6-Amaliyot. Optik o’zgartkichlari konstruksiyalari va ularni loyihalash. Optoelektronika


CHiziqli va burchakli o‘lchashlar uchun qo‘zg‘aluvchan ekranli optoelektron o‘zgartkichlar


Download 104.07 Kb.
bet3/8
Sana22.12.2022
Hajmi104.07 Kb.
#1041182
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-Амалиёт Ўлч.асб. констр.

4. CHiziqli va burchakli o‘lchashlar uchun qo‘zg‘aluvchan ekranli optoelektron o‘zgartkichlar.
4– rasmda qo‘zg‘aluvchan ekranli optoelektron o‘zgartkichning konstruksiyalari keltirilgan bo‘lib, ularning ekranlari chiziqli va burchakli siljiy oladi.
4, a – rasmda ekran nur manbai 3 ning yonida joylashgan.
SHunday qilib kovak yorug‘lik o‘tkazgichli optoelektron asboblarning barchasida kovak yorug‘lik o‘tkazgich va qo‘zg‘aluvchi element mavjud bo‘ladi. Bunda nur manbai ham, nur qabul qilgich ham, ekranlar ham, qo‘shimcha yorug‘lik o‘tkazgichlar ham qo‘zg‘aluvchan element sifatida ishlatiladigan bo‘lishi mumkin.
Ular kovak yorug‘lik o‘tkazgichni bo‘ylama o‘qi yo‘nalishida ham, ko‘ndalang o‘qi yo‘nalishida ham harakatlanishi mumkin.
Bunda nur manbai va nur qabul qilgichi jamlangan yoki sochilgan xolda bo‘lishi mumkin.
Kovak yorug‘lik o‘tkazgichning differensial konstruksiyalari samaraliroq bo‘lib, unda aniqlik va sezgirlik yuqori bo‘ladi, hamda statik tavsifining to‘g‘ri chiziqliligi yaxshilanadi
(4 – rasm).


Optoelektron asboblar matematik modellarining umumiy xolatlari.

1 – rasmda optoelektron element (OEE) ning funksional sxemasi keltirilgan.



1- rasm. OEE ning funksional sxemasi:


NM – nur manbai; NQQ – nur qabul qilgich; YOO‘ – yorug‘lik o‘tkazgich;


KMB – kuchlanish manbai bloki; O‘S – o‘lchash sxemasi.
Ko‘plab optoelektron elementlarning ishlash prinsipi o‘lchash manbai O‘M dan Фo (0) ni hosil qilib yorug‘lik oqimining yorug‘lik o‘tkazgich YOO‘ orqali o‘tishi va YOO‘ dan chiqayotgan yorug‘lik oqimi F ni nazorat qilishga asoslangan, bunda yorug‘lik oqimi YOO‘ da kirish kattalik Xkir ni turli ta’sirlariga chalinadi.
YUqorida aytilagnlardan kelib chiqib OEE ning umumiyroq matematik modelini quyidagicha tenglama bilan tasvirlasa bo‘ladi:
F(Xkir., В)*Ф0(0,τ)=F0 (X,τ)

(1) – tenglamadan ko‘rinib turibdiki, kirish kattaligi Xkir Ф0 (0,τ) parametrlariga ta’sir qiladi va tavsiflarini o‘zgartiradi. Natijada


Ф0 (0,τ) operator F yordamida chiqish yorug‘lik oqimi Ф(x,τ ) ga aylanadi va nur qabul qilgich NQQ yordamida qabul qilinib OEE chiqishida o‘lchanuvchi Uchik signalini hosil qiladi. OEE ning matematik modelini topish uchun operator F funksiyasi aniqlanishi kerak.



Download 104.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling