6-bob polimerlarning suyuq fazali tizimlari


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/19
Sana28.02.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1237240
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
2 5390886823583033655

 
Iz - izotrop zanjirlar;
QZN - qatlangan zanjirlar nematikasi
QZSm - qatlangan zanjirlar semiktikasi; 
QZK - qatlangan zanjirlar kristalliti; 
 
RZN - rostlanhgan zanjirlar nematikasi; 
RZSm - postlangan zanjirlar smektikasi; 
RZK - rostlangan zanjirlar kristalliti


120 
kriterial parametri miqdori f = 0,63 ni tashkil etadi. Shu bilan birga Frenkel 
e‟tirof etgan makrolekulyar zanjir tavsifli parametrining 

 ≈ h/L (bunda – 
zanjir kontur uzunligi va - zanjir uchlari orasidagi masofa) kritik miqdori 

* ≥ 0,25 bo„lishi ham muhimdir.
Shuni alohida ta‟kidlash joizki, mezogen guruhlar singari zanjirga 
bloklar ham kiritiladi va ular, odatda, blok-sopolimerlar deyiladi. Blok-
sopilimerlar ham suyuq kristall holatni namoyon qilishi mumkin, agar 
suyuq kristallar uchun talab etiladigan uzoq tartibni va anizotropik fazani 
shakllantira olishsa, aksincha, ular oddiy amorf suyuq fazali tizim 
ko‟rinishini egallaydi xalos.
6.5. Polimer gellar va ularning turlari 
Polimerlarni eritmalarda cho„kma, gel va kristall kabi assotsiatlar 
hosil qilib fazoviy tuzilishlarini shakllantirishi, avvalom bor, zanjirlarni 
molekulyar tuzilishi tabiatiga, konfiguratsion ma‟lumoti, konformatsion 
almashishlari va zanjirlarning tartibli o„zaro ta‟sirlashish dinamikasiga 
bog„liq bo„ladi. Bu holat erituvchi sifati, pH, konsentratsiya hamda tashqi 
maydon 
ta‟sirini 
o„zgartirish 
bilan 
boshqarilishi 
mumkin. 
Makromolekulalarning bunday shakllanish xususiyatlarini aniqlashda 
quyidagilarga e‟tibor berish lozim: 
- cho„kma hosil bo„lishini, ya‟ni makromolekulalarni ixtiyoriy tarzda 
tutashib tartibsiz joylashgan va tashkillanmagan holatda fazoviy tuzilish 
hosil qilishini; 
- gel hosil bo„lishini, ya‟ni zanjirlarni tartibsiz joylashib, ammo 
ularning alohida elementlari orqali molekulalararo bog„larni tartibli 
tashkillanishi bilan fazoviy tuzilish hosil qilishini; 
- kristallanish, ya‟ni ma‟lum elementlari bo„lgan zanjirlarning 
muntazam qismlari ishtirokida tartibli joylashib, molekulalararo bog„larni 
vujudga keltirib, fazoviy tuzilish hosil qilishini.
Umuman gellar ikki xil, ya‟ni kimyoviy va fizik turlarga bo‟linadi. 
Kimyoviy gellarda tartibsiz tarzda makromolekulalar tutashgan joylarida 
kimyoviy tugunlar, ya‟ni kovalent bog„lar hosil bo„lgan bo„ladi. Fizik 
gellarda tugunlar kuchsiz bog„lar asosida hosil bo„lgan bo„ladi. Bu bog„lar 
kimyoviy bog„lardan farqli tashqi kuchlar ta‟sirida osongina parchalanadi. 
Gel (fizik gel) hosil qilish uchun asosiy talab eritmalarda amorf-
kristall polimerni fazoviy tuzilishining tugunlarini shakllanishidir. Odatda 
tugunlar makromolekulalarni ma‟lum (atomi, atom guruhlari, zvenolari va 
boshqa) elementlari ishtirokida, buning uchun termodinamik qulay sharoit 
bo„lgan holda hosil bo„ladi. Bunday sharoitga, ya‟ni “eritma-gel” o„tishini 


121 
amalga oshadigan vaziyatga polimerning konsentratsiyasini oshirish, 
eritmaning haroratini pasaytirish va pH ni o„zgartirish orqali erishish 
mumkin. Bu jarayonlarni molekulyar darajada qanday ro„y berishi 6.5.1-
rasmda chizmalar orqali ifodalangan. Bunda makromolekulalari bir biridan 
izolyatsiyalangan eritmada (a) konsentratsiyani oshirish, yani C >C
iz 
shart 
bajarilishi natijasida zanjirlarni ustma-ust tushishi va tutashgan nuqtalarda 
tugunlar (6.5.1-rasmda sharchalar) hosil bo„lishi tufayli gel shakllanganligi 
(b) tasvirlangan. Shunungdek, eritmaning (a) haroratini pasaytirish orqali 
(T
iz

erituvchining 
termodinamik 
sifatini 
yomonlashtirish 
va 
izolyatsiyalangan makromolekulalarning issiqlik harakatini sekinlashtirish 
natijasida bir biriga yaqinlashtirish va ustma-ust tushirish bilan gel 
shakllanganligi ifodalangan (c). Eritmaning (a) termodinamik sifatini 
yomonlashtirish pH o„zgartirish tufayli amalga oshirilsa makromolekulalar 
cho„kmaga tushishida ionogen guruhlari orqali birikib gel hosil qiladi (d). 
Umuman olganda eritmada polimer molekulalarini o‟zaro ta‟sirlashib 
fazoviy tuzilish tugunlarini hosil qilishi gel shakllanishining asosiy 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling