6-bob polimerlarning suyuq fazali tizimlari


 Polimerlar erishining kinetikasi


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/19
Sana28.02.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1237240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
2 5390886823583033655

6.2.3. Polimerlar erishining kinetikasi 
Polimerlarning erishi erituvchi muhitida kuchli bo„kishi bilan amalga 
oshadi. Bu murakkab kompleks jarayonning o„ziga xos jihatlari 6.2.3.1-
rasmda ifodalangan. Ko„rinib turibdiki, dastlab polimerning erishi, uning 
dastlab bo„kishi, so„ng massasining kamayishi, ustmolekulyar tuzilishni 
parchalanishi bilan amalga oshadi. Lekin har qanday bo„kish jarayoni ham 
polimerning erishiga olib kelavermaydi. Haroratning oshishi bilan polimer 
bo„kish jarayoni tezlashadi, lekin muvozantli bo„kish ko„p hollarda 
pasayishi ham mumkin 
6.2.2.2-rasm. Polimerlarni 
erigan holatga o„tkazish 
diagrammalari


106 
Polimerlarning cheklanma bo„kishini amalga oshirish muhim jarayon 
bo„lib, u quyidagi tenglama orqali ifodalanishi mumkin: 

--1
ln[i


/(i


- i

 
)] = K (6.2.3.1) 
bu yerda i


- maksimal bo„kish darajasi;
 
i

 
- ma‟lum 

vaqtdagi bo„kish 
darajasi; K - bo„kish tezligi konstantasi. 
Makromolekulalarning yuqori molekulyar massaga ega bo„lganligi 
tufayli, ularning erishi to„g„ridan to„g„ri qattiq fazadan erituvchi fazasiga 
o„tish bilan bormaydi. Oldin erituvchi molekulalarining polimer fazaga 
diffuziyasi, keyin bo„kishi amalga oshadi. Bu makromolekulalararo 
harakatchanlikni oshiradi va ular orasida o„zaro ta‟sirlashuvni susaytiradi. 
Natijada 
polimer 
molekulalarining 
erituvchi 
fazasiga 
diffuziyasi 
boshlanadi va erish amalga oshadi. Bu ko„pchilik polimerlar uchun Fik 
qonuni bo„yicha ifodalanadi: 
I
ob
 = DV
p
/

C (6.2.3.2) 
bu yerda I
ob 
- hajmiy diffuzion oqim; D - diffuziya koeffitsientining 
o„rtacha miqdori; V
p
 - diffuziyalanuvchi moddaning solishtirma hajmi; 

 
bo„kkan polimer qatlamining qalinligi

C - polimerning ichki va tashqi 
qatlamlarida diffuziyalangan moddaning konsentratsiyalari farqi. 
Shuningdek, polimerning erish jarayoni kinetikasining haroratga 
bog„liqligi eksponensial qonun orqali ham ifodalanadi: 
I
ob
 = (I
ob
)
o
exp(-E
a
 /RT) (6.2.3.3) 
bu yerda E
a
- erish jarayonining faollik energiyasidir. 
Polimerlarni eritishda samarali mexanik aralashtirish ham o„ta 
muhimdir. Chunki uning joriy etilishi polimer-erituvchi aralashmasining 
6.2.3.1-rasm.Polimerning vaqt 
davomida bo„kishi va erishini 
ifodalovchi grafiklar:
1 - kichik tezlikdagi cheklangan 
bo„kish;
2 - katta tezlikdagi cheklangan 
bo„kish; 
3 - quyi molekulyar fraktsiyaslar 
ajraladigan cheklangan bo„kish;
4 – bo„kish va jadal erish.


107 
hosil bo„lishida gidrodinamik maydon ta‟sirida makromolekulalarni bir-
biridan ajratish va muhit bo„ylab tarqalishiga olib keladi. 
Shuni ta‟kidlash joizki, erish jarayoni tezligi makromolekulyar 
massaga va zanjirlarning qattiq fazada qanday darajada orientatsion 
joylashganligiga bog„liq bo„ladi. Bunda erituvchining termodinamik sifati 
ham muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling