6-bob polimerlarning suyuq fazali tizimlari


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/19
Sana28.02.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1237240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
2 5390886823583033655

6.2. Polimer eritmalar
Polimerlar, odatda, molekulyar tarkibidagi elementlariga o„xshagan 
elementlari bo„lgan quyi molekulyar birikmalarda yaxshi bo„kadi va eriydi, 
ya‟ni makromolekulalar uchun termodinamik jihatdan qulay bo„lgan – 
erituvchi hajmida molekulyar darajada taqsimlangan fizik holatga o„tadi. 
Eritma – bu kamida ikki (polimer va erituvchi) komponentli suyuq fazali 
tizimdir. Agar erituvchi murakkab tarkibli, masalan, suv va organik 
erituvchi aralashmasidan yoki erituvchi va tuz asosidagi eritma shaklida 
ikki komponentli bo„lsa, bunday erituvchi binar deyiladi.
Polimer eritmalarni hosil qilinishi, ularni to„g„ridan to„g„ri qo„llanishi, 
eritma orqali qayta ishlash, suyuq kristallar, gellar, turli xil aralashmalar va 
komplekslar hosil qilishlari uchun katta imkoniyatlar ochib beradi. Polimer 
eritmalar ustmolekulyar tuzilish hosil qiluvchi tizimlarning yana bir turidir, 
u ayniqsa suyultmalar orqali qayta ishlab bo„lmaydigan tabiiy va ayrim 
sintetik polimerlar uchun katta imkoniyatlar yaratib beradi.
Eritma bu polimer-erituvchi asosidagi suyuq fazali termodinamik 
muvozanatli tizim, unda erituvchi muhitida polimer molekulalarining bir 
biriga nisbatan harakatlanishi, o„zaro jipslashib ustmolekulyar tuzilishni 
hosil qilishi va fazaviy o„tishlarni amalga oshirishi mumkin. Polimer-
erituvchi tizimi fazalar qoidasiga bo„ysunadi va quyi molekulyar 
birikmalarga nisbatan o„zining ma‟lum jihatlari bilan farqlanadi: 
- polimer-erituvchi tizimining muvozanatga erishishi sekin amalga 
6.1.1-rasm. Polietilentereftalat 
namunalari suyuqlanish 
haroratining (T
sq
) kristallanish 
haroratiga (T
kr
) bog„lanish 
grafigi: (T
sq


 283 
o
C. 


100 
oshadi. Bunda tizimning ortiqcha to„yinishi yoki fazaviy o„tishida 
qo„shimcha sovutish jarayoni amalga oshishi kuzatiladi; 
- tashkil etuvchilarlar to„liq aralashmaydigan hollarda suyuq fazada 
polimer konsentratsiyasi nisbatan ancha kam, va aksincha polimer fazada 
erituvchi yuqori miqdorda bo„ladi; 
- fazaviy muvozanat polimerning molekulyar massasiga bog„liq 
bo„ladi; 
- polimer gellari erituvchini nisbatan yuqori miqdorlarda singdirishi 
tufayli hajmini juda katta kengaytirish xususiyatiga ega bo„ladi; 
- polimer eritmalar izotropik va anizotropik xossalarni, shuningdek 
polielektrolit tabiatiga bo„g„liq konsentratsion anomaliyani namoyon 
qiladi. 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling