6-Amaliyot. Optik o’zgartkichlari konstruksiyalari va ularni loyihalash. Optoelektronika
Download 104.07 Kb.
|
6-Амалиёт Ўлч.асб. констр.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Impedans
- Epoksid smola
- Interfeys sxema
GlossariyDempfirlash –ikkinchi yoki undan yuqori tartibli datchiklarda tebranishlarni sezilarli darajada pasaytirish yoki bostirishdir. Gisterezis – bitta kirish signali uchun uning ortishi va kamayishida olingan chiqish signallar farqidir. Gisterezisga “to’yinish” xodisasi xosdir, shuningdek chekka holatlar orasidagi trayektoriyalar turliligi bilan ham tavsiflanadi. Impedans – datchik elektron sxema bilan qanchalik oson muvofiqlasha olishini anglatadi. Approksimatsiya – lotinchadan olingan bo’lib, “o’tish” yoki “yaqinlashish” ma’nosini bildiradi. Approksimatsiya – bu ilmiy usul hisoblanib, bir obyektlarni boshqasi, boshlang’ichlariga yaqin bo’lgan oddiyrog’i bilan almashtirishdir. Bu usul obyektning xususiyatlari va tavsiflarini tatqiq qilish mumkin. Legirlash – lotinchadan olingan bo’lib, “bog’lash” ma’nosini bildiradi. Legirlashda metallar tarkibiga boshqa metallarni, qotishmalarni qo’shish bilan metallga alohida xususiyatlar beriladi. Epoksid smola – sanoatda keng ishlatiladigan vosita. Epoksidlar yuqori mustahkamlikka ega bo’lgan yelimli bog’lanishga ega bo’lib, namlikka chidamli va eng yahshi fizik-mexanik parametrlarga ega vositadir. Fluktuatsiya – biror bir kattalikning tasodifiy og’ishini anglatadi. Izolyatsiyalash – biror narsadan ajratish ma’nosini bildiradi. Generatsiyalash – lotincha “generatio” – yig’ish ma’nosini bildiradi. Masalan, antennada to’lqinlarni uzatishda hosil bo’ladigan va xalaqitlar paydo qiladigan elektromagnit tebranishlar. Interfeys sxema – asinxron uzluksiz axborotlar oqimini qabul qilish va uni parallel kanallariga o’zgartirish (yoki qayta o’zgartirish) imkoniyatini beradigan sxema. Odatda, uzoqlashtirilgan terminallarni ma’lumotlarni uzatish chizig’iga ulash uchun ishlatiladi. Imitatsiyalash – aniq yoki tashqi o’zgarishlarni boshqasi bilan qaytarish, takrorlash, imkon qadar aniqliktagi xususiyat yoki obyektni yaratish. Download 104.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling