSI Maxsus fanlardan o’quv va malakaviy pedagogik amaliyotni tashkil etish metodikasi REJA: Auditoriyadan tashqari mashg’ulot shakllari haqida tushuncha. O’quv va malakaviy pedagogik amaliyotni tashkil etish metodikasi. O’quv va malakaviy pedagogic amaliyot yuzasidan hisobot hujjatlarini tayyorlash. Foydalanish uchun adabiyotlar 1. Толипов Ў. Қ. Педагогик технологиялар нинг татбиқий асослари - Ўқув қўлланма. Тошкент : Фан, 2006. - 264 б. 2. Подласый И. П. Педагогика. Учебник. Москва : Высшее образование, 2007. - 544 с. 3. Kolechenko.K., Ensiklopediya pedagogicheskix texnologiy. . – M.: Karo, 2005 4. Xudoyqulov X., Kenjaboyev A.E. Pedagogik mahorat asoslari. O’quv qo’llanma – Toshkent, Navro’z nashriyoti, 2012 y. 5. Kenjaboyev A.E., Eragasheva O. Pedagogik texnologiyalar ta’lim samaradorligining muhim omili. Uslubiy qo’llanma – T.: Navro’z, 2012 y. 6. Xodjayev B. Umumiy pedagogika. Darslik – T.: SANO-STANDART, 2017 yil. 7. Elektron ta’lim resurslari Izoh: amaliy mashg’ulot rejasida berilgan savollarga yuqorida keltirilgan adabiyotlardan foydalangan holda qisqa, aniq va mazmunli javob variantini (qo’lyozma konspekt, slayd-taqdimot yoki Word dasturi yordamida elektron shaklda) tayyorlab elektron ta’lim platformaga joylashtiring. Javob variant hajmi 4-5 sahifagacha. 1 - Sinfdan tashqari ishlar — umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquv tarbiyaviy ishining tarkibiy qismi, oʻquvchilarning boʻsh vaqtini tashkil etish shakllaridan biri. Sinfdan tashqari ishlari. oʻquvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirish va ularni hayotga tayyorlashda keng imkoniyatlar yaratadi. Sinfdan tashqari ishlari.ga oʻquvchilar bilan oʻtkaziladigan va ularga tarbiya hamda bilim berishga qaratilgan turli xil mashgʻulotlar tizimi kiradi. Bunday mashgʻulotlar pedagogikjamoa, sinf rahbari, yoshlar tashkilotlari rahbarligi va bolalarning oʻz-oʻzini boshqarish tashkilotlari tomonidan daredan tashqari vaqtda uyushtiriladi. Oʻquvchilarning Sinfdan tashqari ishlari.ni tashkil etishda oʻquvchilar saroylari, yosh texniklar, yosh gabiatshunoslar, yosh sayyoxlar klubi va maktabdan tashqari boshqa muassasalar katta yordam beradi. Sinfdan tashqari ishlari.ning asosiy shakllari sifatida ommaviy ishlar (maktab klublaridagi tadbirlar, kecha, munozara va tanlovlar oʻtkazish, viktorina va koʻrgazmalar uyushtirish, tabiat qoʻyniga, maktab va muzeylarga ekskursiyalarga chiqish), toʻgarak ishlari (oʻquvchilarning turli toʻgaraklar, sport seksiyalari, ansambllardagi qatnashishlari), mustaqil ishlar (oʻquvchilarning sinfdan tashqari oʻqishi, kolleksiya toʻplashi, texnika, musiqa, tasviriy sanʼat, chizmachilik va sh.k. bilan mustaqil shugʻullanishi)ni koʻrsatish mumkin. 2 - O’quv-ishlab chiqarish ishlarini me`yorlashning pedagogik ahamiyati shundaki, o’qituvchi o’quvchilardan har bir topshiriqni belgilangan vaqt me`yorida bajarishlarini talab qilar ekan, ularni mehnatning yuqori unumdor usullarini egallashga undaydi, maqsadga erishishda qat`iylikni tarbiyalaydi, ijodiy qobiliyatni o’stiradi. Tajriba ko’rsatishicha, o’quv ishlab chiqarish ishlarini me`yorlashga etarlicha baho bermaslik o’quvchilar mehnatining unumdorligini pasaytiradi, davr talablaridan orqada qolishga sabab bo’ladi. O’quvchilar tomonidan bajariladigan o’quv-ishlab chiqarish ishlarini me`yorlash quyidagi maqsadlarni ko’zda tutadi: Ishlab chiqarish ilg’orlarining ish metodlari va usullarini o’quvchilar tomonidan asta-sekinlik bilan egallashga yordam berishni; o’quvchilarga vaqt faktorlarini qadrlashga o’rgatish va shu orqali o’qitishning oxiriga kelib korxonalarda shunga muvofiq kasb va malaka darajasidagi ishchilar uchun belgilangan me`yorlarni egallashlarini ta`minlashni; ishlab chiqarish ta`limini to’g’ri rejalashtirish va mavjud jihozlardan to’g’ri foydalanish uchun boshlang’ich ma`lumotlarni aniqlashni; o’quvchilarning belgilangan me`yorini bajarish ko’rsatkichlari asosida ularning ishlab chiqarish ta`limi bo’yicha o’zlashtirishlarini oqilona baholashga yordam berishni; kasb-hunar kollejlarida o’quvchilar ishini texnik me`yorlash, ishlab chiqarish imkoniyatlari, texnologik jarayonga muvofiq ish rejimlari va ishlab chiqarish ilg’or tajribalarini hisobga olib o’tkaziladi. Tashkiliy-texnikaviy va boshqa xarakterdagi kamchiliklar natijasidagi yo’qotishlar vaqt me`yoriga kirmaydi. SHogirdlik vaqt me`yorlarini to’g’ri aniqlash va qo’llash o’quvchilarda rejalashtirish va o’z faoliyatlaricha nazorat qilish malakalarining vujudga kelishiga, kasb mahoratining mukammallashib borishiga, umuman kasbiy-texnikaviy tayyorgarlik sifatining yaxshilanishiga ta`sir qiladi. Me`yorlash metodlari. O’quvchilarga ishlab chiqarish ta`limi berishda ikki asosiy davrni: operatsion va kompleks davrni ajratib ko’rsatish mumkin. Operatsion davrda dastlabki malakalar shakllansa, kompleks davrda ular mukammallashadi va mustahkamlanadi. Operatsion davr o’qituvchi o’quvchilarga mazkur mehnat operatsiyasini tashkil etuvchi ayrim harakat va usullarni to’g’ri hamda maqsadga muvofiqroq bajarishga o’rgatadi. Bu davrda o’quvchilarga vaqt me`yori (yoki mahsulot tayyorlash me`yori) haqida gapirish salbiy natijalar berishi mumkin, chunki buning oqibatida ularning e`tibori ishning sifat tomoniga emas, balki miqdor ko’rsatkichlariga qarab yo’llanishi mumkin. SHuning uchun ham o’quvchilar asosiy ish usullarini, ya`ni mehnat 46 operatsiyalarini o’rganayotganlarida ularga me`yor haqida hech narsa gapirilmaydi. Ular faqat ma`lum ishlarning bajarilishi uchun tashkil etiladigan o’quv jarayonini rejalashtirish maqsadlarigagina xizmat qiladi. O’quvchilar bajaradigan kompleks ishlar me`yorlanadi va vaqt me`yori o’quvchilarga ma`lum qilinadi. SHogirdlik vaqt me`yorini belgilash uchun avval hisob (texnikaviy) vaqt me`yori aniqlanadi. Hisob (texnikaviy) metodi orqali vaqt me`yorining quyidagi tarkibiy qismlari sarflanadigan vaqt miqdori aniqlanadi: operativ vaqt, ish joyiga qarash vaqti, dam olish tanaffuslari va tabiiy zarurat uchun sarflanadigan vaqt tayyorgarlik va yakunlash vaqti. Operativ vaqt bu berilgan topshiriq (operatsiya)ni bajarilishiga sarf qilinadigan vaqt bo’lagidir. Operatsion vaqt asosiy (texnologik) va yordamchi qismlarga bo’linadi. Asosiy (texnologik) vaqt deb, ishlov berilayotgan detalning geometrik va shakl o’lchamini (asbob-uskuna yoki tikuvchilik ishlari) o’zgartirishga yoki mahsulot qismlarining o’zaro joylashuvini (yig’uv ishlari) o’zgartirish uchun sarflanadigan vaqtga aytiladi. Asosiy (texnologik) vaqt quyidagicha bo’lishi mumkin: qo’lda, agar detal’ hech qanday mexanizm qo’llanmay, ishchi tomonidan ishlansa, masalan, tikuvchilik ishlari (qo’lda qavish, qirqish va hokazo). YOrdamchi vaqt deb, ishchining detallarni o’rnatish va olish, tikuv mashinasini ishlatish hamda to’xtatish, uzatishni ulash yoki uzish, detallarni o’lchash va boshqalar uchun sarflanadigan vaqtga aytiladi. Ish joyiga xizmat qilish vaqti - kun bo’yi ish joyiga qarash uchun sarflanadigan vaqtdir. Bunga smena almashtirishga hamda asboblarni charxlash, mashinani ish jarayonida sozlash va yo’lga solish, qirindini yig’ishtirish, jihozlarni moylash va tozalash, asboblarni yig’ish va joyiga qo’yish uchun sarflanadigan vaqt kiradi. Dam olish tanaffuslari vaqti ma`lum yuk aylanmasi va ish sur`ati oshirilgan jismoniy toliqtiradigan og’ir ishlarni bajarilishi uchun ketgan vaqt me`yoriga qo’shiladi. Qolgan paytlarda dam olish vaqti me`yoriga kiritilmaydi. Tayyorgarlik-yakunlash vaqti - bu ishchining mazkur ishga tayyorlanish va uni yakunlanishiga aloqador harakatlarni amalga oshirishi: texnika hujjatlar, asbob hamda moslamalarni olish va topshirish; chizmalar bilan tanishish va bajarilayotgan ish bo’yicha instruktaj olish; jihozlarni sozlash; ish joyini tayyorlash; asbob va moslamalarni o’rnatish va olish; ishni topshirish kabilarga sarflanadigan vaqtdir. Tayyorgarlik-yakunlash vaqti-bu ishchi ishning boshlanishi va yakunida berilgan detal’ partiyasi ustida sarflaydigan vaqt; uning davomiyligi detal’larning soniga bog’liq emas. Donali vaqt deb, bitta mahsulotni tayyorlash uchun sarflanadigan vaqtga aytiladi. Unga asosan (texnologik): yordamchi; ish joyiga xizmat qilish; dam olish uchun tanaffus vaqtlari kiradi. Detal’ (mahsulotlar) partiyasi yoki bitta detalni tayyorlash uchun zarur bo’lgan vaqt me`yori quyidagi formula bo’yicha chiqariladi. O’quvchilarga ta`lim va tarbiya berishda kasb ta`limi o’qituvchisi etakchi rol’ o’ynaydi. Ta`lim-tarbiya jarayonining ahvoli, o’quvchilarning tayyorgarlik darajasi o’qituvchi kasbiy malakasiga, pedagoglik mahoratiga, madaniyat darajasiga bog’liq. YAkka tartibdagi metodik ish butun o’quv yiliga tuzilgan reja bo’yicha olib boriladi. Unda o’qituvchi muhandis-pedagog o’z pedagog mahoratlarini va o’z bilimlarini chuqurlashtirish maqsadida yakka tartibdagi metodik topishiriqlar nazarda tutiladi. Ularga quyidagilar kiradi: pedagogik mavzular bo’yicha ma`ruzalar tayyorlash; o’quv dasturning eng qiyin mavzulari bo’yicha metodik ko’rsatmalar tuzish; anchagina mehnat qilinishi talab qilinadigan muammoli izlanish ishlarini belgilaydi. Bu topshiriqlar har bir pedagog uchun majburiy minimum hisoblanadi. Har bir pedagog, muhandis-pedagog ish rejasi to’rtta bo’limdan tashkil topishi kerak: 1. G’oyaviy-siyosiy saviyani oshirish. 2. Metodik-pedagogik mahoratini takomillashtirish. 3. O’qitilayotgan mehnat turi sohasidagi ilmiy-texnikaviy bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish. 4. Pedagog mehnatini ilmiy asosda tashkil etish sohasidagi bilim va malakalarini takomillashtirish. Bu reja metodik kengash majlisida ko’rib chiqilib, tasdiqlanadi. Bu rejaning bajarilishi haqida o’qituvchilar bilan muhandis-pedagoglar hisobotlari eshitilibturiladi. Malakaviy amaliyot. Talabalar umumkasbiy fanlarni o’zlashtirishida olgan bilimlarini nazariy va amaliy mustahkamlash; texnikaviy loyihaviy va texnologik hujjatlar turlarini va o’tish bosqichlari tartibini o’rganish; energetik mashinalar va apparatlar elementlari va uzellari loyihalarini ishlab chiqish ko’nikmalarini egallash; sohada qo’llaniladigan hisob metodlari bilan tanishish; korxona konstruktorlik bo’limlari chizmalari xo’jaligini va strukturasini hamda avtomatlashtirilgan loyihalash tizimini o’rganish; korxonada konstruktsiyalashning darajalari va bosqichlari bilan tanishish; energetik mashinalar detallarining chizmalarini chizish va murakkab uzellarini loyihalash bo’yicha konstruktorlik ko’nikmalarini hosil qilish; detallar va uzellarni mustahkamlikka, ishlov berilishi aniqligiga, ishonchlilikka va boshqalarga hisoblash ko’nikmalarini egallash. O’quv-tanishish amaliyoti. Talabalar ichki yonuv dvigatellari va ularning komplektlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar strukturasi, ularning tashqi va ichki aloqalari, ichki yonuv dvigatellarini ishlab chiqarishni tashkil qilish asoslari bilan hamda korxonalarda foydalaniladigan stanoklar va jihozlarning har xil turlari bilan tanishadilar. Ishlab chiqarish amaliyoti. Talabalar ichki yonuv dvigatellarining asosiy detallariga ishlov berishning texnologik jarayonlari, dvigatel tayyorlashning asosiy bosqichlari, ishlab chiqarishning ilg’or texnologiyalari, motor ishlab chiqaruvchi korxona bo’limlarining xususiyatlari bilan tanishadilar; dvigatellarni ishlab chiqarish, yig’ish va ularga xizmat ko’rsatishning ba`zi operatsiyalarini bajarish ko’nikmalarini hamda ishlab chiqarish ko’nikmalarini egallaydilar. Texnologik-konstruktorlik amaliyoti. Talabalar konstruktorlik masalasini echish uchun zarur bo’lgan konstruktorlik-texnologik bilimlarni va amaliy ko’nikmalarni egallaydilar; texnologik hujjatlardan foydalanishni, konstruktorlik hujjatlarini 72 texnologik nazorat qilishni, detallar konstruktsiyalariga ishlov berish texnologik jarayonlarini ishlab chiqishning amaliy ko’nikmalarini egallaydilar. Bitiruv-malakaviy ishi (loyihasi) oldi amaliyoti. Bitiruvchini bevosita standart talablariga muvofiq mustaqil ishlashga tayyorlash; o’zlashtirgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va mustahkamlash; jamoada tashkilotchilik va tarbiyaviy ishlar olib borish bo’yicha tajriba hosil qilish; konstruktorlik byurosida konstruktorlik ishi amaliy ko’nikmalarini egallash hamda bitiruv malakaviy ishini bajarish uchun materiallarni to’plash. Pedagogik amaliyot:o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarida o’tkaziladi va unda talabalar oliy ta`lim muassasalarida oliy nazariy bilimlarini ilk bor hayotga tatbiq etish ko’nikmalarini hosil qiladi. Uning mazmuni maxsus nizom bilan belgilanadi. O’quv amaliyoti: mashinasozlik sohasi yo’nallishlarida o’qitiladigan umumkasbiy va maxsus fanlariga oid korxonalar bilan tanishish, korxonalar haqida ma`lumotlar to’planadi. 3 - O’quv va malakaviy pedagogic amaliyot yuzasidan hisobot hujjatlarini tayyorlash. Pedagogik amaliyot kasb ta`limi o’qituvchisini tayyorlashda shunday jarayondirki, bunda har bir talaba o’qish davrida to’plagan bilimlarini kompleks tarzda foydalanishga to’g’ri keladi. SHuning uchun pedagogik amaliyot davrida o’qish jarayonidagi barcha kamchiliklar yaqqol ko’rinib qoladi. Pedagogik amaliyot, kasb ta`limio’qituvchisini tayyorlashda o’ziga xos sinov hisoblanadi. SHuni nazarda tutish kerakki, amaliyotchining yoshi u rahbarlik qilayotgan o’quvchilarning yoshidan juda kam farqlanadi. Bunday vaziyatda birinchi kundan boshlab to’g’ri yo’l tanlash, o’quvchilarga nisbatan takallufsizlikka yo’l qo’ymaslik, takabburona munosabatda bo’lmaslik juda muhimdir. Tajribaning ko’rsatishicha, amaliyotchi talaba o’quvchilar bilan to’g’ri munosabatda bo’lsa, ya`ni ularga xayrixohligi va kamtarligini namoyon qilsagina u tezda bolalar bilan inoqlashib ketadi. Amaliyotchi talabaning tashqi qiyofasi ham muhim rol o’ynaydi. U o’quvchiga namuna bo’lishi zarur. Amaliyotchi talaba oddiy, ozoda kiyinishi lozim, bu shartni bajarmagan talaba o’quvchilardan shu narsani talab qila olmaydi. Amaliyotchi talaba nafaqat tashqi qiyofasi bilan, balki o’zining odobi, hulqi, katta va kichiklarga muomalasi bilan namuna bo’lishi kerak. Bu esa talabaning amaliyot davrida turli to’siqlarga duch kelmasdan amaliyotni tugatishiga va davr talabidagi pedagog kadr bo’lishiga zamin bo’ladi. Talabalar amaliyot davrida kollej pedagogik jamoaning a`zosi bo’ladilar, binobarin kollej tartibiga bo’ysunadilar, mehnat intizomiga amal qiladilar. Pedagogik amaliyotning samaradorligi ko’p jihatdan talabaning mustaqilligi va faolligiga, uning ishga ijodiy yondoshishiga bog’liq bo’ladi. Mana shu amaliyot davrida talaba bitiruv malakaviy ishi mavzusi bo’yicha tadqiqot materiallarini to’plash va umumlashtirish uchun imkoniyat yaratiladi. Download 57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling