6-bob polimerlarning suyuq fazali tizimlari
Fibroinni 2,5 М LiCl-DMFA
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5390886823583033655
Fibroinni 2,5 М LiCl-DMFA
dagi holati (ulushi): 1 - ulashgan janjirlar(0,27); 1' - anizotrop (0,15); 1" - izotrop (0,08). Fibroinni 6,3 М LiBr- suv dagi holati (ulushi): 2 - ulashgan janjirlar(0,27); 2' - anizotrop (0,15); 2" - izotrop (0,08). 124 nisbatan kichikroq bo„ladi. Chunki, tabiiy polimerlar suv muhitida nisbatan qisqa vaqt mobaynida gidrolizga uchraydi. Bu jarayonni, masalan, ipak fibroini va seritsini asosidagi gidrogellar misolida tahlil qilish qulaydir. Fibroindan farqli seritsinning suvda barqarorligi cheklangan, 7-10 sutkadan so„ng, uning tuzilishida kimyoviy o„zgarish va parchalanishlar kuzatiladi. Seritsin molekulasidagi gidrofil guruhlarni suv bilan ta‟sirlashishini susaytirish yoki izolyasiyalash mumkin. Bunga seritsinning gidrofil guruhlarini kimyoviy tikish orqali erishish mumkin. Masalan, tikuvchi reagent sifatida glutar aldegidni ishlatish ko„p jihatdan qulaydir. Seritsinni glutar aldegid bilan tikish orqali olingan gellari fizik ta‟sirlarga yuqori darajada chidamli ekanligini aniqlangan. Haroratni 80 o С gacha ko„tarilishi, xona haroratida 2 oy saqlanishi, uning tuzilishi va holatida sezilarli o„zgarish bo„lmaganligi kuzatilgan. Fibroinning glutar aldegid bilan tikilishi juda sust amalga oshishi aniqlangan. Ammo, uning seritsin bilan aralashmasini birgalikda tikish samarali amalga oshishi va buning asosida kompozitsion gel olish imkoniyati mavjud. Tajribalarda kompozitsion gel fibroinni, uzunligi 0,5-1,5 mm atrofida bo„lgan suvda bo„kkan zarrachalari seritsin bilan birgalikda glutar aldegid vositasida tikish orqali olingan. Mazkur kompozitsion gellarning fizik xossalarini tadqiqot qilish, ularni ikki fazali ekanligini, ya‟ni fibrillyar oqsil fibroin gellarda optik va mexanik anizotropik xossalarni namoyon qilishi aniqlangan. Bu hol gellarning tuzilishini barqarorligini yanada oshirishga olib kelishi hamda amaliyotda qo„llash uchun yaroqli bo„lgan biopolimer gidrogellar olishning yangicha imkoniyatlarini ko„rsatib bergan. Polimer gellar fazaviy diagrammasi. Umuman olganda, tarkibida ustmolekulyar tuzilish hosil qiladigan molekulalar bo„lgan eritmaning harorati va konsentratsiyasini o„zgartirish orqali uni gel holatiga o‟tkazish mumkin (6.5.3-rasm). Bu jarayon o„ziga xos xususiyatlarga ega bo„lib, uni T - ln 2 bog„lanishli 6.5.3-rasm. Polimerlarda “eritma – gel” o„tishni T - ln 2 fazaviy diagrammasi: I - eritma (bir fazali tizim); II* - gel (ikki fazali tizim); II – cho„kma (ikki fazali tizim); 1 va 2 binodal chiziqlari; Z – zol nuqta; G o – gel hosil bo„lish nuqtasi; B va B* nuqtalar orasida gel barqaror; G - shakllanishi tugagan nuqta; ln 2 o , ln 2 *, ln 2 ** polimer ulushlari. 125 fazaviy diagrammasi keltirilgan. Gel tarkibidan erituvchini siqib chiqarilishi sinerezis deyiladi. Sinerezis effekti gel to„r tuzilishini yanada takomillashi natijasida hajmini qisqatrishida ham kuzatiladi. Ammo, ko„proq hollarda sinerezis deformatsion o„zgarishlarda namoyon bo„ladi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling