6-Amaliy Mavzu: O’qituvchi nutqida umumiylik va xususiylik. Reja


Download 28.55 Kb.
bet2/2
Sana11.01.2023
Hajmi28.55 Kb.
#1089401
1   2
Bog'liq
6-AMALIY nutq

(Xamsa, 34- bet.)
2. Yaxshi so`zlay olish (nutq)—san’atdir, noyob hunardir. Uni egallashga intilgin:
Erdin so`z hunar, enchidin bo`z hunar.
(«Mahbubul-qulub», 82-bet.)
3. Insonning odob-axloqini belgilaydigan omillardan biri uning so`zi, nutqidir:
Suvning mazasi muz bila,
oshning mazasi tuz bila,
odam yaxshilig’i so`z bila.
(«Mahbubul-qulub», 79- bet.)
So`z zohir etar zamir ishi ko`pragidin, Til muxbir erur ko’ngul nihon emgagidin, Fahm ayla kishi holini so`z demagidin, Kim berdi xabar hadisi ko’nglidagidin.
(«Nazmul-javohir» dan, 41- bet.)
4. Qishining so`zi (nutqi) uning aqliy kamolotidan darak
beradi:
Odamki demak birla kiromiydiru bas, So`z durri ishining intizomiduru bas, Sihhat opchaki, ahli aql komiduru bas, Aqlig’a dalil aning kalomiduru bas.
(«Nazmul-javohir» dan, 25- bet.)
5. So`zlaganda diling bilan tiling bir bo’lsnn, chunki dildagi tilga chiqadi:
Haq seni sevgay el bila bo’lsang, Tilu ko’nglungni bir qilib bir ro’y, Nuqta sursang shukuftau xandon, Zist qilsang, kushodou xushro’y.
(«Arbain» dan, 59- bet.)
Demonkim ko’ngli poku ham ko`zn pok, Tili poku so`zi poku o`zi pok.
(«Xamsa», 175-bet.)
Tilki fasih va dilpazir bo’lgay — xo’broq bo’lg’ay, agar ko’ngul bila bir bo’lg’ay.
(«Mahbubul-qulub», 60- bet.)
Nutq odobining qayd qilingan madaniy-axloqiy talab va asoslari nutq normalari sifatida qadimiy davrlardan beri avloddan-avlodga o’tib kelgan. Ushbu nutqny normalarning saqlanishi, o`zlashtirilishi va yashab kelishida oilaviy an’analar, bir til jamoasi doirasida amal qilingan an’anaviy hoidalar, suhbatdoshlar (so`zlovchi va tinglovchilar)ning bir-birini o`zaro nazorat qilishi, ta’lim tarbiya, o’git-nasihat jarayoni, shuningdek nutqiy odob normalari haqida yozilgan adabiyotlarni mutolaa qilish asosiy o`rin tutgan.
Demak, kishilarning qandaydir to`g`ri, ta’sirchan, chiroyli va yaxshi gapirishga intilishi va unga oid odatiy qoidalar qadimiy tarixga egadir. Bunday odat qadimiy o’tmishdan hozirga qadar mangu an’ana sifatida yashab va takomillashib kelgan. Biroq, nutq madaniyati tushunchasi bilan bog’liq ushbu nutqiy odatlar turli davrlarda muayyan xususiyatlari bilan farqlanib turgan. Ayniqsa, adabiy til paydo bo’lgunga qadar mavjud bo’lgan nutq odobi (nutq madaniyati) tasavvurlari, adabiy til paydo bo’lgandan keyingi davr nutq madaniyati tasavvuridan farqlanadi.
Download 28.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling