6-Amaliyot. Optik o’zgartkichlari konstruksiyalari va ularni loyihalash. Optoelektronika


Analiz – tadqiqot usuli hisoblanib, biror narsani xususiyatlari, tarkibiy qismlari, alohida tomonlarini ko’rib chiqishni bildiradi. Sintez


Download 104.07 Kb.
bet5/8
Sana22.12.2022
Hajmi104.07 Kb.
#1041182
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-Амалиёт Ўлч.асб. констр.

Analiztadqiqot usuli hisoblanib, biror narsani xususiyatlari, tarkibiy qismlari, alohida tomonlarini ko’rib chiqishni bildiradi.
Sintez – tadqiqot usuli hisoblanib, analiz yordamida olingan ma’lumotlarni qismlar orasidagi o’zaro aloqa orqali yagona butunlikda umumlashtirish va birlashtirishni anglatadi.
Xatolik” deganda o‘lchash amalida olingan natija qiymatining o‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatidan tafovuti tushuniladi.
O‘zgartirish funksiyasi - buni analogli o‘lchash asboblarida shkala tenglamasidan ham bilishimiz mumkin. Tanlanayotgan asbobda o‘zgartirish funksiyasi chiziqli bo‘lishi qaydnomalarni olishni osonlashtiradi, sub’ektiv xatoliklarni esa kamaytiradi.
Sezgirlik - bu o‘lchash vositasining tashqi signalga nisbatan ta’sirchanligi, sezuvchanligidir.
Sezgirlik ostonasi - bu o‘lchanadigan kattalikning shunday eng kichik. (boshlang‘ich) qiymatiki, u o‘lchash asbobining chiqish signalini sezilarli o‘zgarishiga olib keladi.
Asbob ko‘rsatishining variatsiyasi - o‘lchanayotgan kattalikning biror qiymatini, o‘lchash sharoitini o‘zgartirmagan holda, takror o‘lchaganda hosil bo‘ladigan eng katta farqdir.
Asbobning o‘lchash xatoligi. Bu xatolik sifatida mutlaq xatolik, nisbiy xatolik yoki keltirilgan xatolik berilgan bo‘lishi mumkin. Bu xatoliklar xususida keyingi mavzularda etarli ma’lumotlar berilgan.
O‘lchash diapazoni. Bu asosan ko‘p diapazonli asboblarga tegishli. Aksariyat hollarda asbobning har bir o‘lchash diapazoniga taalluqli xatoliklari ham beriladi.
Ishonchliligi (chidamliligi) – o‘lchash vositasining ma’lum o‘lchash sharoitida, belgilangan vaqt mobaynida o‘z metrologik xususiyatlarini (ko‘rsatkichlarini) saqlashidir.
ShHkalaning uning boshlang‘ich va oxirgi kiymatlari bilan chegaralangan kiymatlari soxasi (oralig‘i) ko‘rsatishlar diapazoni deyiladi.
O‘lchanayotgan kattalikning o‘lchash vositalari uchun yo‘l qo‘yiladigan xatoliklarining me’yorlangan qiymatlar soxasi o‘lchash asbobi yoki o‘lchash o‘zgartkichining o‘lchash diapazoni deyiladi.
O‘lchash diapazonining eng kichik va eng katta qiymatlari o‘lchash chegaralari deyiladi.

Download 104.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling